142
VSAT
Hozirgi vaqtda geostatsionar KAlar asosida korporativ sun’iy
yo‘ldoshli tarmoqlarni qurish uchun VSAT (Very
Small Aperture
Terminal) deyiladigan kichik
stansiyalar ishlatilmoqda, dunyoda
ulardan hozirgi vaqtda 250 mingtadan ortiq. VSAT tarmoqlari
geografik olisdagi foydalanuvchilarni
yagona raqamli aloqa
tarmog‘iga birlashtiradi. Lekin global SYATdan farqli ravishda VSAT
tarmoqlarining xizmat ko‘rsatish zonasi tor parsial zonalarga
ajratilgan bo‘lib, ulardan har biriga bitta tor nur bilan xizmat
ko‘rsatiladi [17].
Bort komplekslarining zamonaviy energetik ko‘rsatkichlarida
VSAT-stansiyalar uncha katta bo‘lmasligi,
ularning antennalarini
o‘lchamlari esa 0,5 - 0,6 metrlar (Ka-diapazon) va 1 - 1,5 metrlarni
(Ku-diapazon) tashkil etadi. Bunday terminallar foydalanuvchilarning
ish joylari yaqinida joylashtirilishi mumkin. 0,5 metrdan kam
diametrli antennali yer usti stansiyalari USAT (Ultra Small Aperture
Terminal) deyiladi.