78
qurilganiga bog`liq. Tayyorlov sexida qo`llaniladigan ko`targich - transport vositalari statsionar va
ko`chma bo`lishi mumkin.
Korxonaga kelgan materiallarning assortiment miqdori va sifati mol bilan birga kelgan
xujjatlarga solishtirib tekshiriladi. Avval mol umumiy holati bo`yicha, ya'ni molning umumiy
og`irligi, tamg`asi buzilmaganligi, necha o`ramligi, o`ramlarning nomeri, molning sifati
tekshiriladi. Agar yuqorida aytilganlar texnik hujjatlarga mos kelmasa, unda mol yuborgan
korxonadan vakil chaqirib, bu haqda dalolatnoma tuziladi. Texnik hujjatlarga mos kelgan mollar
qabul qilib, mollarni o`rovi ochiladi va gazlamalarni donalab qabul qiladi. Har bir gazlama to`piga
o`lchov qaydnomasi to`ldiriladi. Qaydnomada gazlama to`pining to`qimachilik korxonasida
qo`yilgan tartib raqami, tikuv korxonasidagi tartib raqami, yorliqda ko`rsatilgan nomi va artikuli,
umumiy uzunligi va eni yoziladi. O`rovi ochilgan gazlamalar javonlarda yoki supaga tagliklarda
turiga qarab, yorlig`i osilgan tomoni tashqariga qaratib alohida-alohida saqlanadi. Omborda
gazlamalarni namlikdan, to`g`ri tushadigan quyosh nuridan, past haroratdan, changlikdan va
xashoratlardan saqlash kerak. Jun, ipak, ip, zig`ir gazlamalarni saqlashda sexning harorati 15-18 S
o
va namligi 60-65% bo`lishi lozim.
Korxonaga keltirilgan avra va astar gazlamalarning uzunasi, yoni va sifati bo`yicha
tekshiriladi. Qotirma va isituvchi qatlam materiallari o`rovini ochish zonasidan sifati tekshirilgan
gazlamalar zonasiga o`tkaziladi. Ular yorliqda ko`rsatilgan uzuna bo`yicha qabul qilinadi.