64
mos tartibda joylashtirishdan so'ng, ishlab chiqarish oqimini sex
maydonida joylashtirishga
kirishiladi.
Sexning kengligini 18 m olish tavsiya etiladi.
Ishlab chiqarish oqimlarini joylashtirishda sexning eni va uzunasi bo'ylab o'tish yo'llari
quyidagicha (5-rasmga qarang)
- Yon tomon devorlaridan ishlab chiqarish oqim boshlanadigan va tamom bo'ladigan joygacha -
3,54.5 m;
- ishlab chiqarish oqimining yon tomonidan devorgacha- 1.11.2;
-ishlab chiqarish oqimlarining orasidagi yo'l (asosiy o'tish yo'li ) sexining uzunasi bo'ylab - 2.53.0
m ;
-ishlab chiqarish oqimlarining orasidagi yo'l (asosiy o'tish yo'lidan tashqari) sexning eni bo'ylab -
1.52.5;
-ishlab chiqarish oqimidagi ish o'rinlari bilan tirgak ustunlar oraliqi - 0.20.4 m;
Bichiq va tayyor buyumni tashish uchun sex maydonida liftlar ko'zda tutiladi. Liftning o'lchami
1,5*1,5m, yoki 2,0*2,0 m ga teng.
Yuqoridagi talablarga rioya qilib, sexning kengligi belgilanadi va sexning uzunligi aniqlanadi.
Ishlab chiqarish oqimiga buyumni tushirish va bitkazib chiqarish joyi borligiga qarab o'tish
yo'llarini kengligi qabul qilinadi. O'tish joylarida ishlab chiqarish
oqimga buyumni tushirish va
bitkazib chiqarish o'rinlari bo'lganida o'tish joylari imkoni boricha kengroq qilib belgilanadi,
bo'lmaganida esa torroq qilib belgilanadi.
Tushuntirish xatida bu bo'lim bo'yicha quydagilar beriladi:
- bajarilgan sex planiga qisqacha ta'rif;
- 1: 100 masshtabida vatman chizma qog`ozidan loyihalashgan sexning plani.
Sexning ihtisoslashtirilishiga qarab qo'shimcha tikib bitqazib chiqarish
uchun tikuv buyum
turlari tanlanadi va hisoblanadi. Natijalari 17- jadvalga tushiriladi.
Nazorat savollari.
6. Ishchi o’rinlarini kengligini ifodalab bering.
7. O’tish yo’llari qanday turlarga bo’linadi?
8. O’tish yo’llar kengligini ifodalab bering.
9. Ishlab chiqarish oqimlari sex maydonida joylashtirish qoidalarini ifodalab bering.
10. Tikuv sex uzunligi qanday aniqlanadi?