To‘shamani bo‘laklarga bo‘lish xamda ulardan yirik detallarni qirqib olish vertikal va disk
pichokli ko‘chma bichish mashinalarida bajariladi. Jun va ip gazlamalar, qotirma materiallar
to‘shamalarining balandligi 160 mm dan oshmagan to‘shamalar vertikal pichoqli ko‘chma
mashinalarida bo‘laklarga bo‘linadi. Tabiiy va suniy ipak gazlamalar, ko‘ylakbop ip va boshka
gazlamalar balandligi 30 mm dan oshmagan to‘shamalarni bo‘laklarga bo‘lish uchun esa disk
pichoqli ko‘chma bichish mashinalari ishlatiladi. Engil gazlama va tabiiy tolali gazlamalarni qirqish
uchun EZD-1 disk pichoqli mashina, sintetik tolalari bor gazlamalar uchun-EZDM-2, trikotaj
polotnolar uchun-EZM-2, CS-529 ishlatiladi. To‘shamalarni bo‘laklarga bo‘lish vaqtida to‘shama
qavatlari siljib ketmasligi uchun ular qisqichlar bilan siqib qo‘yiladi. To‘shama qavatlari tasma
pichoqli mashina oldiga turli usullarda tashiladi, tashish vaqtida to‘shama qavatlari siljib
ketmasligiga etibor berish lozim. Buyumni o‘rta va mayda detallarini uzil-kesil qirqib olish uchun
tasma pichoqli mashina ishlatiladi. Bu mashinalarda pichoq tig‘ini charxlaydigan, ishchi qo‘lini
jaroxatdan saqlaydigan moslamalar mavjud. Bichiqlar sifatli bichilishi va mexnat xavfsiz sharoitini
yaratish uchun detallar pachkasini ustiga andaza qo‘yib bichiladi. Andaza qo‘ymay bichiladigan
bo‘lsa, mashina tasma - pichog‘i belgi chiziq o‘rtasidan o‘tishi kerak.
Tikuv buyumlar detallari bichib olingandan so‘ng ularni sifat tekshirish stollariga o‘tqaziladi va
bichiqlar sifati nazoratchi tomonidan andaza yordamida tekshiriladi. Buning uchun to‘shamaning
ustki, o‘rta va ostki qavatidan detal olib andaza bilan solishtirib ko‘riladi. Bunda andaza va
detallarni tanda ip yo‘nalishi to‘g‘ri kelishi kerak. Detal qirqimlari andaza qirqimlariga nisbatan
ruxsat berilgan og‘ish qo‘yidagicha o‘rnatilgan, mm: elka qirqimida, eng va yoqa o‘mizida, eng
qiyamasida ± 1;yon qirqimda, ort bo‘lak o‘rta qirqimida, eng tirsak va old qirqimida ± 2;eng uchida,
old va ort bo‘lak etak qirqimida,astar va qotirma qirqimlarida ± 3.Nosimetrik detallar simmetrik
o‘qi bo‘ylab qirqimlarini tekislab, bukib tekshiriladi. Uloqlari bor detallarda chok xaqi berilganligi
tekshiriladi. Kertiklar uzunligi 0,5 mm dan oshmasligi kerak, uning joylanishi esa ± 2 mm surilishi
mumkin. Nazoratdan o‘tgan bichikning yo‘l varagiga nazoratchi shtamp qo‘yadi. Bichiqlarning
sifat darajasi ishchining malakasiga, to‘shama sifatiga va qo‘llanadigan asbob-uskunaga bog‘liq.
Katak va yo‘l-yo‘l gazlamalardan bichilgan buyumlarning detallaridagi guli to‘g‘ri keltirib
tekislab qirqiladi. Katak va yo‘l-yo‘l gazlamalarda yaqq ol ko‘zga tashlanadigan guli detallarda
qo‘yidagicha joylanishi kerak: old bo‘lakda- old bo‘lak o‘tar qismi chizig‘iga parallal; adip
qaytarmasida-adip ziyiga parallel; o‘rta choki bor ort bo‘lakda-ort bo‘lak o‘rta qirqimiga simmetrik;
90
to‘g‘ri bichiqli shimlarda – yon qirqimining tiza chizig‘idan pochasigacha tushadi; listochka,
cho‘ntak qopqoq, qoplama cho‘ntaklarda- asosiy detalning guliga to‘g‘ri tushishi kerak.