Texnologiyalari" kafedrasi "texnologik jarayonlarni loyihalash"




Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/99
Sana15.12.2023
Hajmi2,84 Mb.
#119937
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   99
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua

 
Grafik usuli 
 
Butun ishlab chiqarish oqimidagi har bir tashkiliy operatsiyalarning bajarilish vaqtlarining 
ishlab chiqarish oqim ma'romiga qanchalik to’g`ri moslanganligi moslik koeffisienti 
ko'rsatmaydi. Shuning uchun butun ishlab chiqarish oqimidagi hamma tashkiliy operatsiyalar 
vaqtlarining umumiy yakuni ishlab chiqarish oqim ma'romidan qanchalik farq qilishini grafik 
usuli bilan tekshirib ko'riladi. 
Bu grafik moslik grafigi bo'lib, har qaysi seksiya uchun alohida tuziladi. Moslik grafigi 
koordinat o'qlarida tuziladi. Absissa o’qi bo'ylab ishlab chiqarish oqimidagi tashkiliy 
operatsiyalar joylashtiriladi. Operatsiya tartib raqami, bajarishga sarflanadigan vaqti, ixtisosi va 
ishchilar soni absissa o’qi tagiga yozib qo'yiladi. Ordinata o’qi bo'ylab esa shu tashkiliy 
operatsiyalarning vaqti muayyan masshtabda belgilanadi. 
Moslik grafigida ( 3- rasm) ko'zga ko'rinarli bo'lishi uchun uchta yotiq chiziq o'tqaziladi. 
Ishlab chiqarish oqim ma'romining vaqti yotiq chiziq ( absissa o’qi) bilan unga nisbatan yo'l 
qo'yish mumkin bo'lgan farqli vaqtlar esa yotiq punktirlar bilan tasvirlanadi. 
Ordinata o’qi bo'ylab operatsiyalarga sarflanadigan vaqtini belgilash uchun, ishlab 
chiqarish oqim ma'romga nisbatan farqni aniqlash kerak. 
Erkin ma'romli ishlab chiqarish oqimlari uchun: 

max
= +15 % τ = 
%)
100
(
%)
5
%
100
(
+

%
100
%
115
τ = 1, 15τ Ya'ni: t 
max 
= 1,15τ 

min
= -5 % τ = 
%
100
%)
5
%
100
(


%
100
%
95
τ = 0, 95 τ Ya'ni: t
min
= 0,95τ 
Karrali operatsiyalarda (bittadan ortiq ishchi bajariladigan tashkiliy operatsiyalarda)
ularning bajarilish vaqti o'rta hisobda ( bitta ishchiga to’g`ri keladigan vaqti o'rta hisobda) bitta 
ishchiga to’g`ri keladigan vaqt hisobida olinadi. 
Ishlab chiqarish oqimning texnologik sxemasida buyum tikilishining texnologik tartibiga 
qanchalik rioya qilinganligini tekshirib ko'rish uchun texnologik tartib grafigi tuziladi. 
Tartib grafigini tuzishni ishlab chiqarish oqimining tayyorlash seksiyasidan boshlanadi. 
Guruhli agregat ishlab chiqarish oqimlar uchun tartib grafigini har bir guruh uchun alohida - 
alohida tuziladi. 
Tartib grafigi tuziladigan qog`ozning chap burchagida tik chiziq bo'ylab tikiladigan 
buyumning hamma bichiqlarini nomlari ko'rsatiladi. Tartib grafigini tuzishda tikiladigan buyum 
turiga qarab, uning bitta detali (masalan yelka va bel kiyimlarda - old bo'lagi) asosiy detal qilib 
olinadi. Chunki buyumning boshqa detallarning deyarli hammasi old bo'lagiga ulanadi. Shuning 
uchun old bo'lagi detaliga birinchi raqam berilib, uni «detallar tartib raqami» ustunidagi «1» 
ro'parasiga ( eng pastki qatorga) yoziladi. Qolgan buyum detallari texnologik sxemadagi tikilish 
tartibiga binoan yuqori tomonga qarab yozib chiqiladi. 
Tartib grafigida tashkiliy operatsiyalarni kvadrat ( 1sm* 1sm). shaklda tasvirlab ular ichiga 
tashkiliy operatsiyalarning tartib raqami va uni bajaradigan ishchining ixtisosi yozib qo'yiladi. 
Karrali operatsiyalarni ustma-ust chizilgan ikkita yoki undan ortiq kvadrat shaklida 
tasvirlanadi. 


126 
Kvadratlar soni tasvirlangan operatsiya nechta karra bo'lsa, shuncha bo'ladi. Buyum 
detallarining tikilish tartibini va asosiy qatorga tushadigan joyini ko'rsatadigan chiziqlar asosiy 
qatordan yuqorida tasvirlanib, ularga detalning tartib raqami yoziladi va qaysi tashkiliy
operatsiya joyiga kelib tushishi strelka bilan ko'rsatib qo'yiladi. 
Detallarning asosiy qatoridagi bir operatsiyadan ikkinchisiga o'tishini ko'rsatadigan 
chiziqlar asosiy qatordan pastda tasvirlanib, ularga ham detalning tartib raqami yoziladi va 
strelka qo'yiladi. 
Lekin biron detal asosiy detalga ulanib bo'lgan operatsiyadan keyin, bu detalning tartib 
raqami ko'rsatilmaydi(4-rasmga qarang) . 
Tushuntirish xatida bu bo'lim bo'yicha quyidagilar beriladi: 
- texnologik sxemasining analatik tahlili bo'yicha fikrlar; 
- moslik koeffisientini hisobi; 
-texnologik sxemasini tahlili bo'yicha grafik usuli to’g`risida qisqacha ma'lumot va xulosa ; 
- A-3 formatli qog`ozida moslik va tartib grafiklar.
+15% τ 
-5%τ 
3-rasm. 
Moslik grafigi 

Va hokazo 

Ustki yoqa 

Ostki yoqa 


Yeng 

Ort bo`lak 

Old bo`lak 

t/r 
Detallar nomi 
t/r 
4- rasm. Tartib grafigi 




4.5 
2.3 


127 

Download 2,84 Mb.
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   99




Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiyalari" kafedrasi "texnologik jarayonlarni loyihalash"

Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish