e
46 - rasm. Digitayzer va plotterlar:
MUTOH firmasining plotterlari a
- RJ-900, b- AC-1000, v-
AS-1880, g- SC-1300, d
- GR1600 , e- ACCUGRID seriyali Numonics digitayzeri A90 3648
Tajriba tsexini loyixalash kuyidagi bosqichlarda olib borish tasiya etiladi:
-
tajriba tsexini tashkiliy texnologik sxemasini tuzish;
-
tajriba tsexini quvvatini xisoblash;
-
xisobdagi ishchilar sonini va kerakli asbob-uskuna sonini aniqlash;
-
ishchilar soni, asbob-uskuna va egallaydigan satxni ko‘rsatadigan umumlashtirilgan jadvalni
tuzish;
-
tsex planini tuzish.
Sexni loyixalashda korxonada ishlab chiqariladigan assortiment va ularning quvvatini xisobga
olingan xolda zamonaviy asbob-uskuna va moslamalar tanlanadi. Bunda fan va texnikaning
yutuqlari va ilg‘or korxonalarning tajribalaridan foydalanilanib tsexning tashkiliy texnologik
sxemasi tanlanadi. Tajriba tsexini quvvati bir yilda ishlab chiqarishga tayyorlanadigan modellar
soni bilan aniqlanadi. Xozirgi sharoitda tajriba tsexini kuvvati shu korxonada tikib tayyorlanadigan
buyumlar soni bilan bog‘liq emas. Chunki tajriba tsexi boshqa tikuv korxonalarga modellarni
yaratib ishlab chiqarishga tayyorlab berishi mumkin.
Tikuvchilik korxonalarida avvalo savdo tashkilotlari buyurtmasiga va ishlab chiqarish rejasiga
asosan talab qilinadigan modellar miqdori xisoblab chiqiladi. Buning uchun ishlab chiqarish rejasi
va savdo tashkilolari bilan kelishib belgilangan buyurtmalar seriyasi xisobga olinadi. Buyurtmaning
xajmi katta bo‘lmasa, unda buyurtma to‘liq bajariladi. Bunda buyurtma seriyaga teng bo‘ladi. Agar
buyurtma katta bo‘lsa, unda u bir nechta seriyalarga bo‘linib bajariladi. Buyurtmani bo‘laklarga
74
ajratib bajarish tizimi seriyali deyiladi. Seriyani xajmi tayyorlov va bichish tsexlarini ish xajmiga
ta`sir etadi.
Seriya- bu savdo tashkilotining eng kichik miqdori. Seriyani xisoblash kuyidagi bosqichlar bo‘yicha
olib boriladi:
-
o‘lcham va bo‘ylar shkalasini aniqlash;
-
seriya miqdorini xisoblash;
-
o‘lcham va bo‘ylar birlashmasini tuzish:
-
bichish kartasini tuzish;
-
tikish tartibini tuzish.
Seriya miqdori normal va xisoblangan bo‘lishi mumkin. Seriyadagi barcha to‘shamalarning
balandligi texnik jixatdan iloji boricha bir xil darajada bo‘lsa uni normal seriya deyiladi. Seriyadagi
to‘shamalarning balandligi texnik jixatdan to‘la bo‘lmasa, u xisoblangan seriya deyiladi.
Normal seriyadagi buyumlar soni kuyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
S
n
= h*x*100/ y
bu erda: h – to‘shamaning texnik jixatdan mumkin bo‘lgan
balandligi, qavatlar soni;
x- joylashmadagi komplektlar soni ( agar joylashmada to‘liq komplekt andazalari
joylashtirilsa x= 1,0, agar yarim komplekt andaza joylashtirilsa, unda x= 0,5 );
u- o‘lcham va bo‘y shkalasidagi ko‘rsatilgan foiz miqdorining eng
katta umumiy bo‘luvchisi.
To‘shamaning texnik jixatdan mumkin bo‘lgan balandligi (qavatlar soni) gazlama
turiga bog‘liq bo‘lib 24- jadvalda ko‘rsatilgan.
24- jadval
Tushamaning texnik jixatdan balandligi
T.r.
