68
kartonning namligi yuqori bo‘lsa, uni qurishi natijasida andazalar o‘lchamlari o‘zgarishi mumkin,
ya`ni andazalar kirishishi mumkin. Bunday andazalar yaroqsiz bo‘ladi.
Andazalarni tayyorlash uchun kuyidagi maxsus mashinalar ishlatiladi
- kartonni qirqish uchun - RLZ-2;
-andazalarni tashqi belgi chizig‘i bo‘yicha qirqish uchun- VLN-1;
- andazalarni ichqi chiziqlari bo‘yicha qirqish uchun ( vitochka, taxlama va x.k.)- VLV-1;
-detal qirqimlarini tamg‘alash uchun- KLS-1;
- andazalarda shakli teshik ochish uchun- VLO-1.
Qo‘llaniladigan asbob-uskunalar tavsifi 18- jadvalda keltirilgan.
18- jadval
Andazachilar guruxini asbob-uskunalarining tasnifi
Marka Vazifasi
Unumdorligi
max
Material
qalinligi max
,mm
Stol
qapqog‘ining
o‘lchami,m
Og‘irligi,kg
RLZ-2
Kartondan
yaram
maxsulot qirqib olish
0.3 m/s
0,7-1,2
2.49x1.65
540.0
266 sinf Qarton
qavatlarini
biriktirsh
750±50
min
-1
4,0
1.8x1.0
147.0
VLN-1 andazalarni
tashqi
belgi chizig‘i bo‘yicha
qirqish
1500 min
-1
0,7-1,2
1.8x1.0
127.0
VLO-1 andazalarda
shaklli
teshik ochish
20 tsikl/ min 0,7-1,2
0.9x0.75
226.0
VLV-1 andazalarni
ichqi
chiziqlari
bo‘yicha
qirqish
2000 min
-1
0,7-1,2
1.035x0.65
100.0
KLS-1
detal
qirqimlarini
tamg‘alash
0,6 m/s
0,7-1,2
1.1x.0.7
85.5
Andazalarga kuyidagi ma`lumotlar yoziladi: buyum nomi, model nomeri, detal nomi, andazalar va
detallar soni, o‘lcham, bo‘y va to‘laligi, tanda ip yo‘nalishi chizig‘lari va ularga nisbatan qancha
chetga chiqish mumkinligi belgilanadi. Bundan tashqari andazalarda detalning qaysi joyida qanday
o‘lchamdagi uloq bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatiladi. Andazalar komplektini asosiy detalida shu
komplektga kiradigan barcha detallar ruyxati beriladi. Detallar bir-biriga to‘g‘ri
ulanishi uchun
andazalar qirqimlariga maxsus kertkich yordamida kertiklar ko‘yiladi. Kertiklarni eni 2-3 mm,
uzunasi 5-7 mm bo‘ladi. Ish andazalari va yordamchi andazalar oyda kamida bir marta etalon
andazalarga solishtirib tekshiriladi. Etalon andazalar o‘zi xam yilning xar choragida bir marta
o‘lcham jadvalida ko‘rsatilgan o‘lchamlarga solishtirib tekshiriladi.
Andazalarni saqlash normal
sharoiti: xarorat- 18-20 S
0
, xavoning nisbiy namligi 60-70%. Andazalarni saqlash uchun ikki yarusli
mexanizatsiyalashtirilgan kronshteynlar tavsiya etiladi.