vertikal berg tasmali konveyerlar




Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/99
Sana15.12.2023
Hajmi2,84 Mb.
#119937
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua

vertikal berg tasmali konveyerlar
-KTOL-1-bir chiziqli ish o‘rinlari chap tomondan joylashgan bir qatorli konveyer
- KTOP-1 - bir chiziqli ish o‘rinlari o‘ng tomondan joylashgan bir qatorli konveyer; 
-KTOD-1- bir chiziqli ikki qatorli konveyer
- KTDD-1- ikki chiziqli ikki qatorli konveyer. 
vertikil berg zanjirli konveyerlar
-KZ- ikki chiziqli ikki qatorli konveyer; 
- KM- bir chiziqli ikki qatorli konveyer. 
gorizontal berg zanjirli osma konveyerlar

TSPK- bir chiziqli ish o‘rinlari chap tomondan joylashgan bir qatorli konveyer; 

VPK – bir- yoki ikki chiziqli bir qatorli konveyer. 
Konveyerlardan tashqari 
uzatmali transportyorlar xam keng qo‘llaniladi: 
- TMS-1- ikki chiziqli ikki qatorli uzluksiz ishlaydigan vertikal berg tasmali transporter
- TMS-2- bir chiziqli ikki qatorli uzluksiz ishlaydigan vertikal berg tasmali transporter; 
- RKT-1 – vaqti- vaqti bilan ishlaydigan gorizontal berg bir chiziqli ikki qatorli zanjirli
transparter. RKT-1 transporteri TMS-1 va TMS-2 transporterlaridan adreslangan tizimi mavjudligi 
bilan farq qiladi. Bu transporterlar DOO rejimida ishlaydi.
- TPD- – vaqti- vaqti bilan ishlaydigan transporter; 
- GM-200-D/50 - bir chiziqli ish o‘rinlari chap tomondan yoki ikki qator joylashgan 
transporter. Ust kiyim ishlab chiqdigan oqimlarning pardozlash sekiyasida qo‘llaniladi. 
- KPN-250-D-200 - bir chiziqli ish o‘rinlari chap tomondan joylashgan bir qatorli
transporter. Bu transpotter GM-200-D/50 o‘xshash bo‘lib nafaqat ust kiyim tikidigan oqimning
pardozlash sektsiyasida, balki tayyorlash va yig‘ish sektsiyalarida qo‘llaniladi
-1R-15 (ikki xolatli kiskich) burilish platformali xarakatlanuvchi kurilma..
 
Yarimfabrikatlarni uzatish usullari bo‘yicha o‘ng tomonlama, ko‘ndalang va mokili bo‘lishi 
mumkin. Xar bir bog‘lamda 30 tadan ko‘p bo‘lmagan detallarning ikkita bog‘lamini o‘rnatishga 
mo‘ljallangan. Qurilmani kichik va o‘rta quvvatli okimlarda qullash tavsiya etiladi.
Ikki xolatli qisqich ishchidan chap tomonda tikuv mashinasidan 150 mm masofada 
o‘rnatiladi. Qisqichlar soni tashkiliy operatsiyalar soni va okimdagi ishchi o‘rniga qarab aniqlanadi 
(qisqichlar soni ishchi o‘rni soniga nisbatan 30% ortiq bo‘lishi kerak). 
- TKT-1 ( Yugoslaviya)- tasmali uzluksiz ishlaydigan bir chiziqli ikki qatorli adreslangan
transporter. Bu transporterlar DOD rejimida ishlaydi.
ROG firmasining erkin maromli adresli TKT-1 konveyeri katta bo‘lmagan buyumlarni 
tayyorlash uchun qo‘llaniladi. Bu konveyer detal bog‘lamlarini va yarimfabrikatlarni ish o‘rniga 
uzatish va tushirish vazifasini bajaradi.
Yarimfabrikat ish o‘rniga berilgan adres bo‘yicha kelib tushadi. 


50 
Detal va yarimfabrikatlarni ish o‘rniga tushirish va ularni bir ish o‘rnidan boshkasiga uzatish 
uchun plastmassa qutichalardan foydalaniladi. Plastmassa qutichalarning o‘lcham va shakli ushbu 
okimda ishlov berilayotgan buyumning o‘lchamlariga va ishchi zonasi markazi orasidagi oralikka 
mos keladi. Kuticha kesilgan piramida shaklida bo‘lib, ularni joylanishini engillashtiradi.
Detal 
bog‘lamlari 
va 
yarimfabrikatlar 
qutichalarga 
joylanadi. 
Qutichalar 
yarimfabrikatlarning turi bo‘yicha xillanadi va javon tagliklariga joylanadi. Bu erdan ish uzatuvchi
qutichalarni bajarilayotgan operatsiyalar bo‘yicha ishchi o‘rniga jo‘natadi. Operatsiyani tugatgach, 
ishchilar qutichalarni taglikli javonga eltib beruvchi konveyerga qo‘yadilar. TSikl berilgan 
buyumni tayyorlashdagi barcha operatsiyalar tugagunga qadar davom etadi.
TKT ning bitta konveyerli qurilmasi uchun taglik qatorining va javon qavatlarining 
o‘lchamlari va soni ishchi o‘rni, xamda qutichalarning soniga qarab aniklanadi.
TKT-1 koveyeri ikki yarusli bo‘lib, detallar va yarimfabrikatlar solingan qutichalarni uzatish 
va qaytarish vazifasini bajaradi. TKT-1 konveyeri kuyidagicha ishlaydi. Ishchi o‘rniga yuborilgan 
qutichani ishchi ustki qabul stolidan oladi. Operatsiyani bajarib, ishchi yarimfabrikatni pastki 
stoldagi qutichaga soladi. Tuldirilgan qutichani ishchi konveyerning qaytuvchi tasmasiga qo‘yadi 
va quticha ish uzatuvchi pulti tomon yo‘naladi.
Kutichani yukori qabul stolidan qo‘tarish vaqtida mikroto‘xtatgich ishga tushadi. Bunda 
pultda signal chirogi yonadi, ya`ni yukori stolning bo‘shaganligini bildiradi. Yarimfabrikatni ishchi 
o‘rniga jo‘natish uchun ish uzatuvchi yarimfabrikat joylangan qutichani olib, konveyerning yuqori 
tasmasiga qo‘yadi va yarimfabrikat jo‘natilishi kerak bo‘lgan ishchi o‘rnining uzatuvchi plankani
yokadi. Bunda pultda ishchi o‘rniga yarimfabrikat etib borganligini bildiruvchi oq chiroq yonadi. 
Quticha etib kelgach uzatuvchi planka uni ustki qabul stoliga itaradi. Quticha stoldagi 
mikroto‘xtatgichni qisadi, bunda ish uzatuvchi pultida signal chirog‘i o‘chadi, bu yarimfabrikat 
etib borgani va ishga tushganini bildiradi. Mikroto‘xtatgich qisilganda uzatuvchi planka 
boshlangich xolatiga qaytadi va keyingi qutichani jo‘natish uchun yo‘lni bo‘shatib beradi.

Download 2,84 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99




Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish