129
o‘rnatilishi mumkin. Bu holda radioliniyalarni qo‘llanilishining asosiy
yo‘nalishlari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
-
Magistral. RRL shahar SDH/SONET tarmoqlariga kiradi
va halqalarni birlashtirish va olisdagi ulanish tugunlarini ulash uchun
xizmat qiladi. Liniya ham optik tolaga transport muqobili yoki uni
zahiralashtirish uchun ishlatilishi mumkin;
-
ATM tarmog‘iga ulanishni tashkil etish. RRL ATM oxirgi
tarmoq qurilmasi va ATM ulanish konsentratori bilan ulanadi;
-
ATM, FAST INTERNET va boshqa tarmoqar bilan o‘zaro
uyg‘unlashtirish.
Butun dunyoda infratuzilma istalgan turdagi ma’lumotlarni
uzatilishini ta’minlaydigan va simli, radio, radioreleli va sun’iy
yo‘ldoshli (kosmik) aloqadan kompleks foydalanishga asoslangan
integratsiyalangan
birlamchi
transport
tarmog‘i
sifatida
rivojlanmoqda. Radioreleli aloqa bu tuzilmada o‘zining munosib
o‘rniga egallaydi.
U yoki bu turdagi aloqa turini yoki ularning kombinatsiyasini
tarmoq infratuzilmasida qo‘llanilishi masalasi aniq bir geografik
sharoitlar, shuningdek iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy omillar,
davlatning mudofasi va xavfsizligi ehtiyojlariga bog‘liq ravishda hal
etiladi. Texnik aloqa vositalari va ularning qo‘llanilishi usullari
yagona tizimga bog‘lanishi kerak. Bu bilan aloqa masalalarini
echishga ortib borayotgan e’tibor va barcha turlardagi, shu jumladan
radioreleli aloqa texnik vositalarini keyingi rivojlantirish va ishlatish
zarurati bilan shartlanadi.