“UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK




Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana16.12.2023
Hajmi0,54 Mb.
#120235
1   2   3
Bog'liq
o-qituvchi-innovatsion-pedagogik-faoliyatining-xususiyatlari

 
 “UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK 
TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY 
ANJUMANI, MAY 15-16, 2023 
6
O‘qituvchining innovatsion faoliyati quyidagilarni o‘z ichiga oladi: innovatsiyalarni tahlil 
qilish va baholash, kelajakdagi harakatlar maqsadlari va tushunchalarini shakllantirish, ushbu 
rejani amalga oshirish va tahrirlash, samaradorlikni baholash. 
Mashhur olim V. A. Slasteninning tadqiqotlarida o‘qituvchining innovatsion 
qobiliyatining asosiy fazilatlari qayd etilgan. 
Bularga quyidagi xususiyatlar kiradi: 
- SHaxsning ijodiy va motivatsion yo‘nalishi. Bular qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish; ijodiy 
yutuqlarga intilish; etakchilikka intilish; o‘zini takomillashtirishga intilish; 
- Ijodkorlik. Bu fantaziya, gipoteza; stereotiplardan xalos bo‘lish, xavf, tanqidiy fikrlash, 
baholash qobiliyati, o‘zini-uzi kuzatish
(introspeksiya), aks ettirish; 
- Kasbiy faoliyatni baholash. Bular ijodiy faoliyat metodologiyasini o‘zlashtirish, 
pedagogik tadqiqot usullarini o‘zlashtirish, muallifning konseptual faoliyati texnologiyasini 
yaratish, nizolarni ijodiy engish qobiliyati, ijodiy faoliyatda hamkorlik, o‘zaro yordam va 
boshqalar; 
- O‘qituvchining individual qobiliyatlari. Bular ijodiy faoliyat, qat’iyatlilik, o‘ziga 
ishonch, mas’uliyat, halollik, rostgo‘ylik, o‘zini tuta bilish va boshqalar. 
V. A. Slasteninning innovatsion faoliyat sohasidagi tadqiqotlari o‘qituvchilarning 
innovatsiyalarga tayyorligi mezonlarini aniqlash imkonini beradi: 
* innovatsiya zarurligini anglash; 
* ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga tayyorlik; 
* shaxsiy maqsadlarning innovatsion faoliyat muvofiqligiga erishish;
* ijodiy muvaffaqiyasizliklarni engishga tayyorlik; 
* innovatsiyalarga texnologik tayyorgarlik darajasi; 
* kasbiy mustaqillikning innovatsiyalarga ta’siri; 
* pedagogik aks ettirish qobiliyati; 
Innovatsion jarayonlarni, ularning funksiyalarini, rivojlanish qonuniyatlarini, ularni 
amalga oshirish mexanizmlari va texnologiyalarini, boshqaruv tamoyillarining pedagogik 
asoslarini o‘rganish maktabda o‘quv jarayonini, zamonaviy pedagogika va psixologiya yutuqlari 
asosida jahon darajasidagi standartlarni tashkil etishga imkon beradi. 
Ijodkor o‘qituvchi yuzaga chikkan muammolarni hal etish yuzasidan muntazam ravishda 
chora qidiradi. O‘z faoliyati uslubini metod va yo‘llarini uzluksiz ravishda takomillashtirib 
boradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, zamonaviy o‘qituvchi kelajak bunyodkori, yangi 
pedagogik va axborot texnologiyalarning tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisidir. 
Uning o‘qituvchilik faoliyatidagi kasbiy kompetentligi shiddat bilan rivojlanayotgan davr 
talablariga mos kelsagina, yuksak bilimli raqobatbardosh mutaxassislar yaratilishiga zamin 
yaratiladi. 

Download 0,54 Mb.
1   2   3




Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK

Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish