|
MODELLARNI TANLASH VA ASOSLASHBog'liq portal.guldu.uz-Majmua2.
MODELLARNI TANLASH VA ASOSLASH
Modellar asosan hozirgi kunda tikilayotgan yoki ishlab chiqarishga tushirishga
mo'ljallanganidan tanlab olinadi va bunda moda yo'nalishi, maqsadga muvofiqligi
texnologiyabopligi va tejamliligi ko'zda tutiladi.
Model texnologiyabopligi asosiy samaradorlik elementi hisoblanadi. Model texnologiyabop
deganda buyum konstruksiyasi iste'molchilarning hamda korxonaning talablariga juda mos
keladigan, ishlab chiqarish sharoitlari yuqori mehnat unumiga imkon beradigan, kiyim
detallariga texnologik ishlov berish va ularni yig`ishning eng murakkab usullaridan foydalanish
imkonayatini beradigan deb tushuniladi.
Ko'p fasonli ishlab chiqarish oqimlari uchun tanlangan modellar sermehnatligini bir-biriga
taqqoslash yo'li bilan asoslanadi. Katta quvvatli ko'p fasonli ishlab chiqarish oqimlarda
tikiladigan modellarni sermehnatligi bir-biridan 3-5 % dan ortiq farq qilmasligi kerak.
Tushuntirish xatida bu bo'lim bo'yicha quyidagilar beriladi:
1.Moda yo'nalishi
2.Kiyimga bo'lgan talablar
3.Tanlangan modellarni asoslash
Tavsiya etilayotgan modellarga konstruktiv tavsif 1- jadval shaklida beriladi.
BUYUM MODELLARIGA KONSTRUKTIV TA'RIF
1- jadval
№
Modelning
qisqacha tasnifi
Modelning
homaki rasmi
Detallar nomi
Tav
siy
a e
til
ad
ig
an
o'l
cha
m
v
a b
o'yl
ar
O
ld bo`
la
k
O
rt
bo`
la
k
Y
oqa
Ye
ng
va
hoka
zo
1
2
3
4
5
6
7
8
9
3. MATERIALLARNI TANLASH VA ASOSLASH
Tanlab olingan modellarga binoan hamma kerakli materiallar, ya`ni avra, astar, qo'shimcha
materiallar, ip, furnitura tanlanadi va asoslanadi.
Tanlangan materiallarning tashqi ko'rinishi, xususiyatlari va o'lcham tafsilotlari buyumning
turiga, kimga mo'ljallanganligiga mos kelishi kerak. Materialning texnologik xususiyatlariga
ko'ra, bir xil usulda tikilishi, toki jihozlarini bir qismini qayta sozlashga hojat qolmasligi kerak.
Tanlangan materiallarni bahosi arzon, tejamli bo'lishi lozim. Astarlik gazlama, qotirma va
furnitura ham tikiladigan materiallarning bahosi va uning ko'rinishiga qarab tanlanadi.
Tushuntirish xatida bu bo'lim bo'yicha quyidagilar beriladi.
1. Qisqa qilib gazlamalar turlarining rivojlanishi, tola tuzilishi va ranglarni uyg`unlashtirish
haqida hozirgi zamon talabi va istiqbollari:
2. Tanlangan materialni ta'rifi.
3. Tanlangan materiallarni asoslash.
4. Tanlangan gazlamalarning asosiy fizik-mehanik ko'rsatkichlari ( 2- jadval).
5. Konfeksion karta ( 3 – jadval).
|
| |