- rasm. Turli PDP-nimmatnlarni tashkil etish variantlari  LTE-Advanced




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/117
Sana29.05.2024
Hajmi3,49 Mb.
#257003
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   117
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

 
2.9- rasm. Turli PDP-nimmatnlarni tashkil etish variantlari 
LTE-Advanced 
(LTE-A)
bu 
LTE 
standartning 
modifikatsiyalangan versiyasi hisoblanadi, uning asosiy avzalligi turli 
diapazonlardan chastotalarni yagona polosaga birlashtirish imkoniyati 
va abonentlar uchun ma’lumotlar tezligini oshiradigan katta spektral 
samaradorlik hisoblanadi. Xususan, LTE-Advancedda maksimal 
ma’lumotlarni uzatish tezligi abonentga yo‘nalishda 1 Gbit/sni va 
abonentdan yo‘nalishda LTE uchun xarakterli bo‘lgan 300 va 75 
Mbit/sga qaraganda 500 Mbit/sni tashkil etadi. Shuningdek LTE-
Advancedda sotaning chetlarida tarmoqning ishlash xarakteristikalari 
yaxshilanadi. 2010 yil noyabrining oxirida ITU Xalqaro elektr aloqa 
ittifoqi LTE-Advancedni to‘rtinchi avlod (4G) standarti sifatida 
rasman tan oldi. 
 
 


120 
2.8. Mobil aloqaning istiqbolli texnologiyalari 
 
Mobil aloqaning istiqbolli texnologiyalari. 
Zamonaviy mobil 
aloqa tarmoqlarini rivojlantirishda kelajakda ma’lumotlarni olish oniy 
amalga oshirilishi, xizmatlarni ko‘rsatilishi esa kechikishlarsiz va 
uzilmasligiga intilish kerak. Ulanadigan qurilmalar soni soni keskin 
ortib bormoqda. Umumiy an’ana shundan iboratki, yakunda hamma 
narsa ulanadi, bunda tarmoqqa ulanishdan svetoforlar, maishiy 
texnikadan boshlab avtomobillar, tibbiyot qurilmalari va elektr 
ta’minoti tizimlarigacha qurilmalar yutuqqa erishishi mumkin. Bu 
insonlar, biznes va jamiyat uchun cheklanmagan imkoniyatlar ochadi. 
Bunday qurilmalarning tarqalishi butun dunyo bo‘yicha 
tarmoqlarda trafikning eksponensial ortishiga olib keldi va natijada 
yaqin kelajakda qurilgan 3G va 4G mobil tarmoqlarning imkoniyatlari 
etarli bo‘lmay qoladi. Muammodan chiqish yo‘li bitta, hozirning 
o‘zida beshinchi avlod tarmoqlarini qurish konsepsiyasini ishlab 
chiqish va tasdiqlash kerak. 
5G standarti bu individual foydalanuvchilar va qurilmalar uchun 
tarmoqqa 
cheklanmagan 
ulanishni 
ta’minlaydigan 
mobil 
texnologiyalarni rivojlanishining yangi bosqichi hisoblanadi. 5G 
standartini 
ishlab 
chiqishda, 
ravshanki, 
LTE 
va 
HSPA 
texnologiyalarining takomillashtirilgan imkoniyatlarini, shuningdek
aniq bir vazifalarni echishga mo‘ljallangan boshqa radioulanish 
texnologiyalarini hisobga olish zarur bo‘ladi [7,32-35].
5Gning imkoniyatlari mobillik va yangi texnologiyalarga 
bo‘linadi. Ko‘plab tahlilchilarning fikricha, mobillik yangi dunyoning 
katalizatori bo‘ladi. Biznes-landshaftni o‘zgartiradigan vositalarini 
muhokama qilish bilan “kuchlarning tutashib ketishi” atamasini 
ishlatish taklif qilinadi, bunda hazirda mavjud bo‘lgan to‘rtta asosiy 
texnik trendlar – ijtimoiy o‘zaro ta’sirlashish, mobil texnologiyalar, 
bulutlar va ma’lumotlarga ulanishning konvergensiyalanishi ko‘zda 
tutiladi. Bunda bulut orqali real vaqtda olinadigan yangi ma’lumotlar 
hajmlari vujudga keladi. Bunday almashinuvni ta’minlash uchun mos 
tarmoq zarur bo‘ladi. 
Texnologiya 
nuqtai 
nazaridan, 
5G 
bu 
barcha 
yangi 
imkoniyatlarni ishlatilishining bog‘lanishini ta’minlaydi. Bunday 
tarmoq tuzilmaining alohida fragmentlarini birlashtirish uchun 5G 
jarayonlarni boshqaradigan insonlarga bog‘liq bo‘lmagan holda zarur 
tarmoq bog‘lanishlarini ta’minlashi kerak. SHunday qilib, 5G 


