149
ulanish tezliklarida ishlaydigan radioqurilmalar
va tarmoqlar uchun
umumiy standartni ishlab chiqish bilan shug‘ullandi. Standartni
yaratish bo‘yicha ishlar 7 yildan keyin yakunlandi va 1997
yilning
iyunida birinchi 802.11 spetsifikatsiyasi tasdiqlandi. Lekin bu vaqtga
kelib, simsiz tarmoqlardagi qo‘yilgan dastlabki ma’lumotlarni uzatish
tezligi endi foydalauvchilar ehtiyojlarini qoniqtirmadi, shuning uchun
ishlab chiquvchilar yangi standartni yaratishga majbur bo‘ldi.
1999
yilning
sentyabrida
IEEE
oldingi
standartning
kengaytmasini tasdiqladi. IEEE 802.11b deb nomlanishi (
shuningdek
802.11 High rate sifatida ma’lum) bilan u 11 Mbps (Ethernetga
o‘xshash) tezliklarda ishlaydigan simsiz tarmoqlar mahsulotlari uchun
standartni
aniqlaydi,
bu
qurilmalarni
yirik
tashkilotlarda
muvaffaqiyatli qo‘llashga imkon beradi.
Turli ishlab chiqaruvchilar
mahsulotlarining moslashuvchanligi Wireless Ethernet Compatibility
Alliance (WECA) deyiladigan mustaqil
tashkilot tomonidan
kafolatlanadi. Bu tashkilot simsiz aloqa industriyasi etakchilari
tomonidan 1999 yilda tashkil etilgan.
Lokal tarmoqlarga simsiz ulanshdagi
ehtiyoj noutbuklar va
PDAlar kabi mobil qurilmalar sonini ortishi bilan, shuningdek
foydalanuvchilarning o‘z kompyuterlariga tarmoq simini “tiqish”
zaruriyatisiz tarmoqqa ulanish istagini ortishi bilan oshib bormoqda.
Barcha standartlar kabi IEEE 802, 802.11 ISO/OSI modelining
ikkita pastki fizik darajasi va kanal darajasida ishlaydi.
Har qanday
tarmoq ilovasi, tarmoq operatsion tizimi yoki protokoli (masalan,
TCP/IP) ham Ethernet tarmog‘idagi kabi 802.11 tarmog‘ida yaxshi
ishlaydi.
802.11a/b/g
asosiy arxitekturasi, o‘ziga xos xususiyatlari va
802.11a/b/g
xizmatlari
dastlabki
802.11standartda
aniqlanadi.
802.11a/b/g spetsifikatsiyalar atigi yuqoriroq
ulanish tezliklarini
qo‘shish bilan faqat fizik darajaga tegishli bo‘ladi.