110
taqsimlashga ham yo‘l qo‘yiladi, maslan yuqori tezliklarda
ma’lumotlarni uzatadigan foydalanuvchilar uchun pastroq tezlikli
foydalanuvchilarga qaraganda ko‘proq nimtashuvchi chastotalar
taqsimlanadi.
2.16- rasm. OFDMA shakllanishi
Nimtashuvchi
chastotalarni
statik
taqsimlashning
takomillashtirilishi – dinamik taqsimlash kanalning holatini davriy
tahlil qilishga asoslanadi. Masalan, chastotaviy holat va so‘nishlarning
mavjudligi
tufayli
1-foydalanuvchi
33-48
nimtashuvchi
chastotalardagi nisbatan yaxshi kanallarga, shu bilan bir vaqtda 3-
foydalanuvchi 1-16 nimtashuvchi chastotalardagi nisbatan yaxshi
kanallarga ega bo‘lishi mumkin. Ravshanki, statistika asosidagi
taqsimlashlarni bunday o‘zgartirish bu foydalanuvchilar uchun o‘zaro
foydali bo‘lar edi. Nimtashuvchi chastotalarni dinamik taqsimlanishini
bajarilishi uchun yaxshi ishlab chiqilgan nazariya mavjud. Ulardan
ayrimlari quyidagilar hisoblanadi:
- multifoydalanuvchilik ajratilishi har bir yangi bog‘lanishga
nimtashuvchi chastotalar to‘plamini berishdan iborat. Stansiyaga
chastotalarni uzoq vaqt biriktirilishiga (ko‘p stansiyali ulanish)
qaragandagi bu usul beradigan afzalliklar bu mumkin nimtashuvchilar
to‘plamidan bu momentda “yaxshi” sharoitlarni ta’minlay oladigan
nimtashuvchilarni har bir bog‘lanish uchun tanlash hisoblanadi;
- adaptiv modulyatsiyalash bu eng yuqori ma’lumotlarni uzatish
tezliklariga erish uchun yaxshi kanallarni ishlatish uchun vosita