121 
dunyodagi insonlar, jarayonlar, ma’lumotlar va ob’ektlarni keng 
qamrab oladigan Internetga birlashtirishda asosiy omil bo‘lib qoladi. 
NSN taxminlariga ko‘ra, 5G tarmoqlari 2010 yidagiga 
taqqoslaganda 2030 yilgacha tarfikning 10000-karrali ortishi bilan 
ishlashi kerak. Bu davrda kutiladiki, “aqlli” shaharlar, uylar va 
energiya tarmoqlaridagi ulangan qurilmalrning soni foydalanuvchilar 
qurilmalari sonidan 10-100 marttaga ortiq bo‘ladi. Yakuniy hisobda 
turli xil servislar, foydalanish ko‘rinishlari va talablarini ta’minlashi 
zarur bo‘ladigan taxminan 50 milliard qurilmalar paydo bo‘ladi. 
Umuman olganda hisoblash mumkinki, 5G standarti maishiy 
asboblardan boshlab sanoat korxonalarigacha keng qo‘llanilish 
sohalari diapazoni muammolarini echish va turli talablar uchun 
mo‘ljallangan texnologiyalar integratsiyalangan to‘plami hisoblanadi. 
5G tavsiflaridan biri tasdiqlaydiki, bu mavjud oldingi avlodlar 
texnologiyalarining o‘rnini bosadigan emas, balki to‘ldiradigan 
organik integratsiyalangan radioulanish texnologiyalari to‘plami 
hisoblanadi. Binobarin, ular aniq bir ko‘rinishlar va ma’lum maqsadlar 
uchun yangi yechimlar bilan to‘ldiriladi. 
Mobil tarmoqlarning arxitekturasi 5G standartga o‘tish bilan 
to‘liq o‘zgaradi, binobarin, “sotali aloqa” tushunchasi yo‘qoladi, 
chunki mobil tarmoqlarning tuzilmasi sotali bo‘lmay qoladi. Yangi 
tarmoq 
o‘ta zich, masshtablanadigan (ko‘lamlashtiriladigan) 
servislarni istalgan vaqtda har qanday joyda ta’minlaydigan o‘ta zich 
bo‘ladi. 
Ma’lumki, zamonaviy mobil aloqa tarmoqlari sotalarni, ya’ni 
qamrab olish zonalarini shakllantiradigan bazaviy stansiyalardan 
tashkil topgan. Bir-birlari bilan yonma-yon turadigan bazaviy 
stansiyalar tarmoqning qamrab olish zonasini shakllantiradi. Mobil 
tarmoqlarda yacheykalardan tashkil topgan 5G arxitekturasi 
qurilmalardan tashkil topgan arxitekturaga almashtiriladi. Tarmoq 
arxitekturasining markaziy elementlari bazaviy stansiyalar o‘rniga bir-
birlari bilan to‘g‘ri ulanadigan mobil qurilmalar va serverlar bo‘ladi. 
Bunday tizimda qurilma (mashina yoki inson) turli jinsli 
kommunikatsion tugunlar orqali ko‘p sonli ma’lumotlar oqimlari bilan 
almashishi mumkin bo‘ladi. 
Ishlab chiquvchilar 5G tarmoqlardagi qurilmalar bir necha 
chastotalar diapazonlarida bitta tarmoqni ma’lumotlarni olish, 
boshqasini esa ma’lumotlarni uzatish uchun foydalanish bilan parallel 
ishlay olishi mumkinligini ko‘zda tutishmoqda. Yakunda mobil 


122 
tarmoq uning ishlash zonasida bo‘lgan har bir mobil qurilmalarning 
so‘rovlaridan kelib chiqish bilan “qayta sozlanadi”. 
O‘tkazish qobiliyatini oshirilishini ta’minlaydigan bir necha 
antennalar yordamida bir vaqtda ma’lumotlarni uzatilishi va qabul 
qilinishini tashkil etadigan MIMO texnologiyasi, tadqiqotchilarning 
ko‘zda tutishlari bo‘yicha tez tarqala boshlaydi. Bu o‘z navbatida, 
baland binolar tomlariga o‘rnatiladigan antennalar tizimlarining 
o‘lchamlari ortishiga olib keladi. 
5G@Europe sammitida Evropa qo‘mitasi 5G Public-Private 
Download 3,49 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   117




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- rasm. Turli PDP-nimmatnlarni tashkil etish variantlari  LTE-Advanced

Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish