To‘shash va bichish jarayonlarini avtomatlashtirish




Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/99
Sana15.12.2023
Hajmi2,84 Mb.
#119937
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   99
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua

To‘shash va bichish jarayonlarini avtomatlashtirish.
Buning uchun turli avtomatik to‘shash- bichish komplekslari ishlatiladi ( ANRK). ANRK o‘z 
ichiga: to‘shash stoli, to‘shash mashinasi, to‘shamani to‘shash stolidan bichish stoliga o‘tkazash 
qurilmasi, kerakli qurilma va mexanizmlar bilan ta`minlangan bichish stoli, avtomatik bichish 
qo‘rilmasini ( ba`zan detal bog‘lamlariga tamg‘a qo‘yish qo‘rilmasi) oladi.
ANRK ni qo‘llashda to‘shash va bichish jarayoni kuyidagi operatsiyalardan iborat: 
-gazlamalarni to‘shash. Bunda stol ustiga xavo o‘tkazmaydigan qog‘oz yoilib gazlama mashina 
yordamida to‘shaladi. 
- to‘shamani stolning to‘shash zonasidan bichish zonasiga o‘tkazish. Bunda operator buksir 
qo‘rilmasi yordamida to‘shamani bir chekasidan to‘g‘rilab tortib turib o‘tkazadi. 
- to‘shamani bichishga tayyorlash. Bunda operator to‘shama sifatini tekshiradi, kerak bo‘lsa 
to‘shama qavatlarini tekislaydi. Buksirni orqaga qaytish vaqtida, unga o‘rnatilgan polietilen plenka 
to‘pidan, to‘shama ustiga yopiladi va vakuumni xosil qilish uchun maxsus qurilma ishga tushirilib, 
to‘shama siqiladi va bu bilan uning qavatlari siljishdan saqlanadi. 
- detallarni bichish. Andazalar joylashmasida ko‘rsatilgan shifrni operator tergandan so‘ng bichish 
operatsiyasi avtomatik ravishda bajariladi. 
Avtomatik bichish qurilmasi vitochka, cho‘ntak o‘rnini belgilash kabi operatsiyalarni 
bajaradi. Buning uchun mashinada qirqish vositasidan tashqari maxsus parma o‘rnatilgan. Detal 
pachkalarini tamg‘alash uchun mashinada maxsus yozish qo‘rilmasi bo‘lishi mumkin. Agar bunday 
qurilma bo‘lmasa tamg‘alash operatsiyasi qo‘lda bajariladi. 
Materiallarni lazer nuri, mikroplazma oqimi yordamida va elektr uchquni bilan bichish mumkin. 
Lazer usulida bichish gazlamalarga termik ta`sir etishga asoslangan. Bu usulda gazlamaga qirqish 
asbobi bevosita tegib turmaydi. Shuning uchun bu usul kontaktsiz qirqish usuli deyiladi. Lazer nuri 
yordamida bir qavat gazlama xam, to‘shama xam ketma-ket va parallel usullarda bichilishi 
mumkun. Bu usulda gazlamalar yalang qavat bichilsa, bir qator texnologik operatsiyalarga ixtiyoj 
qolmaydi. Gazlamalarni to‘shamasdan uzluqsiz usulda bichish eng istiqbolli usul xisoblanada. 
Dastur orqali boshqariladigan to‘shamasiz usulini qo‘llash mexnat unumdorligini oshiradi, 
gazlamalarni tejaydi, ishlab chiqarish satxini toraytiradi. 
Xozirgi kunda gazlamalarni katta bosim kuchi bilan otilib chiqaetgan ingichka suv oqimili 
avtomatik qurilmada bichish mumkin. Bu usulda kesib olingan detallar vakuum so‘rilish yordamida 
konveyer to‘planish joyiga olib boradi. 
Gazlamalarni kontaktsiz bichish usulini yana biri- bu elektr uchkunlardan foydalanib bichish.
Plazma usuli gazlamalarni qirqish turiga qarab lazer usuliga o‘xshab ketadi, ammo bichish tezligi 
unga nisbatan kamroq bo‘ladi. Mikroplazma yordamida bichish lazer usuliga nisbatan arzonroq va 
boshqarish osonroq bo‘ladi. 
Mexnat unumdorligini oshirish va maxsulot sifatini yaxshilash maqsadida avtomatik ishlaydigan 
bichish mashanalari yaratilgan. Ular tikuvchilik korxonalarida yuqori sifatli bichish jarayonni 
ta`minlab beradi. Bu tur mashinalaridan biri AqSh ning « Gerber» firmasida chiqarilgan « 
Gerbereuttec S-94» bichish avtomati. Bu avtomat duxoba, taralmagan trikotaj polotno, neylon 
tolali gazlama va noto‘qima materiallardan ko‘p kavatli to‘shamalarni bichishga mo‘ljallangan. 
Bunday avtomatni ko‘llash natijasida bazi texnologik operatsiyalarni yo‘qotish xisobiga mexnat 
unumdorligi oshadi. Avtomatning unumdorligi besh bichiqchining ish unumiga teng keladi.
Xozirgi kunda bir qator avtomatik ishlaydigan bichish mashinalari yaratilgan: Germaniyaning 
,,Krauss firmasida chiqariladigan Zat qurilmasi, Kurigzat avtomati, Bu Liter-Syst 200 avtomati, 
AQShda chiqarilgan “Gerber technology” S-91 High-Ply Gutter, DCS 3500 qurilmasi, 
“Investronika” firmasining (Ispaniya ) Invescut CV 020 va boshqa turlarining tasnifi 34- jadvalda 
keltirilgan. 
Tekshirilgan detallar buyumga qarab o‘lchami va bo‘yi bo‘yicha yig‘iladi, ya`ni komplektlanadi va 
xar bir detalga tartib raqami belgilanadi. Detallarga tartib raqam oddiy qalam bilan, bo‘r bilan, oson 
yuviladigan bo‘yoq bilan tamg‘a yordamida yoki tartib raqam tushirilgan qog‘oz chiptasi tikib 


91 
qo‘yiladi. Katta detallarga qog‘oz chipta detal o‘ngi tomoniga, mayda detallarda – pachkining 
birinchi va oxirgi detaliga tikiladi. Bo‘r, bo‘yoq yoki qalam bilan qo‘yiladigan tartib raqam 
detalning teskari tomoniga qo‘yiladi.
34- jadval
Avtomatlashtirlgan bichish uskunalarining tasnifi 
Rusumi 
Ishlab 
chiqaruvchi 
To‘shama 
uzunligi 
(max),m 
Bichish 
zonasining 
eni,mm 
Siqilgan 
xolda 
to‘shama 
balandligi 
(max),mm 
Qirqish 
tezligi 
(max),m/s 
eslatma 
ARU “ 
Sputnik” 
ZAO” Avial”, 
OAO 
“ 
Semenov i K” 
Jukovskiy sh. 
18 
1800 
75 
0.5 
Bichish 
stoli-modul 
yig‘ilmasi 
S-91 
High-Ply 
Gutter 
“Gerber 
technology”, 
AQSh 
8.1 
3000 
76 
0.5 
Bichishni 
avtomatik 
nazorat 
qilish 
DCS 
3500 
“Gerber 
technology”, 
AQSh 
Chegaralan- 
magan 
2500 
75 
1.1 
Konveyer 
tipidagi 
bichish 
tizisi 
Invescut 
CV 020 
“Investronika” 
Ispaniya 
Chegaralan- 
magan 
3000 
75 
0.5 
Gazlama 
gulini 
avtomatik
keltirish 
Bichish tsexining asosiy xujjati bichish kartasidir. Bichish kartasi tayyorlov tsexining xillash 
bo‘limida to‘ldiriladi va materiallar bilan bichish tsexiga yuboriladi. 
Bichiqlarning xar bir pachkasiga yo‘l varag‘i to‘lg‘iziladi. Bundan tashqari preyskurant yorlig‘i 
nashr etiladi va kalkulyatsion chiptasi to‘ldiriladi. Bir pachkaga yig‘ilgan buyumning bichilgan 
detallari ( avra, astar, qo‘shimcha matariallar) va yo‘l varag‘i bilan birga bog‘lanadi va bichiqlar 
omboriga yuboriladi. U erdan esa bichiqlar tikuv tsexiga tartib bilan beriladi. 
Tikuv korxonalarida SAPR va ANRK larni qo‘llash qo‘lda to‘shash shuningdek bichiqlarni 
statsionar va ko‘chma bichish mashinalirida bichishni imkor etmaydi. Masalan, qotirma 
materiallarni to‘shashda to‘shash mashinasi etarli darajada yuklanmagini uchun to‘shamani qo‘lda 
bajarish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuning uchun gazlamalarni to‘shash va bichish texnologik
jarayoni, tikuv buyumlarni loyixalashda bir qator muamolarni echadigan moslanuvchi tizimda 
ko‘rsatish mumkin (55 - rasm. ). 

Download 2,84 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   99




Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To‘shash va bichish jarayonlarini avtomatlashtirish

Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish