|
Texnologiyalari" kafedrasi "texnologik jarayonlarni loyihalash"Bog'liq portal.guldu.uz-MajmuaGazlamani qirqish
Tikuvchilik korxonalarida turli xil gazlamalardan turli assortimentda buyumlar tikiladi. Ularni
bichish uchun xilma-xil asboblar ishlatiladi: Xozirgi kunda uch xil bichiq usullari mavjud:
mexanik, termofizik, termomexanik. Ulardan mexanik usuli eng tarqalgan bo‘lib, tikuv
korxonalarida keng qo‘llanalmoqda.
Mexanik usuli –gazlamalarni bichish universal va maxsus asboblarda: ko‘chma bichish
mashinasida, o‘yish presslarida va qaychi yordamida bajariladi. Bu usul tikuvchilik sanoatida keng
tarqalgan bo‘lib, turli shakl va o‘lchamdagi detallarni bichishga mo‘ljallangan. Univesal asbobda
detalni bichish afzalligi xam shundan iborat. Kamchiligi – kiyim detallarini aniq
bichilmasligi va bichish jarayoni ko‘p mexnat talab qilishi, operatsiyalar ketma-ket bajarilishi,
jarayonni avtomatlashtirish imkoniyati yo‘qligi.
Xozirgi vaqtda tikuvchilik korxonalarida to‘shamalarni universal usulda qirqish uchun qo‘yidagi
ko‘chma bichish mashinalar ishlatiladi: CS-529, CS-530, EZM-4, EZM-1, EZDM-2, HF120 S,
HF140S, Komet 4,5,6 Ular to‘shamalarni bo‘laklarga bo‘lishga xamda ulardan yirik detallarni
qirqib olishga mo‘ljallangan. Ularning tavsifi 31- jadvalda keltirilgan. 32- jadvalda xuddi shu
vazifani bajaradigan disk pichoqli ko‘chma bichish mashinalarning tavsifi berilgan.
31- jadval
To‘g‘ri pichoqli ko‘chma bichish mashinalari tavsifi
Rusumi
EZM-4
CS-529 CS-530 HF120 HF140S
Komet 4
Ishlab chiqaruvchi “Legmash”
Rossiya
“PANNONIA”
Vengriya
“HOFFMAN”
Polsha
“BULLMER”
Germaniya
Qirqiladigan
to‘shama
balandligi,mm
130-160
130
160
120
140
100-150
Pichoq tezligi, m/s
30
40
40
40
40
40
Mashina
og‘irligi,kg
14,2
15,0
18,0
11,5
11,8
15,0
32- jadval
Disk pichoqli ko‘chma bichish mashinalari tavsifi
Rusumi
EZDM-2
HF100
HF125
Ishlab chiqaruvchi
“Legmash” Rossiya
“HOFFMAN Polsha
Qirqiladigan to‘shama
balandligi,mm
20
85
98
Mashina og‘irligi,kg
7,2
3,5
3,5
89
Statsionar bichish mashinalari to‘shama bo‘laklaridan turli shakl va o‘lchamdagi detallarni qirqib
olishga mo‘ljallangan. Buning uchun qo‘yidagi statsionar qirqish mashinalari ishlatiladi: RL-4, RL-
5, RL-630, RL-2, KBS-300, HF200/750, 777 ”S ”. Ularning tavsifi 33- jadvalda keltirilgan.
33- jadval
Tasma chichoqli statsionar bichish mashinalari tavsifi
Rusumi
RL-4
RL-5
RL-
630
RL-2
HF200/750
777 ”S ”
Ishlab
chiqaruvchi
“Legmash ” Rossiya
“ Orsha ”
Belorussiya
“HOFFMAN”
Polsha
“BULLMER”
Germaniya
Qirqiladigan
to‘shama
balandligi,mm
250gacha 120gacha
170
200
200
(max 300)
250
Pichoq tezligi,
m/s
20,0
20,0
20,0
20,0
16,0
9÷14,5
Tushama
stolining
uzunligi,mm
2806
1700
1500
1500
1800
1750
To‘shama
stolining
eni,mm
1506
1000
950
900
1500
1250
Detallarni bichishda o‘yish presslarini qo‘llash bichish jarayonini mexanizatsiyalashtirish va
avtomatlashtirish imkoniyatini beradi.
|
| |