Texnologiyalari" kafedrasi "texnologik jarayonlarni loyihalash"




Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/99
Sana15.12.2023
Hajmi2,84 Mb.
#119937
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   99
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua

 
9- AMALIY MASHG’ULOTI 
MAVZU: Ishlab chiqarish oqimida ish o’rinlarini joylashtirish.
Sex planini tuzish
ISH MAZMUNI 
1.Mehnat predmetlarini uzatish uchun transport vositalarini tanlash. 
2.Erkin maromli oqimda ish о‘rinlarini joylashtirish
USLUBIY KO’RSATMA
Sex planini tuzish laboratoriyaga ishning so’nggi bosqichi bo’lib, unda uchta asosiy masala 
yechilishi kerak: 
1. 
Ishlab chiqarish oqimdagi tikilayotgan assortimentga nisbatan ish o’rinlarning qadami va 
turlarini tanlash. 
2. 
Ishlab chiqarish oqimdagi ish o’rinlarini texnologik sxema bo’yicha tashkiliy 
operatsiyalariga mos tartibda joylashtirish. 
3. 
Ishlab chiqarish oqimlarni sex maydoni bo’yicha joylashtirish. 
Universal va mahsus mashinalarga, qo’lda dajariladigan va dazmollash operatsiyalariga 
mo’ljallangan ish stollarining o’lchamlari, shuningdek press va boshqa uskunalarning 
o’lchamlari ishlab chiqarish oqimida tikilayotgan assortimentga va kiyim detallarning katta-
kichikligiga qarab tanlab olinadi. 
Konveyerli ishlab chiqarish oqimlarda ish o’rinlari faqat ko’ndalang joylashtiriladi. Bunda ish 
o’rindagi ishchi konveyer tasmasidan buyumlari chap qo’li bilan olib va chap qo’li bilan 
buyumlarni konveyer tasmasiga qaytarish kerak. Konveyer tasmasining ishchi qarab o’tirgan 
tomondan o’ng tomonga harakatlanishi qulay hisoblanadi.
Guruhli agregat ishlab chiqarish oqimlarda ish o’rinlarini joylashtirishning hamma mumkin 
bo’lgan hollaridan (ko’ndalang, uzunasiga, qiyamasiga va burchakma-burchak joylashtirishdan) 
foydalanish mumkin. Bunda ish o’rinlari bir- biriga bevosita yaqin bo’lib buyumni uzatish ham, 
uni chap qo’li bilan ham qulaylik yaratilish kerak. 
Ishchi ishlaydigan maydon kengligi har ikkala ishlab chiqarish oqim shakllari uchun quyidagicha 
tavsiya etiladi: 

tik turib bajariladigan dazmollash va qo’l ishi o’rinlarida – 0,5 m; 

buyumni ish stoliga qo’yib o’tirib bajariladigan operatsiyalarda – 0,55 m; 

buyumni tizzaga olib, o’tirib bajariladigan operatsiyalarida 0,75m. 
Buyumni presslash ish joylarida issiqlikdan saqlash maqsadida to’siq ko’zda tutiladi. 
Bunda: 

press bilan boshqa uskuna oralig’i (ishchining ish joyi ko’zda tutilmagan bo’lsa) 
(K=0,4:0,8 m); 

presslar oralig’i (ishchining ish joyi ko’zda tutilsa) – L=0,8 m yoki L=0,4:0,6 m 
(ishchining ish joyi ko’zda to’tilmagan bo’lsa); 

press bilan boshqa uskuna oralig’i (ishchining ish joyi ko’zda to’tilgan bo’lsa) M = 
0,9:1,4 m. 
Ishlab chiqarish oqimida ish o’rinlarini joylashtirishda ishlab chiqarish oqimidagi hamma ish 
o’rinlarining 5:10 % miqdorida rezerv ish o’rinlari bo’lishini ham nazarda tutiladi. 
Rezerv ish o’rinlari ish hajmiga nisbatan ko’proq uchastkalarda yoki murakkabroq operatsiyalar 
bajariladigan joylarda o’rnatiladi. Ishlab chiqarish oqim boshlanadigan joyda bichiqlarni ishlab
chiqarish oqimga uzatish joyi mumkin qadar yaqin joylashib, ayni vaqtda konveyerning 


