66
2. Qo’shimcha oqimdagi ishchilar qanday aniqlanadi?
3. Qo’shimcha assortimentning jadvalida qanday ko’rsatkichlar kiradi?
4. Tikuv sexida qo’shimcha assortiment qanday ko’rsatiladi?
5. Qo’shimcha assortimentning asosiy ko’rsatkichlari qanday aniqlanadi?
MA`RUZA №21
(2 soat)
MAVZU: ISHLAB CHIQARISHNI TEXNIK TAYYORLASH TEXNOLOGIK
JARAYONINI
Reja:
1.
Tajriba sexi vazifasi.
2.
Tajriba sexini lo’yhalach
3.
Ishlab chiqarishni tashkil qilish.
Tajriba tsexining asosiy vazifasi – modellarni ishlab chiqarishga o‘z vaqtida, sifatli tayyorlab
berish (yangi modellarni yaratish va konstruktsiyasini tuzish, andazalarni, trafaret, joylashmalarni
nurli
nusxasini tayyorlash, model texnik xujjatini ishlab chiqish, gazlamalardan ratsional
foydalanishni ta`minlash, yuqori unundorli texnologiyani ishlab chikish, yangi model namunasini
va sinov partiyasini tikish, yangi asbob–uskuna va mexanizatsiya vositalarini sinovdan o‘tkazish,
materiallarni sinash
va xususiyatlarini aniqlash, ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish).
Qo‘yilgan vazifani echish uchun, tsexda qo‘llaniladigan asbob-uskuna turiga qarab,
tajriba
tsexining ishlab chiqarish jarayoni tuziladi. Bu tsexda barcha ishlar bosqichlarga bo‘linadi va ular
tegishli gurux tomonidan bajariladi:
1. Modelchi-konstruktorlar guruxi.
2. Andazachilar guruxi.
3. Normalovchilar guruxi.
4. Texnologik guruxi.
5. Gazlamalarni xususiyatini aniqlash laboratoriyasi.
TSexdagi barcha ishlar an`anaviy usulda, ya`ni qo‘lda, xisoblash texnikasini qo‘llamay va tikuv
buyumlarni avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlarini (SAPR) qo‘llab bajarish mumkin.
Modellarni ishlab chiqarishga tayyorlash an`anaviy usulini ko‘rib chiqamiz.
Tikuv korxonalarida rassom-modeler tomonidan zamonaviy moda yo‘nalishini va buyumga
ko‘yiladigan talablarni xisobga olgan xolda yangi modellar yaratiladi. Rassom-modeler tomonidan
kuyidagi ishlar bajariladi:
-
moda yo‘nalishini o‘rganish;
-
yangi model tasnifini tuzish ( mo‘ljallangan gazlama turi, modelni tavsiya etiladigan
o‘lcham va bo‘yi va x.k.);
-
yangi model eskizlarini chizish va o‘xshash modellarni taxlil qilish;
-
eng maqbul modelni tanlash va model tejamliligini baxolash
-
( texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini xisoblamastan);
-
asos konstruktsiyasini tuzish usulini tanlash va modellash;
-
buyumning asosiy bo‘laklariga ishlov berish usullarini tanlash;
-
dastlabki andazalarni tayyorlash;
-
material tanlash ( avra, astar va qo‘shimcha);
-
maneken qomatiga mo‘ljallab buyumni bichish va tikish;
-
modelni texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlash;
-
yangi model namunasini Badiiy-texnik kengashda tasdiqlatish.
67
Ko‘p korxonalarda
yangi model manekenga tikilmay, balki bir yo‘la o‘rtacha o‘lcham va bo‘y
uchun tipoviy qomatga tikiladi. Unda rassom-modeler faqat yangi model eskizini yaratadi, texnik-
konstruktorlar tomonidan buyumning o‘lcham va bo‘y o‘rtacha bo‘lgan kiyim uchun asos
konstruktsiya tuziladi va namuna tayyorlanadi. Modelni loyixalashni bu usuli model -konstruktsiya
deb ataladi. Yangi model konstruktsiyasini yaratish asos konstruktsiyani modellash yo‘li
bilan
erishiladi. Bunda unifikatsiyalashtirilgan detal va ishlov berish usullaridan keng foydalaniladi.
Ba`zi kiyimlarni loyixalashda unifikatsiyalashtirilgan detallarni transformatsiyalash usulidan
foydalaniladi. Bu usul bitta seriyadagi kiyimlarni tayyorlashda bir xil andaza va joylashmalardan
foydalanish imkoniyatini yaratadi. Bu esa model yaratishni barcha bosqichlarida sarflanadigan
vaqtni tejashga olib keladi. Konstruktorlarning ishi faqat to‘g‘ri keladigan andazalarni tanlab olish
va modellashtirishdan iborat bo‘ladi. Bu usul tipoviy loyixalash deb ataladi.
Xozirgi vaqtda bu
usuldan keng foydalanilmoqda.
Yangi modellar Modellar uyida yaratilishi mumkin. Unda korxonaga model namunasi
bilan birga modelning texnik xujjati, asosiy o‘lcham va bo‘y uchun andazalar keladi.
Model
konstruktsiyasi korxonaning tajriba tsexida tekshirib ko‘riladi: texnik xujjatlar tekshiriladi, model
konstruktsiyasi va texnologiyasi korxonada qo‘llaniladigan texnikani xisobga olgan xolda
aniqlanadi, model namunasi Badiy kengashda tasdiqlanadi, sinov partiyasi tikiladi. Agar buyurtma
katta bo‘lmasa sinov partiyasi tikilmay faqat model namunasi tikilidi.