Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/117
Sana29.05.2024
Hajmi3,49 Mb.
#257003
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   117
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

ISRA loyihasi 
2013 yilning iyulida Intel Labs ISRA (Intel Strategic Research 
Alliance) Strategik tadqiqotlr birlashmasini yaratilganligi haqida e’lon 
qildi. U mobil tarmoqlardagi uzatiladigan ma’lumotlar hajmlarini, 
shuningdek simsiz qurilmalar sonini va ko‘rsatiladigan xizmatlarning 
xilma-xilligini tez ortishi sharoitlarida foydalanuvchilarga xizmat 
ko‘rsatish sifatini sezilarli yaxshilashi kerak bo‘ladigan 5G 
texnologiyalarni ishlab chiqish maqsadlarida ilmiy laboratoriyalar va 
mobil operatorlar kuchlarini birlashtirdi. 
ISRA loyihasining asosiy vazifasi quyidagilarni ta’minlaydigan 
5G texnologiyalarni yaratish hisoblanadi: 
● uzatiladigan multimediali ma’lumotlar hajmiga o‘sib 
boryotgan talabni qondirish uchun tarmoqning o‘tkazish qobiliyatini 
ko‘p marttalik oshirish, milliardlab yangi qurilmalarni qo‘shimcha 
ulanishlari imkoniyati; 
● butun tarmoq bo‘yicha foydalanuvchining joylashi o‘rni va 
boshqa foydalanuvchilar hosil qiladigan halaqitlarga bog‘liq 
bo‘lmaydigan yuqori xizmat ko‘rsatish sifatiga erishish; 
● tarmoqda foydalanuvchilar ishlatadigan ilovalarga xizmatlar 
sifatini moslashtirish bilan ma’lumotlarni uzatilishining maksimal 
samaradorligini ta’minlash. 


125 
ISRA birlashmasi turli davlatlardan, shu jumladan, Janubiy 
Kaliforniya 
Universiteti, 
Nyu-York 
Universiteti, 
Prinston 
Universiteti, Stenford Universiteti, Illinoys Universiteti, Texas 
Universiteti, Pompeu Fabra (Barselona, Ispaniya) Universiteti, Perdyu
Universiteti, Kornell Universiteti, Hind texnologiyalar instituti
(Dehli, Hindiston), Los-Andjelesdagi Kaliforniya Universiteti, Rays 
Universiteti, Makkuori (Sidney, Avstraliya) Universiteti ilmiy-
tadqiqotlar markazlarining juda katta sonini jamladi. Birlashmaning 
biznes-hamjamiyat tomonidan bosh hamkori Amerika Verizon mobil 
operatori bo‘ldi. 
5G mobil aloqa konsepsiyasini ilab chiqishning asosiy 
muammolaridan biri bularni barchasi amalga oshiriladigan chastotalar 
diapazonini aniqlash hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, ma’lumki 
rivojlangan mamlakatlarda bo‘sh diapazonlar deyarli qolmagan. 
NTT DoCoMo yapon mobil operatori 5G tarmoqlar sohasidagi 
tadqiqotlarni 2010 yildayoq oltita Alcatel-Lucent, Ericsson, Fujitsu, 
NEC, Nokia va Samsung vendorlari bilan birgalikda boshlagan. 2014 
yilning mayida ular 5G tarmoqlarining juda katta sig‘imiga erishish 
uchun nisbatan bo‘sh 6 GGsdan yuqori chastotalar diapazonlarini 
ishlatilishini ko‘zda tutishini e’lon qildi. 
2015 yilda butun dunyo radiochastotalar konferensiyasi bo‘lib 
o‘tdi, unda 5G tarmoqlarda quyidagi radiochastotalar diapazonlarini 
ishlatish masalalari taxminiy ko‘rib chiqildi: 9,9—10,6; 11;
17,1—17,3; 
17,7—19,7; 
21,2—21,4; 
27—29,5; 
31—31,3;
31,8—33,4; 36—37,0; 37—39,5; 40,5—50,2; 50,4—52,6; 55,78—57; 
57—71; 71—76;81—86 GGs. Shubhasiz, tanlash mezoni sifatida 40,5 
GGsdan past diapazonlardagi bir necha yuzlab megagerslardagi 
polosadagi va 40,5 GGsdan yuqoridagi 1 GGsdan kam bo‘lmagan 
polosadagi uzluksiz radiospektrning borligi hisobga olindi. Binobarin, 
radiospektrning ham juft ("yuqoriga" va "pastga" kanallarini chastota 
bo‘yicha ajratish – FDD uchun), ham juft bo‘lmagan (TDD) oraliqlari 
ko‘rib chiqildi.
Xulosada ta’kidlash kerakki, umuman 5G texnologiyalari va 
tarmoqlarini yaratish bo‘yicha qator loyihalardagi ishlar haqida 
ma’lumotlar tez-tez paydo bo‘la boshladi. Bu kompaniyalar birinchi 
5G tijorat tarmoqlarini yaqin kelajakda qurishni rejalashtirayotganini 
taxmin qilishga imkon beradi. Asosiysi, barcha manfaatdor 
ist’emolchilar umib qilganidek, ishlab chiquvchilar umumiy fikrga 
kelishlari va hozirgi vaqtda ishlatilayotgan barcha mobil aloqa 


126 
texnologiyalarini 
birlashtiradigan 
yagona 
“beshinchi avlod” 
standartini taqdim etadi. 

Download 3,49 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   117




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish