Texnologiyalari" kafedrasi "texnologik jarayonlarni loyihalash"




Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/99
Sana15.12.2023
Hajmi2,84 Mb.
#119937
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   99
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua

MA`RUZA №13.1 (2 soat) 
MAVZU: TARTIB VA MOSLIK GRAFIKLARINI TUZISH VA TAHLIL QILISH.
 
Reja: 
1.Moslik grafiklarini tuzish va tahlil qilish. 
2.Tartib tahlil qilish.
+15%τ 
29 -rasm. Moslik grafigi 
Moslik grafigi koordinatalar o‘qida tuziladi.Abstsissa o‘qi bo‘ylab oqimning tashkiliy – texnologik 
operatsiyalar joylashtiriladi. Operatsiyaning tartib raqami, sarf vaqti va ishchilar soni abstsissa o‘qi 
τ
-5%τ 


46 
tagiga yozib qo‘yiladi. Oqim ma`romining vaqti gorizontal chiziq bilan, ungi nisbatan yo‘l qo‘yish 
mumkin bo‘lgan ( kat`iy ma`romli konveyerli oqimlar uchun -5%÷10%, erkin ma`romli oqimlar 
uchun -5%÷15% ) farqli vaqtlar gorizontal punktirlar bilan tasvilanadi. Ordinata o‘qi bo‘ylab 
tashkilliy operatsiyalarni vaqti muayyan mastshabda belgilanadi. Shu o‘q bo‘ylab operatsiyalarning
bajarilish vaqtiga mos nuqtalar topiladi. Karralik operatsiyalarda ularning bajarilish vaqti o‘rta 
xisobda olinadi. Ishlab chiqarish oqimiga modellar tsiklli tushirilgan bo‘lsa, moslik grafigini 
tuzishda bitta buyumga o‘rta xisobda to‘g‘ri keladigan vaqt olinadi.
Ishlab chiqarish oqimini taxlil qilishning yana bir yo‘li – bu oqimdagi asbob-uskunalardan 
foydalanish darajasini aniqlash. Oqimda asbob-uskunalardan foydalanish koeffitsienti kuyidagicha 
aniqlanadi: 
K
a.f.
=∑Tm/∑Tf 
bu erda: 
∑Tm-mexanizatsiyalashgan ishlarni bajarishga sarflanadigan vaqt yig‘indisi (texnologik 
operatsiyalar bo‘yicha olinadi). 
∑Tf- mexanizatsiyalashgan tashkiliy operatsiyalarni bajarishga ketadigan vaqt. 
Ideal holatda K
a.f.
1ga teng bo‘lishi kerak. 
Ishlab chiqarish oqimining tashkiliy- texnologik sxemasida buyumga ishlov berishni 
texnologik tartibga qanchalik rioya qilinganlini tektishir uchun texnologik tartib grafigi (31-rasm) 
tuziladi. Tartib grafigi ixtiyoriy masshtabda tuziladi. Grafikning chap tomonida xamma detallar 
nomi tashkiliy-texnologik sxemada ishlov berish tartibi asosida yoziladi. Ishlov berilayotgan 
modelni asosiy detaliga ( ko‘pincha old bulak asosiy detal xisoblanadi, chunki boshqa detallarning 
deyarli xammasi shu detalga biriktiriladi) 1- tartib raqam beriladi va “ Detallar tartib raqami” 
ustuniga yoziladi. Qolgan detallar ularning texnologik sxemadagi tikilish tartibiga binoan yuqori 
tomonga qarab yozib chiqiladi.
Tartib grafigida tashkiliy operatsiyalarni kvadrab yoki doira shaklida tasvirlanib, ular ichiga 
tashkiliy operatsiyaning tartib raqami va uni bajaradigan ishchining ixtisosi yoziladi. Karrali 
operatsiyalarni ustma-ust chizilgan ikkita yoki undan ortiq kvadrat (doira) shaklida tasvirlanadi. 
Karrali operatsiyalarda kvadratlar (doralar) soni, shu tashkiliy operatsiyani bajaradigan ishchilar 
soniga teng bo‘ladi. Karrali operatsiyalar tasvirlangan kvadratlarning xar biriga tashkiliy 
operatsiyani tartib raqami, va ishchining ixtisosi bir xil yoziladi. Detallar tikish tartibiga asosan va
asosiy qatarga tushadigan joyini ko‘rsatadigan chiziqlar asosiy qatordan yuqorida tasvirlanib
ularga detallarning tartib raqami yoziladi va qaysi tashkiliy ish joyiga kelib tushishi til chiziqlar 
bilan ko‘rsatib qo‘yiladi. Detallarni bir operatsiyadan ikkinchisiga o‘tishini ko‘rsatadigan chiziqlar 
asosiy qatordan pastda tasvirlanib, detallar tartib raqami yoziladi va til chiziqlar qo‘yiladi. Biron bir 
detal unga nisbatan asosiy detalga ulangandan keyin (masalan, ostki yoqa ustki yoqaga) ushbu 
detalning (ostki yoqani) tartib raqami va xarakat yo‘nalishi ko‘rsatilmaydi. 
31 -rasm.Tartib grafigi 
Nazarot va muxokama savollari 
1. Tashkiliy- texnologik sxemani taxlil qilish usullari. 
2. Moslik koeffitsientini xisoblash 
3. Tartib grafigini tuzish 
4. Moslik grafigini tuzish 


47 

Download 2,84 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   99




Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiyalari" kafedrasi "texnologik jarayonlarni loyihalash"

Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish