69
chiqindilarni kamaytirish va materiallarni tejash. Maxsulot ishlab chiqarishning bu bosqichi tajriba
tsexining normalovchi guruxi tomonidan bajariladi. Normalovchi guruxning asosiy vazifasi-
materiallar xarajatini ratsional normalashtirishdan iborat. Bu vazifani bajarish material sarfini
to‘g‘ri normalashtirish, ulardan ratsional foydalanishni nazorat qilishga bog‘liqdir.
Belgilangan sifatda bitta buyumni tayyorlashga sarflanishga yo‘l qo‘yilgan maksimal gazlama sarfi
gazlama sarf normasi deyiladi. Gazlama sarf bo‘lishi asosan bichiqchilik jarayonlariga bog‘liq.
Shuning uchun bu jarayonlarining xar qaysisi uchun aloxida gazlama sarflash normasi belgilanadi.
Bu normalar kuyidagilardan iborat: bo‘rlama normasi, to‘shama normasi,
texnikaviy norma va
fond normasi.
Gazlama sarf normasini ishlab chiqarish tadbirlariga quyidagilar kiradi: andazalar satxini o‘lchash,
andazalarni joylashtirishda o‘lcham va bo‘ylarni birlashtirish, andazalar orasidagi chiqindi
mikdorini aniqlash, tajribali joylashmalar bajarish, xisoblash yo‘li bilan gazlama sarf normasini
aniqlash, bo‘rlamalardan nusxa ko‘chirish, korxonada gazlamalarni
tejamli ishlatishni nazorat
qilish.
Gazlama sarflash normasini aniqlashda kuyidagi dastlabki ma`lumotlardan foydalaniladi:
- andazalar satxi;
-
o‘lcham va bo‘ylar shkalasi;
-
andazalar komplekti;
-
modelning texnik xujjati ( model tasnifi, modelni bichish va tikishni o‘ziga xosligi,
andazalar va buyum detallarini ro‘yxati va satxi );
-
modelni tikishga tavsiya etilgan gazlamalar artikuli va namunasi
kiritilgan konfektsion
karta;
-
muayyan modeldan avval tikilgan o‘xshash modellarga materiallar sarfi to‘g‘risida
ma`lumot;
-
muayyan modelni tikish uchun tavsiya etilgan gazlamalarni uchraydigan enlari to‘g‘risida
ma`lumot;
-
muayyan modelni ishlab chiqarish umumiy xajmi va aloxida xar bir gazlamani turi bo‘yicha
( sidirg‘a, tukli, katak yo‘l-yo‘l va x.k.);
-
to‘shamaning uzunasi bo‘yicha chiqindilar miqdori.
Andazalar satxini aniqlash uchun korxonalarda IL-1 elektron-xisoblash mashinasi qo‘llaniladi.
Mashina kartondan yoki qalin qog‘ozdan qirqilgan turli shakldagi andazalarni kontaktsiz o‘lchash
uchun mo‘ljallangan. Andazalar satxi uch marta o‘lchanib, ularning o‘rtachasi xaqiqiy deb olinadi.
Ulcham va bo‘y shkalasi bo‘yicha xar bir o‘lcham va bo‘ydagi tikuv buyumni ishlab chiqarish soni
aniqlanadi. O‘lcham va bo‘y shkalasi axolini o‘lchash yo‘li bilan to‘ldiriladi. Shkalada xar bir
o‘lcham va bo‘y uchun solishtirma ulushi ko‘rsatiladi. 1956 yilda Antropologiya instituti xodimlari
tomonidan xar bir respublika va katta shaxarlar uchun o‘lcham va bo‘ylar shkalasi tuzib chiqilgan.
Xozirgi vaqtda o‘lcham va bo‘ylarni solishtirma ulushi savdo tashkilotlari tomonidan axolini
ixtiyoji asosida tuziladi. Savdo tashktlotlari tikuv korxonalari bilan
tuzgan shartnomada buyumni
nomi, model nomeri, o‘lcham, bo‘y va to‘laligi, gazlamalar artikuli va ularning rangi,
bezak
materiallar turi, furnitura, buyum soni va o‘rtacha narxi ko‘rsatiladi. Bundan tashqari keltirib berish
sharti va muddati belgilanadi. Shartnoma buyurtma-ro‘yxat shaklida rasmiylashtiriladi. Savdo
tashkilotlari tomonidan tushgan buyurtmalar asosida xar bir modelga rejalashtirilgan muddatga
umumiy buyurtma jadvali tuziladi.O‘lcham va bo‘ylar bo‘yicha barcha buyurtmalar ro‘yxati ularda
ko‘rsatilgan soni bilan ( foizda yoki sonda) muayyan modelga o‘lcham va bo‘ylar
shkalasini
ifodalaydi.