91
(CDMAning CDMA2000, CDMA2000 IX, CDMA2000 IX EvDo
turlari) yondashishlarni ko‘zda tutadi. Evolyusion yo‘l chastotalarning
saqlanishi va yangi texnologiyalarga operatorning texnik quvvatlarini
oshirish yo‘li bilan bosqichma-bosqich o‘tishni ko‘zda tutadi. UMTS
bu mutlaqo yangi standart, shu bilan bir vaqtda 3G uchun taqdim
etilgan CDMAning ko‘rinishi sifatida hozirda dunyoda ishlatilayotgan
ikkinchi avlod cdmaOne (IS-95) texnologiyalarining rivojlanishi
hisoblanadi. Hozirgi vaqtda 3G tarmoqlar deyarli butun dunyoda
ishlatilmoqda.
Asosida uchinchi avlod aloqa tarmoqlari quriladigan sotali aloqa
asosiy standartlarini ko‘rib chiqamiz.