|
Iqtisodiyot va turizm fakulteti
|
bet | 3/3 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 23,04 Kb. | | #230731 |
Bog'liq tezis azamatTashqi savdo.Bu Xitoy eng ajoyib muvaffaqiyatga erishgan tashqi iqtisodiy aloqalar turidir.Iqtisodiy islohotlar boshlanganidan keyin yillik o’sish sur’atlari bo’yicha tashqi savdo Xitoyning juda yuqori YIM o’shish sur’atlaridan ham sezilarli darajada oshib ketgani aytish kifoya.1979-yilda YIMning 10%dan kamrog’i tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida shakllangan edi.Iqtisodiyotni rivojlantirishning ikki modeli import o’rnini bosuvchi va eksportga yo’naltirigan modellarni oqilina uyg’unlashtirish ham katta ahamiyatga ega.Eksport bo’yicha Xitoy 2008-yilda AQSH va Germaniyani ortda qoldirib,dunyoda birinchi o’rinni egalladi,import bo’yicha AQSHdan keyin ikkinchi o’rin.Xitoy tashqi bozorga paxta va shoyi, gazlamalar,trikotaj,kiyim-kechak,poyabzal,o’yinchoqlar,sport va sayyohlik mollarini yetkazib beradi.Xitoy dunyo eksportining 1/3 qismini radiotexnika bilan ta’minlaydi.Xiyoy,shuningdek,neft va neft mahsulotlari temir rudalari va bundan tashqari,qora metal prokati va kimyoviy moddalarni import qilishga majbur.Qo’shimcha qilish mumkinki,Xitoy asosiy qurol importchisi hisoblanadi.Xitoy dunyoning 180 dan ortiq davlat bilan savdo qiladi.
Tahlil.Tashqi savdo aloqalarining samaradorligini yanada oshirish,tashqi savdoni liberallashtirish,eksport salohiyatini mustahlamlash hamda raqobatbardosh mahalliy mahsulotni tashqi bozorlarga chiqarish tizimini takomillashtirish,mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar bilan xorijiy sheriklar o’rtasida savdo sohasida uzoq muddatli barqaror sherikchilik munosabatlarini shakllantirish maqsadida;
1.O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar,investitsiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil qilinsin.
2.Belgilansiki;O’zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi vakolatli organ bo’lib,tashqi savdo sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi hamda tashqi savdo faoliyatini tartibga solish sohasida davlat boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi.
Quyidagilar O’zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishi etib belgilansin;
-tashqi savdo faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqarish va amalga oshirish;
-jahon bozorlarining kompleks marketing tadqiqotlarini olib borish
-tovarlar,ishlar va xizmatlar eksportini qo’llab-quvvatash
-ishonchli savdo sheriklarini izlash
-import bo’yicha keltiriladigan tovarlarning hajmi va tarkibini chuqur tahlil qilish
-tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish choralarini amalga oshirish bo’yicha takliflar kiritish
-O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish,xususan,tranzit salohiyatini,logistika va transport yo’nalishlarini rivojlantirish masalalarini bo’yicha chora tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish
Natijalar.Buni O’zbekiston misolida ko’rib chiqamiz.Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati,xususan,tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi aholining turmush darajasiga bevosita o’z ta’sirini o’tkazadi.2020-yilning yanvar-iyun oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi 15 855 800 AQSh dollarini tashkil etib,2019-yilning mos davriga nisbatan 3 528 000 AQSH dollariga yoki 18.2% ga kamaydi.Tashqi savdo aylanmasida hajmi 6 285 400 AQSH dollariga va import hajmi 9 570 400 AQSH dollariga yetdi.Hisobot davrida 3 285 000 AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.O’zbekiston jahonning 150 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.Tashqi savdo aylanmasining salmoqli hissasi Xitoy,Rossiya,Qozog’iston,Koreya,Turkiya,Qirg’iz va Germaniyada qayd etilgan.2020-yil tubdan farq qilib,yanvar va fevral oylarida tashqi savdo aylanmasi 2.9 milliard AQSH dollari darajasida qayd etilgan bo’lsa,mart oyiga kelib 2.2 milliard AQSH dollariga kamayishni tashkil etdi.2020yilda eng katta pasayish may oyida 2 161 600 AQSH dollari ko’rsatkichida qayd etildi.Tashqi savdo aylanmasining so’nggi yillarda katta o’zgarishlar kuzatilyapti.Misol uchun,so’nggi uch yilda Qirg’iziston,Tojikiston va Afg’oniston bilan tashqi savdo aylanmsi oshgani kuzatilmoqda.2020-yilning yanvar-iyun oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 34.4ni tashkil etib,tashqi savdo aylanmasidagi 2018-yilga nisbatan ulushi 3.8% ga kamaygan.Joriy yilning yanvar-iyun oylarida mamlakatning ekportyorlari soni 4573 tani tashkil etib,ular tomonidan 4160800 AQSH dollari qiymatida Tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.2020-yilning yanvar-iyun oylarida import hajmi 9570400 AQSH dollari va 2019-yining mos davriga nisbatan 85%ni tashkil etdi.Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari,sanoat tovarlari hamda kimyoviy vositalar hisobiga to’g’ri keladi.
Xulosa.Savdo siyosati-budjet-soliq siyosatining,tashqi savdo hajmlarini soliqlar,subsidiylar,valyutalar nazorati va import yoki eksportni to’g’ridan-to’g’ri cheklashlar orqali tartibga solishni o’z ichiga olgan,nisbatan mustaqil yo’nalishlardir.Tashqi savdoni tartibga solishda eng ko’p qo’llaniladigan usul importga ta’rif belgilash bo’lib,buning natijasida ichki baholarning o’sishi kuzatiladi.Importga ta’riflarni joriy qilishdan iste’molchilar ko’rgan zarar ishlab chiqarish va davlat ko’rgan foydadan katta bo’ladi.Importga ta’riflarni joriy qilishdan ko’riladigan zarar foyda va zararlar nisbati munozarali masaladir.Ammo import ta’riflari ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish,to’lov balansini tartibga solish maqsadlarida keng qo’llaniladi.Eksportga subsidiyalar,valyuta tushumini ko’paytirish,ortiqcha mahsulotdan qutulish,tashqi bozorni egallash uchun qo’llaniladi.Tashyqi iqtisodiy faoliyatni litsenziyalash va kvotalar o’rnatish xalqaro savdoni tartibga solishning bevosita usulidir.Xalqaro savdo siyosati vositalari va tadbirlari mamlakat iqtisodiyoti holatidan kelib chiqib yechilayotgan vazifalarga muvofiq tanlanadi.2021-yilda O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi 16%ga o’sdi.2021-yilda O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi 42.1mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.Eksport hajmi 10%ga oshib,16.6 mlrd AQSH dollariga yetgan bo’lsa,import 20.4%ga o’sib,25.46 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.Sanoat tovarlari eksporti oltin eksportidan o’zib ketdi.Tashqi savdo aylanmasining manfiy tashqi savdo balansi 8.85 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.2021-yilda O’zbekiston eksportining asosiy qismini sanoat tovarlari,oltin,xizmatlar va oziq-ovqat tashkil etdi.O’tgan yili davomida O’zbekiston importining asosiy qismini mashinalar va asbob-uskunalar importi,sanoat tovarlari,kimyoviy vositalar,oziq-ovqat tovarlari va xizmatlar tashkil etdi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
O’zbekiston milliy ensiklopediyasi(2000-2005)
Axmedova D,Eshmuhammedova A,Jumayev K.”Makroiqtisodiyot”
Agapova T.A Seregina S.F.”Makroekonomika”
Ivashkovkiy S.N.”Makroekonmika”.O’zbekiston qonun hujjatlari to’plami.
|
| |