MA`RUZA №18 (2 soat)
MAVZU: ISHLAB CHIQARISH OQIMIDA ISH O‘RINLARINI JOYLASHTIRISHNI
TASHKIL QILISH.
Reja:
1.
Oqim turiga qarab ish o‘rinlarini joylashtirish.
Oqimda ishchi o‘rinlarini va tsex maydonida oqimlarni joylashtirishdan asosiy maqsad ular
o‘rtasida yarim fabrikatni uzatishda maksimal uzluksizlikni ta`minlash va uskunalar bilan tsex
maydonini egallashni minimizatsiyalash hisoblanadi.
Oqimda yarim fabrikatning xarakatlanish uzluksizligi nafaqat u yoki bu transport vositasining
uzluksiz harakati bilan, balki oqimda uskunalarning muayyan joylashishi bilan ta`minlanishi
mumkin. Ko‘rsatilgan vazifani bajarishda eng muximi ishchi o‘rinlarini shunday joylashtirish
kerakki, bunda ishchi xech qanday yordamsiz va murakkab transport qurilmalarisiz yarim fabrikatni
navbatdagi ishchiga uzatish imkoniga ega bo‘lsin.
Bir xil turdagi tashkiliy-texnologik aloqalar operatsiyalari uchun oqimda ishchi o‘rinlarini
joylashtirishda ularning o‘zaro joylashishi bir nechta variantlarga ega bo‘lishi mumkin. Yuqorida
zikr etilgan maqsadlarga erishishi uchun shunday variantni tanlash kerakki, u minimal maydonga
ega bo‘lsin, ayni vaqtda yarim fabrikatni navbatdagi ishchi o‘rinlarga uzluksiz uzatib berishni
ta`minlash imkoniga ega bo‘lsin.
TSex planida ajratilgan okim maydonida birinchi bo‘lib detallarni oqimga tushiruvchi ishchining
ish o‘rni joylashtiriladi. Keyin undan minimal masofada (0 : 1,5m) jarayonning birinchi tashkiliy
operatsiyasini bajaruvchi ishchining ish o‘rni joylashtiridi.
Okim planini shakllantirishda okim maydonining to‘g‘riburchakka yakin bo‘lishiga xarakat qilish
kerak, aks xolda maydondan to‘liq foydalanmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Joylashtirilayotgan
uskuna uchun tsex maydonidan foydalanish darajasi bitta ishchiga maydonning me`yori bilan
xisoblanadi. Uning xakikiy kattaligi uning me`yoriy kattaligidan (N=6m
2
/kishi-shaxmat tarzida
joylashtirish uchun, N
don
=4,5 : 5,5 m
2
/kishi to‘g‘ri chizikli joylashtirish uchun) oshmasligi kerak.
1ta ishchiga maydonning xakikiy meyorini xisoblashda o‘tish joylar, shuningdek yarim
fabrikat va tayyor maxsulotni yig‘ish uchun joylar xisobga olinib tsex satxi xisoblanadi.
61
Binoning cheka devorlari oldida ko‘rsatilgan o‘tish joylarida bichimlarni tikishga
tayyorlash joylari, bichimlarni saqlash joylari, maxsulotni komplektlash va vaqtincha saqlash
joylarida stollar, javonlar va kroshteynlar qo‘yiladi.
Oqimdagi ish o‘rinlari oqimning tashkiliy texnologik sxemasi asosida joylashtiriladi.
Oqimdagi ish o‘rinlarini odatda ko‘ndalangiga (ish stollari transportyor tasmasiga yoki mexnat
predmetlarini uzatib boradigan stolga perpendikulyar), uzunasiga (ish stollari transportyor
tasmasiga yoki mexnat predmetlarini uzatib boradigan stolga parallel) yoki oqimning o‘q
chizig‘iga nisbatan bir oz burchak xosil qilib (diogonal bo‘ylab) joylashtirish mumkin. Bulardan
eng ratsionali ko‘ndalang joylashtirish xisoblanadi.
Yarim fabrikatning xarakati to‘g‘ri chiziqli traektoriyali bo‘lgan okimlarning planirovkali
echimini loyixalashtirilayotganda ishchi o‘rinlarni joylashtirish okimning oldindan olingan
tashkiliy texnologik sxemasiga binoan amalga oshiriladi. Ishchi o‘rinlari orasidagi masofa ijrochi
ishining xarakteri bilan uskunalarning turi va joylanishining texnologik jarayonga binoan
aniqlanadi. Ishchi o‘rinlar o‘rtasida masofaning asosiy kattaliklari konveyerli okim misolida
keltirilgan (36-rasm). Okimning boshqa turlari uchun ko‘rsatilgan masofalar o‘xshash.
