101
Tashkiliy operatsiyaga fasonlar (modellar) bo’yicha maksimal sarflanadigan vaqt (s):
L
ich
- ish o’rnining qadami ;
τ
- ishlab chiqarish oqimining takti (s);
L - konveyer lenta uyasining qadami, (m);
t
af
- ish o’rnidagi turli mayda kamchiliklar (mashina naychasini o’zgartirish, ip uzulishi,
igna sinish va hokazo) natijasida tashkiliy operatsiyalar sarf vaqtida yuz beradigan amaldagi
farq. Bu farq:
a) qo’l ishlari uchun - 30-40 s teng;
b) mashina ishlari uchun -50-60 s teng;
Tashkiliy operatsiyalar sarf vaqtini qo’shimcha
shartiga binoan, tikilayotgan ayrim fasondagi
buyumlar uchun tashkiliy operatsiyani bajarish maksimal sarf vaqti konveyer lenta uyasini ishchi
o’rnining chegarasida bo’lgan vaqtiga nisbatan kam yoki teng bo’lishi shart.
Tashkiliy operatsiyalarni tuzishda asosiy va qo’shimcha shartlardan
tashqari quyidagi
tashkiliy shartlarga rioya qilish zarur:
- kiyimlarni tikish texnologik tartibda bo’lib, tikish jarayonida ularni ish o’rinlariga qayta-qayta
kelishiga yo’l qo’ymaslik (guruhli agregat ishlab chiqarish oqimlarida ixtisoslashtirilgan ish
o’rinlari bilan ta’minlash uchun texnologik tartibini buzulishiga yo’l qo’yish mumkin);
- razryad va ixtisos jihatdan bir xil va xarakterlari turdosh bo’linmas operatsiyalarnigina
birlashtiriladi;
- texnologik jihatdan bo’linmas operatsiyalarni birlashtirishda, ishchining
ishlash holati hisobga
olinadi, ya’ni ishchining tik turgan yoki o’tirgan holda ishlashi.
Texnologik jihatdan bo’linmas operatsiyalarga birlashtirish juda murakkab ish hisoblanadi.
Shuning uchun birlashtirish ishini yengillashtirish uchun texnologik jihatdan bo’linmas
operatsiyalar kartotekasidan foydalanish ma’qul. Bunda har qaysi texnologik jihatdan bo’linmas
operatsiyaga bittadan kartochka to’ldiriladi. Kartochkalar har xil hajmda bo’lib, ulardan eng
qulay o’lchami 7x10 sm.
Tartib Ishning
raqam ixtisosi
Bo’linmas operatsiyaning
nomi
Ishning
Ish birligini
razryadi sarf vaqti
2-rasm. Texnologik kartochka
Ishning qaysi ixtisosiga qarab berilgan rangli kartochkalardan
foydalanish mumkin, masalan:
a) tikish mashinalardagi oq rangli kartochka;
b) maxsus mashinalardagi – sariq kartochka;
c) qo’l ishlari – qizil kartochka;
d) preslash ishlari – ko’k rangli kartochka;
e) dazmollash ishlari – havo rangli kartochka.
Kartochkalarni texnologik tartibi bo’yicha stol ustiga teriladi va yuqorida
chiqilgan shartlarga
(asosiy, qo’shimcha hisob va tashkiliy shartlar) amal qilib, texnologik jihatdan bo’linmas
operatsiyalarni tanlash yo’li bilan tashkiliy operatsiyalar tuziladi.
Laboratoriya mashg’ulotda ishlab chiqarish oqimining texnologik sxemasi (mehnat taqsimoti)
jadval ko’rinishida beriladi .
HISOBOTGA QO’YILGAN TALABLAR
Ushbu laboratoriya mashg’ulotni rasmiylashtirilganda quyidagilarni berilishi lozim:
Asosiy va qo’shimcha hisob shartlarining hisobi.
Tashkiliy operatsiyalarni tuzish uchun tashkiliy shartlar bo’yicha qisqacha bayon.
102
Ishlab chiqarish oqimining texnologik sxemasini jadval shaklida tuzish va rasmiylashtirish.
TEKSHIRISH
UCHUN SAVOLLAR
1.
Asosiy hisob shartini ifodalab bering.
2.
Qo’shimcha hisob shartini ifodlab bering.
3.
Tashkiliy shartlar nimalardan iborat.
4.
Tashkiliy operatsiya bo’yicha ish normasi bilan ish haqi qanday hisoblanadi?