147
alohida binolarga bog‘liq bo‘lmagan tarmoq va Internetga ulanishni
ta’minlaydi. WLAN tarmog‘i foydalanuvchilarga tarmoqqa ulangan
xolda korxona yoki tashkilot hududi bo‘ylab
harakatlanishga imkon
beradi.
WLAN uchun tarmoqni kengaytirish va rekonfiguratsiyalash
murakkab masala hisoblanmaydi. Foydalanuvchilar qurilmalarini
ularga simsiz tarmoq adapterlarini o‘rnatish bilan tarmoqqa
integratsiyalash mumkin. Moslashuvchan mijozlar va tarmoq
qurilmalarining har xil turlari o‘zaro ta’sirlashishi mumkin.
Simsiz lokal tarmoqni qurish kabelli tarmoqni qurishga
qaraganda oddiy, har ikkala turlardagi tarmoqlarni ma’murlashtirish
bir-birlaridan deyarli farq qilmaydi. WLAN tarmog‘ining
mijozlar
echimi Plug-and-Play tamoyili asosida qurilgan, u kompyuterlar oddiy
bir darajali tarmoqqa (peer-to-peer) ulanishini ko‘zda tutadi.
Radiochastotalarning ishlash masofasi, ayniqsa, binolarning
ichida qurilmaning xarakteristiklariga (shu jumladan, uzatkichning
quvvatiga), qabullagichning konstruksiyasiga, halaqitbardoshlikka va
signalning o‘tish yo‘liga bog‘liq. Radioto‘lqinlarning
binoning odiy
ob’ektlari, masalan devorlari, metall konstruksiyalari va hatto
insonlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi signalning tarqalishi masofasiga
ta’sir qilishi va shunday tarzda aniq bir tizimning ishlash zonasini
o‘zgartirishi mumkin.
Simsiz
tarmoqlar
radiochastotalarni
ishlatadi,
chunki
radioto‘lqinlar devorlar va to‘siqlar orqali binoning ichiga kiradi.
Ko‘plab WLAN tizimlarining qamrab olish sohasi yoki diapazoni
uchraydigan to‘siqlar soni va turiga bog‘liq ravishda 160 metrlarga
etadi. Qo‘shimcha ulanish nuqtalari
yordamida ishlash zonasini
kengaytirish va bu bilan harakatlanish erkinligini ta’minlash mumkin.
WLAN tarmoqlari yuqori ishonchlilikka ega, chunki simsiz
texnologiya ildizlari bilan mudofaa sanoatiga ketgan va shuning uchun
simsiz qurilmalarning xavfsizligini ta’minlash ishlanmalarning
boshlanishida qo‘yilgan. Shu sababga ko‘ra simsiz tarmoqlar kabelli
tarmoqlarga qaraganda ishonchliroq.
WLAN tarmoqlarida Direct Sequence Spread Spectrum (DSSS)
texnologiyasi ishlatiladi, u ma’lumotlarni buzilishiga, halaqitlarga, shu
jumladan atayin halaqitlarga va aniqlanishiga yuqori barqarorlik bilan
farqlanadi.
Bundan
tashqari,
simsiz
tarmoqning
barcha
foydalanuvchilari tizim identifikatori bo‘yicha autentifikatsiyalashdan
o‘tadi, bu ma’lumotlarga ruxsat etilmagan ulanishni oldini oladi.
148
Juda zaif ma’lumotlarni uzatish uchun foydalanuvchilar Wired
Equivalent Privacy (WEP)
rejimini ishlatishi mumkin, bunda signal
qo‘shimcha algoritm bilan shifrlanadi, ma’lumotlar esa elektron kalit
yordamida nazorat qilinadi. Umuman aytganda, alohida uzellarda
tarmoq trafigiga ulanishdan oldin o‘z xavfsizlik choralari ko‘rilishi
kerak.
802.11b
spetsifikatsiya
bo‘yicha
ishlaydigan WLAN
tarmoqlarida tarmoqning yuqoriroq ishonchliligini ta’minlash uchun
foydalanuvchini autentifikatsiyalash bilan birga 40-bitli va 128-bitli
shifrlash algoritmlari qo‘llanilishi mumkin. Atayin va atayin
bo‘lmagan trafikni qo‘lga kiritish deyarli mumkin emas.
WLAN tarmoqlarida ulanish nuqtasi ko‘zd tutiladi, u kabelli va
simsiz tarmoqlarni bog‘laydi va simsiz tarmoq abonentlariga kabelli
tarmoq resurslariga ulanishni olishiga imkon beradi. Foydalanuvchilar
sotali telefon yordamida tarmoqqa ulanganidagi kabi tarmoq bilan
bog‘lanishni yo‘qotmasdan ulanish nuqtalari
orasida harakatlanishi
mumkin. Boshqacha aytganda, ulanish nuqtasi dasturiy-apparatli
qurilma bo‘lib, u simsiz tarmoq mijozi uchun konsentrator rolini
bajaradi va kabelli tarmoqqa ulanishni ta’minlaydi.
Tarmoqdagi foydalanuvchilar soni deyarli cheklanmagan va uni
yangi ulanish nuqtalarini o‘rnatish bilan oshirish mumkin. Turli
chastotalarga (kanallarga) sozlangan bir-birlarini qoplaydigan ulanish
nuqtalari yordamida simsiz tarmoqni bitta
zonadagi foydalanuvchilar
sonini oshirilishi hisobiga kengaytirish mumkin. O‘zaro halaqitlarni
hosil qiladigan bir-birlarini qoplaydigan kanallar bir vaqtda uchtadan
ortiq bo‘lmagan o‘rnatilishi mumkin va ular tarmoq foydalanuvchilari
sonini uch martaga oshiradi. Shunday tarzda binoning turli nuqtalarida
ulanish nuqtalarini o‘rnatish bilan simsiz tarmoqni kengaytirish
mumkin. Bu umumiy foydalanuvchilar sonini oshiradi va ularga bino
yoki tashkilot hududi bo‘yicha harakatlanish imkoniyatini beradi.
Bitta ulanish nuqtasi bir vaqtda ta’minlaydigan foydalanuvchilar
soni, birinchi navbatda, trafikning yuklanganligiga bog‘liq bo‘ladi.
WLAN tarmoqlaridan o‘tkazish polosasi foydalanuvchilar orasida
kabelli tarmoqdagi kabi bo‘linadi. Foydalanuvchilar
sonidan kelib
chiqib, tarmoqning unumdorligi foydalanuvchi bajaradigan vazifalar
turiga ham bog‘liq bo‘ladi.