|
Texnologiyalari universiteti qarshi
|
bet | 1/5 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 441,19 Kb. | | #250729 |
Bog'liq AVK M I 3 UMIDJON
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI” FAKULTETI TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI YO’NALISHI 3-BOSQICH “TT”-13-21(S)-GURUH TALABASINING AXBOROT VA KODLASH NAZARIYASI FANIDAN TAYYORLAGAN
3-MUSTAQIL ISHI
TOPSHIRDI: JABBOROV.U
QABUL QILDI: KUCHABOYEV.R
Qarshi-2024
3-mustaqil ishi
Mavzu: BCHX, Rid-Solomon, O'rama, Turbo va LDPC kodlarini kodlash va dekodlash jarayonini Matlab muhitida modellashtirish
Ishdan maqsad: BCHX, Rid-Solomon, O'rama, Turbo va LDPC kodlarini kodlash va dekodlash jarayonini Matlab muhitida modellashtirish bilan tanishish.
Turbo –kodning tuzilishi.
Shennonga ko‘ra eng yaxshi kod sifatida, malumotlarni uzluksiz vaqt ichida uzatadigan va vaktning xar bir laxzasida tasodifiy kod elementlarini shakllantiradigan kod xisoblanadi. Qabul qiluvchida tasodifiy tarzda buzilgan, turli cheksiz ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Dekoder bu nusxalardan yuborilgan xabarga yaqin (mos) bo‘lgan nusxani tanlashi kerak. Bu o‘z navbatida nazariy jixatdan o‘zi bilan signalda barcha xatolarni to‘g‘irlash imkonini beruvchi, mukammal kodni taqdim etadi. Turbo-kod bu yo‘nalishda ilk qadam xisoblanadi.
Turbo kodning bir nechta sxemasi mavjud:
PCCC — yaxshiroq parallel o‘ralgan kodlar xolatida.
SCCC — yuqori tavsifga ega shovkinli signalga aloqador xolda ketma – ket ulangan o‘ralgan kodlar SCCC
TPC — turbo-kod-maxsuli, o‘ralgan kodlar o‘rniga blokli kodlarni qo‘llaydi, ikkita boshqa turdagi kodlar (odatda Xemming kodlari ) ketma- ket ulangan oraliqqa ega bo‘lmaydi, ikkita kod bir - biriga bog‘liq bo‘lmagan, qatorlar va ustunlar xolida ishlaydi, bu esa o‘z navbatida etarli darajada yaxshi randomiziyaga olib keladi va o‘zgartirgichni qo‘llash zaruriyatini talab etmaydi.
|
| |