108 
harakatlantiruvchi stansiyasiga ko’proq vazifasini o’taydigan stol ishlab chiqarish oqimga 
bichiqlar uzatuvchining ish o’rni bo’ladi. 
Tayyor buyum ishlab chiqarish oqimdan chiqadigan joy esa tayyor buyumni omborga 
topshiriladigan joyga mumkin qadar yaqin bo’lishi kerak, bunda: 
a) bichiqlarning ishlab chiqarish oqimiga uzatish joyining kengligi: 

paltolar uchun – 2,25 m; 

kostyumlar uchun – 1,8:2 m; 

ko’ylak va ich kiyimlar uchun – 1,5:1,8 m. 
b) bichiqlarning ishlab chiqarish oqimga uzatish joyining uzunligi mashina sanoat stoli 
uzunligiga teng; 
c) bichiqlarni ishlab chiqarish oqimidan buyumni bitqazib chiqarish joy ulagich kengligi 
– 0,4 m; 
d) ishlab chiqarish oqimdan buyumni bitqazib chiqarish joy ulagichini kengligi – 0,6 m; 
e) ulagichga nisbatan stolni turtib chiqqan joyning o’lchami (ishlab chiqarish oqimdan 
buyumni bitqazib chiqarish joyida) – 0,4 m; 
f) konveyerning en devorining kengligi – 0,1 m; 
g) ikki chiziqli konveyerning o’rtadagi devor kengligi – 0,15:0,2 m; 
h) taranglovchi stansiya oldidagi ish o’rinning kengligi, ya’ni ishlab chiqarish oqimdan 
bitqazib chiqarish stoli – 0,8:1,2 m. 
Ishlab chiqarish oqimdagi ish o’rinlarning texnologik sxema bo’yicha tashkiliy 
operatsiyalarga mos tartibda joylashtirilishidan so’ng, ishlab chiqarish oqimini sex maydonida 
joylashtirishga kirilishadi. 
Sexning kengligini 18, 24 va 36 m olish tavsiya etiladi. Ishlab chiqarish oqimini sex 
maydoniga joylashtirishda qu’yidagi talablarni nazarda tutmoq kerak: 
Ishlab chiqarish oqimga tushurish joyini qadar sexga bichiqlar keltiriladigan joyiga va bitqazib 
chiqarish joy esa tayyor buyumni omborga topshiriladigan joyga yaqin bo’lishi kerak. Bunda 
sexning qarama-qarshi tomonlari nazarda tutilib, tayyor mahsulotni emas, balki bichiqlarni 
tavsiya etiladi. 
Ishlab chiqarish oqimining uzunligi 35 metrdan ortiq bo’lsa, 1,5:2,0 m kenglikda ko’ndalangiga 
(eniga) tushgan o’tish joylari ko’zda tutiladi. Agar ishlab chiqarish oqimga tushirish yoki 
bitqazib chiqarish joyi ko’ndalangiga (eniga) tushgan o’tish joyda joylashtirilgan bo’lsa, unda 
o’tish joyining kengligi 2,0:2,5 metrga ko’paytiriladi. 
Ishlab chiqarish oqimlarni joylashtirishda sexning eni va uzunasi bo’ylab o’tish yo’llari 
quyidagicha: 
- yon tomon devorlaridan ishlab chiqarish oqim boshlanadigan va tamom bo’ladigan joygacha – 
2:4,5 m; 
- ishlab chiqarish oqimning yon tomonidan devorgacha – 1,1:1,2 m; 
- ishlab chiqarish oqimlarning orasidagi yo’l (asosiy o’tish yo’li) sexning uzunasi bo’ylab – 
2,5:3,0 m; 
- ishlab chiqarish oqimlarning orasidagi yo’l (asosiy o’tish yo’lidan tashqari) sehning eni bo’ylab 
– 1,5:2 m; 
- ishlab chiqarish oqimdagi ish o’rinlari bilan tirgak ustunlar oralig’i – 0,2:0,4 m; 
Ishlab chiqarish oqimlardan tashqari sexda tayyor buyumlarni va bichiqlarni saqlash 
uchun javonlar ko’zda tutiladi: 
- bichiqlar uchun stollar – 2,0 x 0,7 x 0,8 m; 
- yarim mahsulot uchun katak javonlar: 
- javonning kengligi 0,5:0,7 m; 
- katakning kengligi 0,25:0,4 m; 
- katakning balandligi 0,2:0,25 m. 
Javonni qavat soni zahira miqdoriga bog’liq: 
- tayyor buyumlarni vaqtincha saqlash uchun javonli aravachalar (buyumni taxlab saqlash 
uchun) yoki harakatlanuvchi kronshteynlar (buyumni osilgan holda saqlash uchun). 


109 
Bichiq va tayyor buyumni tashish uchun sex maydonida liftlar ko’zda tutiladi. Liftning 
o’lchami 1,5 x 2,0 m yoki 2,0 x 2,0 m teng. 
Yuqoridagi talablarga rioya qilib, o’tish joylarning kengligi belgilanadi va sexning 
uzunligi aniqlanadi. 
Sexning uzunligi quyidagi formula bo’yicha topiladi: 
КВ
К
П
К
Т
П
И
у
у
+
+

+
+
=

3
)
1
(
2
Bunda:

у
П - sex uzunasi joylashtirilgan ishlab chiqarish oqimlar uzunligi yig’indisi: 
T - sexning yon tomon devorlardan ishlab chiqarish oqim boshlanadigan va tamom bo’ladigan 
joygacha masofa – 2:4,5 m hisobida olinadi; 
K - sex uzunasi bo’ylab joylashtirilgan ishlab chiqarish oqimlar soni; 
P - sex uzunasi bo’ylab ishlab chiqarish oqimlar orasidagi o’tish yo’li – 1,5:3,0 m hisobida 
olinadi; 
Z - ishlab chiqarish oqimga buyum bichiqlarini tushirish joyining kengligi 1,5:2,5 m hisobida 
olinadi; 
V - buyumni bitqazib chiqarish joyining kengligi – 0,8:1,2 m hisobida olinadi. 
Eslatma: ishlab chiqarish oqimga buyumni tushirish va bitqazib chiqarish joyi borligiga 
qarab o’tish yo’llarining kengligi qabul qilinadi. O’tish joylarida ishlab chiqarish oqimga 
buyumni tushurish va bitqazib chiqarish o’rinlari bo’lganida, o’tish joylari imkoni boricha 
kengroq qilib belgilanadi, bo’lmaganda esa torroq qilib belgilanadi. 
HISOBOTGA QO’YILGAN TALABLAR 
Ushbu amaliy mashg’ulotni rasmiylashtirilganda quyidagilarni berilishi lozim: 
Millimetr qog’ozida 1:10 masshtabida ish sexining plani. 
Bajarilgan sex planiga qisqacha ta’rif. 
TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR 
11. 
Ishchi o’rinlarini kengligini ifodalab bering. 
12. 
O’tish yo’llari qanday turlarga bo’linadi? 
13. 
O’tish yo’llar kengligini ifodalab bering. 
14. 
Ishlab chiqarish oqimlari sex maydonida joylashtirish qoidalarini ifodalab bering. 
15. 
Tikuv sex uzunligi qanday aniqlanadi? 

Download 2,84 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   99




Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiyalari" kafedrasi "texnologik jarayonlarni loyihalash"

Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish