45
Ishlab chiqarish oqimidagi xamma tashkiliy operatsiyalar vaqtining umumiy yakuni to‘g‘ri
moslangan bo‘ladi, agar moslik koeffitsienti birga nisbatan ±1÷2 % farq qilsa, yoki kuyidagi
chegara ichida bo‘lsa:
-erkin ma`romda ishlaydigan oqimlar uchun K
m
=0.98÷ 1.02;
- qat`iy ma`romda ishlaydigan konveyerli oqimlar uchun- K
m
=0.99÷ 1.01.
Agar moslik koeffitsienti birga nisbatan katta chiqsa (K
m
>1,00), oqimdagi ko‘pchilik tashkiliy
operatsiyalar ma`romga nisbatan ko‘p ish bilan ta`minlangan bo‘ladi. Moslik koeffitsientini birga
nisbatan kichik tomonga farq qilishi (K
m
<1,00), oqimdagi ko‘p tashkiliy operatsiyalarning ish xajmi
ma`romga nisbatan kamaib ketganini ko‘rsatadi. Agar K
m
= 1,00 chiqsa, oqimdagi xamma tashkiliy
operatsiyalar vaqtlarining umumiy yakuni to‘g‘ri moslangan bo‘ladi.
Agar moslik koeffitsienti birga nisbatan 2%dan ortiq farq qilsa ishlab chiqarish oqimini yangi
ma`romni xisoblab chiqish kerak bo‘ladi. Bunda moslik koeffitsientini K
m
=1,00 deb olinadi va
ishlab chiqarish oqimining yangi ma`romi xisoblanadi:
τ
=T
b
/N
a
*K
m
Yangi ma`rom ishlab chikqarish oqimida ma`romdan farq qiladigan operatsiyalarni kamaytirishga
imkon beradi, ammo ba`zan tashkiliy operatsiyalarni sonini ko‘paishiga olib kelishi mumkin.
Ishlab chiqarish oqimida xamma tashkiliy operatsiyalar vaqtining umumiy yakuni oqim
ma`romidan qanchalik farq qilishi grafik usulida tekshirib ko‘rish mumkin. Buning uchun moslik
grafigi (29-rasm) yoki tashkiliy operatsiyalarni vaqtini moslash diagrammasi (30-rasm) quriladi.