|
Mavzuning bugungi kundagi holati
|
bet | 2/3 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 23,04 Kb. | | #230731 |
Bog'liq tezis azamatMavzuning bugungi kundagi holati.Bugungi kunda O’zbekiston jahon hamjamiyatida o’zining mustaqil ovoziga ega bo’lgan davlat darajasiga ko’tarildi va nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’ldi.dunyodagi sanoati rivojlangan yetakchi mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik,savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalar o’rnatmoqda.Ikki va ko’p tomonlama manfaatli aloqalar tobora rivojlanib bormoqda.Mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlanishida nafaqat aholining oziq-ovqat va sanoat mahsulotlariga hamda turli xil xizmatlarga nisbatan o’sib borayotgan ehtiyojlarini to’liq qondirishda balki,respublikadagi barcha ishlab chiqarish sohalaring tayyor texnik va texnologiyalarga bo’lganehtiyojlarini ta’minlashda tashqi savdo,ya’ni eksport va import muhum o’rin egallab,bugungi iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida uning ahamiyati kattadir.O’zbekistonda tashqi savdo va uning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati,eksport va import munosabatlarini rivojlantirishning innovatsion boshqaruv samaradorligi masalalari bo’yicha muammoning umumiy tomomlari qator iqtisodchi olimlarimiz tomonidan o’rganilgan.Ularning ishlari xo’jalik yuritishning bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi savdo va eksport va import munosabatlarini samarali samarali yuritsh nazariyasi va amaloyitini ishlab chqishga katta hissa qo’shgan.N.A.Asqarovning ilmiy izlanishlarida “O’zbekiston Respublikasida tashqi savdo va bojxona sohalarini uyg’un boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” jarayonlari mavzusida bojxona siyosatining mohiyati,uni samarali va iqtisodiy xavfsizlikka yondashuv negizida tashqi savdoni bojxona omili asosida boshqarish va tashqi savdo tarkibini optimillashtish ishlarini tartibga solish kabi jihatlariga ko’proq e’tibot qaratilgan.
Xorijiy tajriba.Buni Xitoy misolida ko’rib chiqamiz.Xitoy dunyodagi eng qadimgi savdo kuchlaridan biridir.Dengiz savdosi Xitoyda yangi davrning dastlabki davrida ha,buyuk geografik kashfiyotlar davrida ham rivojlangan.Xitoy o’zining an’anaviy mahsulotlarini eksport qiladi.Ipak,paxta,choy,soya va ba’zi tog’-kon xom-ashyos,shuningdek import qilinadigan oziq-ovqat va turli sanoat mahsulotlari.
|
| |