|
Texnologiyalari universiteti qarshi
|
bet | 2/5 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 441,19 Kb. | | #250729 |
Bog'liq AVK M I 3 UMIDJONKodlash
Rasm. Umumiy M- blokli turbo koderning tuzilish sxemasi.
Dastlab paketlarni shakllantiruvchining PAD (angl. Packet Assembler/Disassembler) kirishiga U uzunlikdagi k bitli blok ma’lumotlari kelib tushadi. Ma’lumotlarni shakllantiruvchi paketga
(n-k) ga shu jumladan boshlang‘ich va tugash belgilarini o‘z ichiga oluvchi foydalanilayotgan paketlarni shakllantirish standartiga muvofiq xolda qo‘shimcha bit xizmat ma’lumotlarni qo‘shadi. Bunda n bitdan tashkil topgan X0 paket xosil qilinadi.
Keyinchalik ketma ket X0 bitlari parallel tarzda ketma ket bog‘liqlikni va koderda komponentni saqlagan xolda M shoxga kelib tushadi. Shu tariqa X0 barcha koder komponentlariga tezda kiruvchi ma’lumotlar sifatida foydalaniladi.
Dekodlash
Dekodlash algoritmi yuqori extimollik tajribaga asoslangan xolda, amalga oshiriladi. Dekodlash jarayonida xatolarni to‘g‘irlash, to‘g‘ri kodli so‘zning o‘tishiga erishish uchun aprior va aposterior extimollikka asoslangan xolda a’malga oshiriladi.
Kodli so‘zning dekoderga kelib tushgunicha bo‘lgan ma’lumot aprior, kodli so‘zni qayta ishlab bo‘lingandan keyin qabul qilingan ma’lumot, aposterior deb yuritiladi.
Berrou o‘z ish faoliyatida turbo dekoderlarda yuqori extimolikka ega aprior algoritmdan foydanishni taklif etadi. (angl. Maximum of A-posteriori Probability, MAP), shuningdek Bala algoritmi foydalanishni xam qo‘llab quvvatlaydi. (Bahl — Cocke — Jelinek — Raviv (BCJR)).
Bala algoritmi dekodlangan bitlar uchun «engil» ishonchlilikni beradi. Ya’ni chiquvchi satxda dekodlashni ishonchli natijaga erishishini ta’minlaydi. Qattiq struktura esa, dekoderning chiqishida dekodlangan bitning eng katta qiymatini shakllantiradi. Yumshoq strukturada xisoblashda chiquvchi signalning batafsilroq bo‘lgan diskretizasiyasi ishlatiladi. U berilgan bitning extimoli to‘g‘irligini xarakterlaydi. Yumshoq echimni qo‘llash tufayli turbo dekoderlarda bir nechta dekoderlash iterasiyalari samarali qo‘llanilishi yuzaga keladi. Birinchi dekoderlash iterasiyasining chiqishidagi kodli so‘zning qabul qilingani Aposterior ma’lumot deyiladi,
Keyingi iterasiya blokiga qabul qilingandan so‘ng aprior extimollik bo‘ladi. Bunday yondashuv iterasiyadan iterasiyagacha bo‘lgan dekoderlash sifatini yaxshilaydi. Shu tarzda dekoderlash iterasiyasining qiymatini o‘zgartirgan xolda dekoderni joriy uzatuvchi kanalga moslashtirishimiz va talab etilgan bitlar xatoligini extimolligiga erishimiz mumkin.
|
| |