48
Shuning uchun, ish joylar orasida mexnat predmetlarini tashish jaryonini
tashkil qilish ishlab
chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq. Bir tomondan- ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish
shakli mexnat predmetlarini ish joydan keyingi ish joyga uzatish jarayonini tashkil qilishiga ta`sir
etadi, ikkinchi tomondan- mexnat predmetlarini jarayon aro uzatishni tashkil qilish ishlab
chiqarishni tashkil qilishga ta`sir etadi.
Transport vositalarini to‘g‘ri tanlash mexnat predmetlarini tashkiliy operatsiyalarni bajaradigan
ishchilar orasida beto‘xtov va bir ma`romda uzatilishini ta`minlaydi.
Mexnat predmetlarin uzatish usuliga qarab ular: qo‘lda, mexanizatsiyalashtirilgan,
avtomatizatsiyalashtirilgan va avtomatlashgan (robotlashtirlgan ) turlariga bo‘linadi.
Umuman
transport vositalari ko‘tarib tashidigan va tashidigan turlariga bo‘linadi. Tikuv tsexida tashidigan
transpart vositalri ishlatiladi.