81
Модeль А 01.8 Модeль С 01.1
49- rasm. “Roll Tex” firmasining tekshirish-o`lchab ko`rish mashinalari
Zamonaviy tekshirish-o`lchab ko`rish mashinalari cho`zmasdan gazlamalarni o`ramidan
ochish va uni o`ram qilish, nuqson topishni avtomatlashtirish, gazlamalarni o`ramidan
ochish va
o`rash tezligini boshqarish (0-75 mG`min), uzunasini avtomatik o`lchash, o`lchamlarni avtomatik
yozish qurilmalaridan, shuningdek kompyuterlar va turli xil hisoblash vositalari bilan ta'minlangan.
“Bullmer-werk” ( Germaniya), “Calaton” (Shvetsiya), “Nortekx” va “Shelton” (Angliya)
firmalarida zamonaviy tekshirish-o`lchab ko`rish mashinalari ishlab chiqilmoqda.
Ular turli tuman bo`lganlari bilan ishlash mexanizm va vositalari bir xildir:
•
gazlamalarni o`ramidan ochish va uni o`ram qilish qurilmasi yoki gazlamani bukib
taxlash
qurilmasi;
•
ko`rish ekranigacha bo`lgan yo`naltirish valiklari;
•
nishab ko`rish ekrani;
•
gazlama uzunasini o`lchash vositasi;
•
ko`rish ekranidan keyingi yo`naltirish valiklaridan iborat.
Gazlmalarda nuqson topishni avtomatlashtirish tayyorlov-bichish sexida tez moslanuvchan
ishlab chiqarish tizimini ishlab chiqarish uchun sharoit yaratib beradi.
Sifati tekshirilgan gazlamalar rulon qilib o`raladi va sifati tekshirilgan gazlamani
saqlash
zonasiga o`tkaziladi. Bu erda gazlamalar yakka yoki guruh holda saqlanadi. Gazlamalarni saqlash
uchun turli xil qurilmalar ishlatiladi. Ularni ikki guruhga ajratish mumkin.
1-guruh - statsional qurilmalar:
oddiy taglikli, supaga taglik,
tokchali javon, ari uya javon,
archasimon javon.
2-guruh - harakatlanuvchi yacheykalari bor qurilmalar:
82
elevator, baraban tipidagi mexanizatsiyalashtirilgan javon.
Gazlamani saqlash uchun uskuna tanlashda gazlama to`plarini saqlash, qidirib topish va
tashish usullarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish imkoniyatini, gazlamalarni qanchalik
yaxshi saqlanishi, binolarni sathi va hajmidan foydalanish koeffisiyentini oshirish
imkoniyatini
nazarda tutish kerak.
Gazlama to`plari bir biriga tegmay, har qaysisi bittadan alohida kajavaga solib saqlanadigan
elevatorlarda gazlamalar juda yaxshi saqlanadi, chunki elevator harakati vaqtida gazlama to`plarini
sirtqi qavatlari bir biriga tegmagani uchun, ular hech qanday deformatsiya bo`lmaydi.
Tokchali javonlarda gazlama 3-4 yarusda saqlanadi. Gazlamalarni javonlarga joylashtirishni
mexanizatsiyalashtirish uchun ko`tarish-tashish qurilmalaridan foydalaniladi. TShP-89 erda
yuradigan panshahasimon shtabeler gazlamalarni tashishga va donalab saqlanadigan javonlarga
joylashtirishga mo`ljalangan. Ko`p yarusli javonlarga gazlamalarni joylashtirish,
tushirib olish va
tashish uchun shtabeler-kran OL-0,25 va OP-0,5 ishlatiladi. Bundan tashqari osma shtabeler-kran
PP-0,25, PP-0,5 lardan foydalanish mumkin.
Shunday qilib, gazlamalarni donalab saqlash uchun avtomatlashtirilgan vertikal berk
elevatorni qo`llashda, gazlamlarni saqlash bilan bog`liq bo`lgan hamma operatsiyalarni
mexanizatsiyalashtirish va avtomalashtirish mumkin bo`ladi.
Bunda sifati tekshirilgan gazlamalarni saqlash uchun quyidagi vositalar qo`llaniladi:
•
sifati tekshirilgan gazlamalarni elevatorning tashish aravachasiga
joylashtirish uchun
yotqizgich;
•
gazlama to`plarini tekshirib-o`lchash zonasidan elevatorgacha tashish uchun avtomatik
boshharmali aravacha-yuklagich;
•
bo`sh kajavalarni borligini bildiradigan masofali
signalizatsiya vositasi;
•
gazlama to`plarini yuklangan aravachalarning adreslash vositasi;
•
yuklanish tugaganini bildiradigan masofali signalizatsiya vositasi;
•
aravachalarni dastlabki holatga avtomatik ravishda keltirish vositasi;
•
elevatordan yukni tushirishni boshqarish pulti;
•
gazlama to`plarini gazlamani xillash bo`limiga o`tkazish uchun tasmali transportyor.
Elevatorlarning afzalligi:
1. To`plarning saqlash, qidirib topish va tushirish mexanizatsiyalashtiriladi va
avtomatlashtiriladi.
2. Binoning sathi va hajmidan foydalanish koeffisiyentti oshadi.
3. Gazlamalar deformatsiya bo`lmaydi, chunki gazlama to`plari bir-biriga tegmaydi.
Kamchiligi:
1. Elevator katta joy talab etadi.
2. Elevatorning foydali hajmi javonning foydali hajmidan kamroq bo`ladi.
Ari uya javon gazlamalar to`pini donalab saqlashga mo`ljalangan. Bu javonlarni qo`llashda
gazlamalarni yuklash, tushirish va tashish to`la mexanizatsiyalashtirilgan. Javonlarning katakchalari
shtabellar yordamida to`ldiriladi.
Baraban tipidagi mexanizatsiyalashtirilgan javonning uchi zich joylashgan to`rtburchak
katakchalardan iborat. Bu javonlarni harakatlanish tugmacha yordamida bajariladi. Barabanni
hohlagan tomonga aylantirish mumkin. Gazlamalar to`pini javonlarga joylashtirish ko`p jismoniy
kuch talab qilmaydi.