152
ko‘zda tutgan. Keyingi IEEE 802.11b versiyada asosiy standartga
amaldagi qo‘shimcha hisoblanadigan 1, 2, 5,5 va 11 Mbit/s uzatish
tezliklari aniqlanadi.
Fizik daraja.
IEEE 802.11b standarti orqali 2,4 dan
2,4835 GGsgacha chastoatlar diapzonini ishlatish ko‘zda tutilgan
bo‘lib, u sanoat, fan va tibbiyotda linsenziyasiz foydalanish uchun
mo‘ljallangan. Ruxsat etish ishlab chiqaruvchiga beriladi va
buyurtmachiga
mahsulot
sotib
olinganidan
keyin
sertifikat
ko‘rinishida uzatiladi. Bu yerda ta’kidlash kerakki, O‘zRda bu
chastotalar diapazonidan foydalanish sertifikatlardan tashqari,
Radiochastotalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida (RCHDQ) ruxsatni
olinishi talab qilinadi.
Fizik darajada IEEE 802.11 standarti orqali ikkita radiokanallar
turlari (DSSS va FHSS) ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular o‘sha bir spektrni
kengaytirish texnologiyaini ishlatadi.