122
0,95+1.15 -ma'romga nisbatan farq
K-tashkiliy operatsiyalarni bajaradigan ishchilar soni :
τ -ishlab chiqarish oqimini ishlash maromi, ya'ni takti (s).
Tashkiliy operatsiyalar vaqtini moslashtirish shartining hisobi 12- jadvalga tushiriladi.
Tashkiliy operatsiyalarni tuzishda asosiy hisob shartdan tashqari quyidagi tashkiliy
shartlarga rioya qilish zarur:
- kiyimlarni tikish texnologik tartibda bo'lib, tikish jarayonida ularning ish o'rinlariga qayta-
qayta kelishiga yo'l qo'ymaslik ( guruhli agregat ishlab chiqarish oqimlarda ixtisoslashtirilgan ish
o'rinlari bilan ta'minlash uchun texnologik tartibni buzilishiga yo'l qo'yish mumkin);
- razryad va ixtisos jihatdan bir hil va xarakterlari turdosh bo'linmas operatsiyalarnigina
birlashtiriladi;
- texnologik jixatdan bo'linmas operatsiyalarni birlashtirishda, ishchining
ishlash holati
hisobga olinadi, ya'ni ishchining tik turgan yoki o'tirgan holda ishlashi.
Texnologik jihatdan bo'linmas operatsiyalarga birlashtirish juda murakkab ish hisoblanadi.
Shuning uchun birlashtirishni yengillashtirish uchun texnologik jihatdan bo'linmas operatsiyalar
kartotekasidan foydalanish ma'qul. Bunda har qaysi texnologik jihatdan bo'linmas operatsiyaga
bittadan kartochka to'ldiriladi
( 2- rasmga qarang):
2- rasm. Texnologik kartochka
Tartib ishning
raqam ixtisosi
bo'linmas operatsiyaning nomi
ishning
ish birligini
razryadi sarf vaqti