80
BPM-2 nuqson tekshirib-o`lchab ko`rish mashinasi ensiz ( 1,2 m gacha), BPM-3 esa enli
(1,5 m gacha) gazlamalarni tekshirishda ishlatladi. Gazlama
uzunasi schetchik yordamida, eni esa
ekran tagida o`rnatilgan o`lchash chizg`ichi orqali aniqlanadi. Bu mashinaning kamchiligi shundaki,
gazlamani orqaga qaytarish imkoni yo`qligidir.
Nuqson tekshirish-o`lchab ko`rish universal mashinasi UPRO-1
keng enli gazlamalarni
to`pdan olib tekshirishga mo`ljallangan. Tezligi 36
mG`min
. Gazlamaning eni 1,8 m gacha.
Gazlamalarni orqaga qaytarish imkonini beradi. Gazlamani uzunasi schetchik UGN-1 va elektrok
mashinasi
yordamida, eni esa lineyka yordamida qo`lda o`lchanadi.
“Roll Tex” firmasining kichik gabaritli mashinasi V-02 (Kalinin shahri) gazlamalarni
tekshirish-o`lchab ko`rish uchun mo`ljallangan. Mashina rulonlarni va gazlamadan bo`shagan
karton trubalarni
taxlash uchun tagliklardan, tagidan yoritiladigan ko`rish ekranidan, ma'lum
o`lchamda gazlama bo`laklarini qirqish uchun elektron qirqish mashinasidan, gazlama uzunasini
o`lchash uchun raqamli displeydan iborat (48-rasm). 49-rasmda shu firmaning
boshqa rusumli
nuqson tekshirib-o`lchab ko`rish mashinasi tasvirlangan.
48-rasm. V-02-4 tekshirish-o`lchab ko`rish mashinasi