Gazlama turi
Qavatlar soni
1
Yubqa movut gazlama
28-30
2
Kamvol gazlama
36-40
3
Drap
20-24
4
Dag‘al movut gazlama
18-20
5
Kostyumbop ip gazlama
50-60
6
Astarlik ip gazlama
100-120
7
Boshqa ip gazlamalar
80-100
8
Astarlik ipak gazlama
50-60
9
Plashchbop gazlama
70-80
10
Suniy ipak gazlama
35-40
11
Tabiiy ipak gazlama
40-50
12
Ko‘ylakbop jun gazlama
40-50
Quvvati katta bo‘lmagan korxona katta buyutmani olgan bo‘lsa, u chegaralangan vaqt oralig‘ida
normal seriyaga teng buyumlarni tayyorlab berish imkoniyati bo‘lmaydi. Bu xolda buyurtma
xisoblangan seriyalarga bo‘linadi, ya`ni bunda to‘shamalar balandligi texnik jixatdan to‘la
bo‘lmaydi.
Xisobdagi seriya kuyidagi formula bo‘yicha xisolanada.
Sx = M*n / Q
bu erda: M- bir kunda bir nomdagi tikiladigan buyumlar soni, ya`ni
ishlab chiqariladigan maxsulot soni;
n- shkaladaga xamma o‘lcham va bo‘ylarni tikib bo‘lish muddati;
Q- bir kunda tikiladigan modellar soni.
75
Xisobdagi seriyani normal seriyadan farqi qanchalik katta bo‘lsa, ishlab chiqarishning chiqindilari
shunchalik katta bo‘ladi. Seriya miqdorini xisoblanganda normal va xisoblangan seriya miqdorlari
taqsimlanadi. Agar xisoblangan seriya S
x
>S
n
bo‘lsa, unda qolgan xisob ishlari normal seriya
bo‘yicha olib boriladi. Agar S
x
< S
n
bo‘lsa, unda xisob ishlari xisoblangan seriya bo‘yicha olib
boriladi.
Tikuvchilik sonoatining ilmiy tekshirish instituti korxonalarining ish tajribasi asosida kuyidagi
seriya miqdorlari tavsiya etiladi( 25 jadval).
25- jadval
Seriya miqdorlari
1 Jun gazlamadan tikilgan palto
1500-2500
2 Jun gazlamadan tikilgan kostyum
2000-3000
3 Ip gazlamadan tikilgan kostyum
5000-6000
4 Qo‘sh qavat gazlamadan tikilgan palto
3000-5000
5 Kurtka
6000-8000
6 Plashlar
4000-6000
7 Jun gazlamadan tikilgan ko‘ylak
2000-3000
8 Ipak gazlamadan tikilgan ko‘ylak
2000-3000
9 Ip gazlamadan tikilgan ko‘ylak
3000-10000
10 Erkaklar va o‘g‘il bolalar ko‘ylagi
8000-10000
Seriyani xisoblashda xar bir joylashma bo‘yicha bichiladigan buyumlar, joylashmaga asosan
to‘shaladigan qavatlar soni, to‘shamalarning soni va ularning balandligi, shuniningdek bir kunda
bichiladigan pachkalar soni aniqlanadi. Xisob natijalari xamda o‘lcham va bo‘ylarni birlashmalari
asosida bichish kartasi tuziladi. Buyurtmani bajarishda bichish kartasi korxonaning barcha tsexlari
uchun asosiy texnik xujjat xisoblanadi.Bichish kartasini tuzishdan avval kuyidagilarni belgilab olish
lozim:
-
gazlamalarni to‘shash usuli ( o‘ngini o‘ngiga qaratib, o‘ngini pastga qaratib);
-
to‘shamaning texnik jixatdan maksimal balandligi;
-
birlashmadagi o‘lcham va bo‘ylar andazalarini komplektlari soni.
Seriyadagi xar bir birlashma bo‘yicha bichilish kerak bo‘lgan buyumlar soni kuyidagi formula
bo‘yicha aniqlanadi:
K
b
=C
x (n)
*a
i
/ 100,
bu erda: C
x (n)
– xisob olib borilayotgan normal yoki xisobdagi seriya, dona;
a
i
- xar bir birlashmaning solishtirma ulushi,%.
Xar bir to‘shama bo‘yicha to‘shaladigan qavatlar soni kuyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
K
n
= C
x (n)
*r
i
/ 100,
bu erda: r
i
– birlashmadagi xar bir o‘lcham va bo‘yni solishtirma
ulushi, %.
Xar bir birlashma bo‘yicha to‘shamalar sonini aniqlash uchun qavatlar sonini to‘shamaning texnik
jixatdan maksimal balandligiga bo‘linadi.
N
n
= K
n
/ h
mak
,
bu erda: N
n
– to‘shamalar soni;
h
mak
- to‘shamaning texnik jixatdan balandligi.
Agar bo‘linma butun son chiqsa, unda to‘shamalar soni bo‘linmaga teng bo‘ladi, agar bo‘linma
qoldiqlik chiqsa, to‘shamalar soni bo‘linmaning butun sonidan bitta kattaroq son olinadi. Masalan:
90/50=1,8. Bunda ikkita to‘shama bajariladi: bittasi-46 qavatli to‘shama, ikkinchisi-44 qavatli
to‘shama. YOki bitta to‘shama texnik jixatdan maksimal balandligiga teng, ya`ni bizning
misolimizda 50 qavat, ikkinchisi esa – 0,8 *50 = 40 qavat.
Bitta seriyadagi buyum bog‘lamini soni kuyidagicha aniqlanadi:
B
n
= N
n
* R,
bu erda: B – bog‘lamlar soni;
76
R- birlashmadagi o‘lcham va bo‘ylar soni.
Bog‘lam – bu bitta to‘shamadan bichib olingan buyumning bitta o‘lcham va bo‘y detallarining
to‘liq komplektidir. Shunday qilib, to‘shamadagi bog‘lamlar soni joylashmadagi andazalar
komplektiga teng bo‘ladi.
26- jadval
Bichish kartasi
Joyl
ash
ma
tarti
b
raqa
mi
Joylas
hmada
gi
o‘lcha
m va
bo‘yla
r
Birlas
hmani
ng
solisht
irma
ulushi
Birlash
madagi
buyumla
r soni
Joylash
ma
bo‘yicha
to‘shala
digan
qavatlar
soni
To‘sha
malar
soni
va
ularnin
g
baland
ligi
To‘sham
adagi
bog‘lam
lar soni
Seriyada
gi
bog‘lam
lar soni
Gazlama
larni
to‘shash
usuli
To‘sh
ama
qavatl
arini
o‘sha
sh
usuli
1
164-
92-
100+1
64-96-
104
30
180
90
1x46
1x44
2
2
2
2
qulda
O‘ngi
ni
o‘ngi
ga
qarati
b
2
164-
88-
96+16
4-88-
96
20
120
60
2x30
2
4
-«-
-«-
3
158-
88-96
3
18
18
1x18
1
1
-«-
-«-
jami
100
K
b
K
n
N
n
B
n
Bichish kartasi asosida bita seriyadagi to‘shamalar soni aniqlanadi va bu son bo‘yicha bir ish
kuniga to‘g‘ri keladigan to‘shamalar soni xisoblanadi.
N
kun
= N
j
/ t *η,
bu erda:
N
j
- seriyani bajarish uchun bichish tsexida to‘shaladigan to‘shamalarning umumiy soni;
t- seriyani bajarish muddati ( 3-10 kun);
η – nuqsonli gazlama qavatlarini bittalab to‘shab bichishni belgilovchi solishtirma miqdor
koeffitsienti. η = 0,9-0,95
Barcha to‘shamalarning o‘rtacha balandligi kuyidagicha xisoblanadi:
h
to‘p
= S / N
n
*R* η,
bu erda: S- seriya miqdori;
N
n
- seriyadagi to‘shamalarning umumiy soni;
R- birlashmadagi o‘lcham va bo‘ylar soni.
Barcha xisoblar bichish kartasiga ( 26- jadval) tushiriladi.
Nazarot savollari
1. SAPR ni qo‘llash natijasida echiladigan masalalar.
2. Seriya tushinchasi va ularning turlari.
3. Bichish kartasini tuzish.
4. Tajriba tsexining texnologik jarayonini grafi asosida muxokama o‘tkazish.
5. Ishning tashkil qilishning turli usulida tajraba tsexining asbob-uskunallari.
6. Konstruktiv va texnologik tayyorgarlikgi avtomatlashtrish.
7. Modellani ishlab chiqarishga tayyorlashda qo‘llaniladigan asosiy termin va tushinchalar.
|