52
1.27- rasmda BPSK ikkilik fazaviy modulyatsiyalash vaqt
diagrammalari keltirilgan.
1.27- rasm. BPSK vaqt diagrammalari
Bu radiosignalning asosiy o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki,
uning joriy fazasi modulyatsiyalovchi signalning qutblari o‘zgarishi
momentlarida uzilishlarga (sakrashlarga) ega bo‘ladi.
Bu fazaning
180°ga sakrashlari radiokanaldagi FM-2 signal quvvatining spektrali
zichligi juda keng chastotalar polosasida noldan sezilarli farqli
bo‘lishiga asosiy sabab hisoblanadi. Shuning uchun bunday ko‘rinishda
FM-2 signallar deyarli ishlatilmaydi.
Ular egallaydigan polosani
kamaytirish uchun filtrlanadi.
Bu signallarni modulyatordan keyin yuqori chastotada filtrlashni
amalga oshirish qiyin, chunki har bir tashuvchi chastota tebranishlari
uchun top polosali yuqori asllikli filtrlar talab qilinar edi. Harakatdagi
obyektlarli zamonaviy raqamli aloqa tizimlarida
bunday chastotalar
soni bir necha o‘nlablarga etishi mumkin. Shuning uchun filtr
operatsiyasi deyarli doimo modulyatsiyalashgacha modulyatsiyalovchi
signal ustida bajariladi. Mos filtr yetarlicha murakkab bo‘lsada, past
chastotali filtr hisoblanadi. Radioelektronikaning
zamonaviy yutuqlari
uning ishlatilishini ta’minlaydi, bu holda chastotalar kanallarining katta
sonini esa, agar mos chastotalar to‘plamili tashuvchi chastotalarni
ishlatilishi orqali olish mumkin. Bunday filtr asosiy polosali filtri
deyiladi.
Kirish
bitlari ketma-
ketligi
Коdlovchi ketma-
ketlik
Natijaviy signal
53
FM-2 radiosignal egallaydigan chastotalar polosasi kamayganida
signalni
filtrlashda
bunda
vujudga
keladigan
simvollararo
interferensiya
muammosini hisobga olish zarur bo‘ladi.
1.28- rasmda FM-2 radiosignalni shakllantiradigan uzatkichning
funksional sxemasi keltirilgan. Bu yerda modulyatordan keyin
radiosignal quvvatini kuchaytirgich va tor
polosali yuqori chastotali
filtr qo‘yilgan. Filtrning asosiy vazifasi tashuvchi tebranishning asosiy
chastotasiga
karrali
bo‘lgan
chastotalardagi
uzatkichning
nurlantirishini kuchsizlantirishdan iborat. Bunday nurlanishlarning
xavfi quvvat kuchaytirgichida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan va bu
kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti ortganida kuchayadigan
nochiziqli samaralar bilan shartlanadi. Ko‘pincha
bunday filtr bir
vaqtda qabullagich uchun ham ishlatiladi, u foydali radiosignallar
chastotalar polosalaridan tashqaridagi
kuchli tashqi signallarni
“pastga” chastotani o‘zgartirishgacha so‘ndiradi.
1.28- rasm. FM-2 radiosignalni shakllantiradigan uzatkichning
funksional sxemasi