96
N
b.x. -
ikkita har xil modeldagi buyumlarni tikishda bajariladigan bir xil bo’linmas
operatsiyalar soni.
N
um
- ikkita har xil modeldagi buyumlarni tikishda bajariladigan bo’linmas
operatsiyalarni
umumiy soni.
HISOBOTGA QO’YILGAN TALABLAR
Ushbu laboratoriya mashg’ulotni rasmiylashtirilganda quyidagilarni berilishi lozim:
Tanlangan bir turdagi kiyim modellarni tasvirining chizmasi.
Bir turdagi kiyim modellarini tashqi ko’rinish ifodasi.
Tanlangan buyum modelini bichiq detallarini 1/5 yoki 1/10 masshtabdagi chizmasi.
Bichiq
detallarida tanda, arqoq iplarini yo’nalishini va qirqim nomlarini ko’rsatilishi.
TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR
1.
“Moda” deganda nima deb tushunasiz?
2.
Iste’molcxilarning talablari nimalardan iborat?
3.
Kiyimga iqtisodiy va ishlab chiqarish nuqtai-nazaridan qo’yiladigan
talablarning asosiy
mazmunini aytib bering?
4.
Bir xillik koeffisienti qanday aniqlaysiz?
2- AMALIY MASHG’ULOTI
MAVZU: Material tanlash va asoslash
ISH
MAZMUNI
1.Materiallarga qо‘yiladigan talablarni о‘rganish,
2.Materiallar xususiyatlarini о‘rganish va fizika-mexanikaviy kо‘rsatkichlari jadvalini tuzish
3.Konfeksion karta tuzish
USLUBIY KO’RSATMA
Tanlab olingan modellarga binoan hamma kerakli materiallar, ya’ni avra, astar,
qo’shimcha materiallar, ip, furnitura tanlanadi va asoslanadi.
Tanlangan materiallarning tashqi ko’rinishi, xususiyatlari va o’lcham
tafsilotlari
buyumning turiga, kimga mo’ljanlanligi mos kelishi kerak.
Materialning texnologik xususiyatlariga ko’ra, bir xil usulda tikilishi, yoki
jihozlarning bir
qismini qayta sozlashga hojat qolmasligi kerak. Tanlangan materiallarni bahosi arzon,
tejamli
bo’lishi lozim. Astarlik, qotirma va furnitura ham tikiladigan materiallarning bahosi
va uning
ko’rinishiga qarab tanlanadi.
HISOBOTGA QO’YILGAN TALABLAR
Ushbu laboratoriya mashg’ulotni rasmiylashtirilganda quyidagilarni berilishi lozim:
Bir turdagi kiyim modellarini tikish uchun tavsiya qilinadigan gazlamalarning ta’rifi.
Jadval shaklda tavsiya qilingan gazlamalarni texnik ko’rsatkichlarining
ifodasi
.
TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR
1.
Kiyimlik materiallar qanday talablarga javob berishi kerak?
2.
Ommaviy ishlab chiqarishda tikishga mo’ljallangan
modellarga qanday tartibda
materiallar tanlanadi?