72
tizimlar to‘shash va bichish jarayonlari avtomatlashtirilgan tizimlari bilan lokal bog‘lanadi.
Avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlab chiqadigan eng taniqli firmalari: “Investronika” ( Italiya),
“Gerber Garment Technology” ( SShA), “Durkopp” ( Germaniya), “Lectra Syatems” (
Frantsiya), “Cybrid” ( Velikobritaniya), “Toray” va “ Juki” ( Yaponiya), “Pfaff” (
Germaniya), “Microdynamics” ( SShA).
Bir necha yillar mobaynida, tajribalarga asoslanib, qayd etilgan tizimlardan foydalanish davrida,
ishlab chiqarishda yangi modellarni qo‘llash va ishlab chiqarishni engillashtiruvchi xar bir tizim
juda qulay va samarali ekanligi xakida xulosaga kelish mumkin. Birok, ushbu tizimlar mamlakat
korxonalaridagi loyixalash usullaridagi ayrim o‘ziga xos xususiyatlarni xisobga olmay
loyixalanganligi tufayli ulardan foydalanayotganda ayrim kamchiliklar aniklandi:
-apparat ta`minotiga butkul bog‘likligi tufayli, nisbatan arzon va qulay bo‘lgan
boshqa
moslamalar (digitayzerlar, plotterlar)dan foydalanib bo‘lmasligi natijasida apparat ta`minotidagi
ayrim qismlarni ta`mirlashda qiyinchiliklarga olib kelishi ;
-xorijiy mutaxasislarni jalb etmay turib ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va tizimni
kengaytirishda kiyinchiliklarga olib kelishi ;
-rus tilida ilova qilingan xujjatning qoniqarsizligi ;
-foydalanuvchi kadimiy interfeysni rus tilida berilmaganligi tufayli, tizimni o‘zlashtirishda va
undan foydalanishda kiyinchiliklarga olib kelishi ;
-maxsulotlarni ishlab chiqarish va loyixalashda mamlakat texnologiyalaridagi ayrim o‘ziga xos
xususiyatlarni xisobga olib bo‘lmasligi ;
-tizim jamlamasini etkazib berishning qimatligi .
Shunga ko‘ra xorijiy SAPRlarni olish va amalda qo‘llash bilan birga Rossiya va yaqin xorijiy
mamlakatning o‘z loyixalash tizimini tuzish ishlarini olib borish bo‘yicha
izlanish va tajriba
ishlari tez suratda rivojlandi. Ushbu ishlar ikki yo‘nalishda olib borildi: litsenziyalangan
SAPRlarni chikarishni o‘zlashtirish ; bichiklarni tayyorlash buyicha avtomatlashtirilgan xolda olib
borishga asoslangan masalalarni chukur o‘rganish
va izlanish, mualliflik ishlarini olib borish .
Shunday qilib Rossiya va boshqa yaqin xorijiy davlatlarning firmalari VP “ Semenov ” va “
Falkom” ( Jukovskiy shaxri), AO “ Abris ” va OOO “ Komtens” ( Moskva), NFP “ Infokom” (
Xarkov), OKBM “ Evistor” ( Vitebsk) xam avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlab chiqmoqda.
Ushbu kayd etilgan tizimlarni tuzishda modul printspidan foydalanilgan. Bu, ayrim ishlarni
bajarish uchun mo‘ljallangan xar xil modullardan jamlanishini bildiradi. Xar bir modul alaxida -
aloxida ishlashi mumkin va boshka modullar bilan alokador bo‘ladi.
Tizim tarkibiga SAPR dasturlarining ta`minoti va ish o‘rinlar kiradi:
-
rassom- modeler;
-
konstruktor;
-
andazachi;
-
andazalarni joylashtiruvchi;
-
normalovchilar ish o‘rinlari.
SAPR tarkibiga kuyidagi modullar ( tizim dasturlari) kiradi:
-
model eskizini chizish;
-
asos konstruktsiyasini tuzish;
-
konstrkutiv modellashtirish;
-
andazalarni tuzish;
-
andazalarni o‘lcham va bo‘ylar bo‘yicha ko‘paytirish ( gradatsiya);
-
andazalarni joylashtirish;
-
barcha gazlama turlarini sarf normasini aniqlash.
Xizmat ko‘rsatuvchi modullar:
-
ma`lumotlarni kiritish va shakllantirish;
-
xisoblash jarayonini boshqarish;
-
ma`lumot yig‘ish.
Barcha SAPR tizimlari lokal bog‘langan IBM / PC turidagi shaxsiy
kompyutorlar va undan
tashqarida joylashgan asboblardan tashkil topadi:
73
- ( digitayzer) andazalarni va ular haqidagi ma`lumotlarni kompyuterga kiritish qurilmasi;
-
grafopostroitel ( plotter)
andazalarni va andaza joylashmalarini chizish, qog‘oz yoki
kartondan andazalar komplektini qirqib olish uchun
qurilma-
( 46- rasm).
a b v
g d