36- rasm. Konveyerli oqimlarda ish o‘rinlarini joylashtirish
Chiqarish stolining kengligi 0,8-1,0m ni tashkil qiladi. Konveyerli jarayonlarda kiritish stoli
kuyidagi o‘lchamlarga ega:
a-palto tikish uchun -2,0-2,5m;
kostyumlar va engil kuylaklar uchun -1,8-2,0m;
ichki kiyimlar uchun -1,5-1,8m;
b- kengligi mashina stolining uzunliga teng -1,2-1,4m;
v- kiritish tasmasini kengligi -0,4-0,5m;
g- chikarish tasmasini kengligi -0,6-0,75m;
d- transporterning stantsiyasi o‘qidan maxsulotni kiritish tasmasi ustida joylashgan
to‘siqning birinchi milkigacha bo‘lgan masofa -0,1m;
e- maxsulotni kiritish tasmasini ustida joylashgan to‘siqning oldida stolning chiqib turgan
joyining kattaligi transportyor uyasi qadamiga teng;
j- stolning balandligi-0,95 m.
Ishchi o‘rinlarning o‘lchamlari:
1. Mashinali joy kengligi 0,6-0,65 m uzunligi 1,1-1,2m;
2. Kul mexnati joyi kengligi 0,7-0.8m uzunligi 1,2-1,4m;
3. Kul mexnati joyi kengligi 0,43m uzunligi 1,2-1,4m;
4. Dazmol qiladigan joy kengligi 0,6-0,65muzunligi 1,1-1,2m.
Stol usti presslar oddiy mashina stolarida o‘rnatiladi, shuning uchun o‘lchamlari xam
mashina stollaridagi kabi 0,65x1,2m. Stol usti presslarini joylashtirish uchun xech qanday
qo‘shimcha masofa ko‘zda tutilmaydi.
Buyumlar bichim detallarning kengligi 0,7-0,8m, uzunligi va ularning balandligi bichimlar
pachkasi o‘lchamlari bo‘yicha 0,6-0,9 m; 0,5-0,7m bo‘lgan javonlarda saqlash tavsiya etiladi.
62
Ustki kiyimlar va ayollar kuylaklarini saqlash uchun bir va ikki yarusli javonlar,
maxsulotni tashish uchun xarakatlanuvchi kronshteynlar qo‘llaniladi.
Jarayonning ishchi o‘rinlarini rejalashtirayotganda tsex planida
M 1:100 masshtabda ishchi o‘rinlarining asosiy konturlari va xar bir ishchi o‘rnida
operatsiyaning tartib raqami va ixtisosligi ko‘rsatiladi. Bundan tashqari maxsulot xarakati
yo‘nalishi agregatning xar bir qatorining boshi va oxirida yo‘naltirish chizig‘i bilan ko‘rsatiladi.
Ish o‘rinlari tanlangan transport vositasiga qo‘ra joylashtiriladi. ... rasmlarda turli xil oqimlarda ish
o‘rinlarini joylashtirish va mexnat predmetlarini uzatish usullari ko‘rsatilgan
.
37- rasmda erkaklar
ko‘ylagini ishlab chiqaradigan kichik va o‘rta quvvatli oqimlarda ikki xolatli platformasi
aylanadigan erda suriladigan qisqichlar yordamada yarimfabrikatlar uzatilishi ko‘rsatilgan.
Qisqichlar 30 ta detaldan iborat bo‘lgan ikkita pachkani sig‘diradi. Mexnat predmetlarini uzatish bir
tomonlama to‘g‘ri berg chiziq bo‘yicha amalga oshiriladi.
37 - ram
.
1R-15 oqimida ish o‘rinrni joylashtirsh
38-rasmda avtomatik adresli transportyor TKT-1 ko‘rsatilgan. Bu transportyor engil
assortimentni tayyorlashda tayyorlav va iyg‘ish sektsiyalarida va boshqa turdagi assortimentning
tayyorlov sektsiyasida qo‘llanadi.
38- rasm
.
Avtomatik adreslangan transportyor TKT-1 oqimida ish o‘rinlarini joylashtirish
Tasmali transportyor TKT-1 ning shartli belgilari kuyidagicha:
1- yurituvchi stantsiya: 2- ish o‘rni; 3- qutichalarni qabul qilish joyi ( ustki qavat); 4-
qutichalarni qaytarib yuborish joy ( ostki qavat); 5- transportyor tasmasi; 6- tortuvchi qurilma; 7-
ish uzatuvchi pulti; 8- tokchali javon ( qutichalarni va bichiq detallarini saqlaydigan joy);
9- rolikli konveyer; 10- yordamchi konveyer; V
1
- konveyerning kengligi; V
2
- ish o‘rni
bilan birgalikda oqining kengligi; L- konveyerning uzunligi ( 11,5 dan 49 gacha); L
1
- javon va
yordamchi konveyer bilan birga konveyerning uzunligi ( 14,9 dan 52,4 m gacha); L
2
- ish joyining
minimal uzunligi ( 16,5 dan 54 m gacha); - ish o‘rinning oralig‘i ( 1,25m). Oqimda ishlaydigin
ishchilar o‘rni 13 dan 73 tagacha bo‘ladi.
Nazorat savollari.
63
1. Ishchi o’rinlarini kengligini ifodalab bering.
2. O’tish yo’llari qanday turlarga bo’linadi?
3. O’tish yo’llar kengligini ifodalab bering.
4. Ishlab chiqarish oqimlari sex maydonida joylashtirish qoidalarini ifodalab bering.
5. Tikuv sex uzunligi qanday aniqlanadi?
|