51
Bunday transportyorlar kuyidagilar bilan farq qiladi:
-
tashish vositasini konstruktsiyasi;
-
mexnat predmetlarini uzatish asosiy yo‘nalish chizig‘iga nisbatan ish o‘rinlarini
joylashtirilishi;
-
ish o‘rinlarini oldida aravachalar to‘plagichlarini
mavjudligi va ularning
konstruktsiyasi;
-
aravachalar yuradigan yo‘lini qisqartiradigan qo‘shimcha monorelslarni mavjudligi.
Bunday tizimlar kuyidagilarni ta`minlaydi:
-
ishchilarni mexnat unumdorligini oshishini;
-
ish o‘rinlarini ixtiyoriy joylashtirshni imkoniyatini;
-
ishlab chiqarishni madaniyatini ko‘tarilishini;
-
buyumlarni sifatini yaxshilanishini;
-
bitmagan ish xajmini kamaishini.
Misol tariqasida kuyidagi transportyorlarning keltirishimiz mumkin:
“ Investronika ” (Ispaniya) firmasining “ Invesmove ”, “ Durkopp” (Germaniya)
firmasining “Datatron”, “ Gerber Garment Technology” (SShA) firmasining “Gerbermover”, “
Eton” ( Shvetsiya) firmasining
“ Eton System”, “ INA Systems” (Kanada) firmasining “Inamax”, “Pfaff” (Germaniya)
firmasining “Par Trans” “ Stockrail Services Ltd” (Velikobritaniya) firmasining “Twin Rail” va
boshqalar.
Avtomatlashtirishni rivojlanish bosqichidan biri robotlashtirishdir. Ishlab chiqarishni
robotlashtirish mikroprotsessorli boshqarish qurilmalarini, ishlab
chiqarish robotlarini va
avtomatlashtirilgan tizimlarni qo‘llashga aoslangan. Ularni qo‘llash, ishchilar va nazoratchilar soni
minimal bo‘lgan, moslanuvchi ishlab chiqarish tizimlarini qurishga qaratilgan.
Moslanuvchi robotlashtirilgan ishlab chiqarishni yaratish, EXM yordamida
boshqariladigan va ASU yordamida yagona ishlab chiqarish
tizimiga birlashtirilgan,
robotlashtirilgan texnologik komplekslarini transportlanuvchi robototexnik komplekslari majmuiga
asoslangan.
Transportlanuvchi robototexnik komplekslariga kuyidagilar kiradi:
-
ishlab chiqarish robotlari;.
-
manipulyatorlar.
Ishlab chiqarish robotlari ( IChR) turi bo‘yicha universal, ixtisoslashtirilgan va maxsus
bo‘ladi, boshqarilishi va dastur bilan ta`minlanishi bo‘yicha dastur
bilan boqariladigan va
moslangan ( soddalashtirilgan) bo‘ladi.
Ishlab chiqarish robotlar osma va erda joylashganlari bo‘ladi. Osma IChR kichik masofaga
uzatishda ishltiladi. Erdagi IChR lar relsda yoki relssiz xarakat qiladigan bo‘lishi mumkin.
Robotlar DOO rejimida ishlaydi.
Ishlab chiqarish jarayoniga transport vositalarini tanlashda kuyidagilarga etibor berish
kerak:
-
ichlab chiqarish
oqimini ixtisoslashtirilishiga, ya`ni assortiment va qo‘llaniladigan
gazlama xususiyatiga qarab tashish vositasini konstruktsiyasi va mexnat predmetlarini ish joydan
keyingi ish joyga uzatish usuli aniqlanadi;
-
ishlab chiqarish oqimining qo‘vvatiga, ya`ni oqim sektsiyalarga bo‘linishi mumkin
va xar bir sektsiyada mos keladigan transport vositasi tanlanadi;
-
tashkiliy operatsiyalarni karraligiga ( karralik operatsiyalarda mexnat predmetlarini
uzatish murakkablashadi);
-
tsex yuzasi va uning konstruktsiyasi;
-
qo‘llaniladigan asbob-uskunalarni o‘lchamlari.
Xozirgi kunda ko‘p kichik korxonalar mavjud bo‘lib, ularda uzatmasiz transport vositalari
keng qo‘llanilmoqda. Ularning turlari va klassifikatsiyasi 35- rasmda keltirilgan.
Shunday qilib ishlab chiqarish oqimining tashkiliy- texnologik tuzilmasini va
transport vositasini aniqlangandan so‘ng keyingi bosqichga o‘tishimiz mumkin.
52
Aravacha-javon СП-6-34 Aravacha-javon Т499-01-05 Aravacha-konteyner Т499-01-13
Aravacha-konteyner
Aravacha-konteyner
Aravacha-qisqich 6-25
ТР-2С 753.00.000 ТР-2С 718.00.000