141
tuzilmalarida, tabiiy ofatlar hududlarida va favqulodda vaziyatlarda
aloqani tashkil etish uchun mo‘ljallangan.
HSYAning rivojlanishidagi sifatli sakrash ma’lumotlarni raqamli
uzatish usullarini joriy etilishi bilan va nogeostatsionar orbitalardagi
(past aylanishli va o‘rtacha balandlikli) KAlar asosida sun’iy
yo‘ldoshli tizimlarning birinchi loyihalarini paydo bo‘lishi
tufayli
bo‘lib o‘tdi. Bunday sun’iy yo‘ldoshlarning orbitalari Yer sirtiga
yaqin, bu an’anaviy yer usti stansiyalarining o‘rniga
kichik hajmli
terminallar (telefon go‘shagi) va uncha katta bo‘lmagan antennalarni
ishlatilishi imkoniyatini beradi.
Hozirgi
vaqtda
dunyoda
past
orbitalardagi
KAlardan
foydalanadigan 30 tadan ortiq milliy va xalqaro (hududiy va global)
loyihalar mavjud. Ulardan eng ma’lumi Globalstar, Iridium, Orbcomm
(AQSH), shuningdek Rossiyaning "Gonets" va "Signal" loyihalaridir.