|
Iqtisodiyot va turizm fakulteti
|
bet | 1/3 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 23,04 Kb. | | #230731 |
Bog'liq tezis azamat
O’ZBEKISTONNING TASHQI SAVDOI SIYOSATIDAGI TO’SIQLAR VA MUAMMOLAR
Zoirov Azamat, Buxoro Davlat Universitet
“Iqtisodiyot va turizm fakulteti”, Iqtisodiyot
(tarmoqlar va sohalar ) yo`nalishi
3-2 IQT -20-guruh talabasi
Annotatsiya.Ushbu tezisda ,asosan,tashqi savdoning qanchalik davlat uchun muhim rol o’ynashi,dolzarbligi,bugungi kundagi holati xususida so’z yuritilgan.Tashqi savdo butun dunyo mamlakatlari o’rtasida do’stlikni va hamkorlikni mustahkamlaydi.Xitoy tashqi savdo siyosati shunchalar muvaffaqiyatliki,ular ishlab chiqargan mahsulotlarni har joyda uchratish mumkin.
Kalit so’zlar:import,eksport,proteksionizm,modernizatsiyalash,diversifikatsiyalash, investitsiya,islohot,soliq,subsidiya,valyuta tushumi
Kirish.Tashqi savdo deganda,davlatning boshqa davlatlar bilan savdo aloqalariga qaratilgan maqsadli harakati tushuniladi.Tashqi savdo siyasati orqali bevosita va bilvosita usullar import yoki eksport boshqariladi.Davlatning joylashgan o’rniga,iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga,undagi mavjud tizimga qarab uning tashqi savdo siyosati yuritiladi.Davlatning tashqi savdo siyosati bir tomonlama,ikki tomonlamabo’lishi mumkin.Davlatning tashqi savdo siyosati uning qanchalik tarzda ochiq yoki yopiqligini belgilab beradi.Shu sababli davlatning tashqi savdo siyosati davlatga kirib kelayotgan tovar va xizmatlar,shuningdek kapital qo’yilmalari hamda investitsiya oqimiga ta’sir qiladi.Tashqi savdo siyosatini quyidagi asosiy ikkita turga bo’lishimiz mumkin:erkin tashqi savdo siyosati,proteksionizm siyosati.Mamlakatning tashqi savdo siyosatini O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi amalga oshiradi.Mamlakatlar o’rtasida tashqi savdoni tartibga solishda Jahon savdo tashkiloti muhim rol o’ynaydi.
Mavzuning dolzarbligi.Hozirgi kunda davlatlar o’rtasidagi xalqaro savdoning rivojlanishi,ishlab chiqarish integratsiyalshuvining kengayishi va takomillashuvi tashqi iqtisodiy faoliyatning yanada erkinlashuviga sabab bo’lmoqda.Bugungi bozor islohotlari munosabatlaring yangi strategiyasi asosiy yo’nalishlaridan biri-tashqi iqtisodiy faoliyatni oqilona tartibga solishni muvofiqlashtirish hisoblanadi.ashqi iqtisodiy faoliyatni oqilona tartibga solish davlat iqtisodiy rivojlanish strategiyasing muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.O’tish davri iqtisodiyotini boshidan kechirayotgan mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish uchun o’zini erkin bozor girdobiga tashlab qo’ya olmaydi.Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi savdoga asoslanadi.Chunki bunday faoliyat tufayli mamlakatlar o’z ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoting jahon iqtisodiyoti bilan ichki bozorning tashqi bozor bilan o’zaro hamkorligi uchun sifat jihatdan yangi negizlarni shakllantiradigantub bozor o’zgarishlarini amalga oshirish obyektiv ravishda tashqi iqtisodiy omilni kuchaytirishni taqazo etmoqda.Bularning hammasi O’zbekistonning tashqi iqtisodiy siyosatini va ro’yobga chiqarish mexanizmini ishlab chiqishni talab etadi.
|
| |