84
Bu masalani yechish uchun gazlama to’pini hisoblab chiqish kerak.
Bunda tanlangan
gazlama to’pi qaysi uzunlikdagi to’shamaga ishlatiladi va ma’lum uzunlikdagi to’shama uchun
to’shama qavatlar soni aniqlanadi.
Gazlama to’plarini hisoblaganda, gazlama to’pida yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan laxtak
uzunligi 10-15 sm dan oshmaslik yoki umuman yo’q bo’lishi kerak. Bunday hisob qoldiqsiz
bichish deb ataladi.
Gazlama to’plaridan ikki xil qoldiqlar chiqishi mumkin:
3.
Ratsional qoldiqlar – bu yaroqli laxtaklar. Ulardan korxona assortimentidan bitta buyum tikish
mumkin bo’lgan laxtak.
4.
Noratsional qoldiqlar – bu yaroqsiz laxtaklar. Ulardan bitta buyum tikib bo’lmaydigan laxtak.
Hozirgi vaqtda tikuvchilik sanoatida gazlama to’plarini hisoblashning
quyidagi usullari
bor:
4.
Qo’lda hisoblash usuli;
5.
Monografik usul;
6.
Mexanizatsiyalashtirilgan hisoblash usuli.