157
(TDD)
rejimida
olib
boriladi.
Uzatkich
randomizatsiyalash,
halaqitbardosh
kodlash va QPSK, 16 QAM va 64 QAM (oxirgi
variant bazaviy stansiyalar uchun opsiya sifatida ko‘zda tutilgan)
algoritmlariga muvofiq modulyatsiyalashni amalga oshiradi.
4.1- jadval
802.16 va 802.16a standartlarining texnik xarakteristikalari
802.16
802.16a
Diapazon
10 - 66 GGs
2 - 11 GGs
Ishlash sharoitlari
Faqat to‘g‘ri
ko‘rinish
Yaqin zonadagi abonentlar
uchun to‘g‘ri bo‘lmagan
ko‘rinishda ishlash
imkoniyati
Tezlik
32,0 - 134,4
Mbit/s
1,0 - 75,0 Mbit/s
Modulyatsiyalash
QPSK, 16 QAM,
64 QAM
Bitta nimtashuvchi
QPSK, 16 QAM, 64 QAM
(256 QAM)
Bitta nimtashuvchi
OFDM 256 ta
nimtashuvchi
OFDMA 2048 ta
nimtashuvchi
Dupleks rejim
TDD/FDD
TDD/FDD
Chastotalar
polosasi
20, 25 va 28 MGs
1,25 dan 20 MGsgacha
Sotaning radiusi
Namunaviy:
2 - 5 km
Namunaviy: 4 - 6 km
Modulyatsiyalash.
10 - 66 GGs chastotalar diapazonidagi
radioto‘lqinlarni tarqalishining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘ri
ko‘rinish sharoitlari bilan tizimlarning ishlash imkoniyatlarini
cheklaydi. Namunaviy shahar muhitida bu bazaviy stansiyadan ishchi
masofada bo‘lgan abonentlarning deyarli yarimini bog‘lashga
imkon
beradi. Qolgan 50 foiz abonentlar uchun to‘g‘ri ko‘rinish bo‘lmaydi.
158
Shunga ko‘ra, IEEE instituti 802.16 standartga to‘ldirishni ishlab
chiqdi, u 2-11 GGs chastotalarga tegishli bo‘ldi va bir chastotali
uzatishdan (Single Carrier, SC)
tashqari, ortogonal chastotaviy
multiplekslash (Orthogonal Frequency Division Multiplexing, OFDM)
va bunday multiplekslash asosidagi ko‘p tomonlama ulanishni (OFD
Multiple Access, OFDMA) ko‘zda tutdi.
OFDM rejimida 256 ta nimtashuvchilarni bir vaqtda uzatilishiga
ruxsat etiladi. Elementar simvolning uzunligini oshirish hisobiga
(taxminan shuncha marta) bir vaqtda to‘g‘ri va to‘siqlardan
qaytgan
signallarni qabul qilish yoki umuman bazaviy stansiya to‘g‘ri
ko‘rinish chegaralaridan tashqaridagi faqat qaytgan signallarda ishlash
mumkin.
Xavfsizlik.
IEEE 802.16 standartida har bir abonentlar
kompleksi X.509 raqamli sertifikat bilan imzolangan,
u ishlab
chiqaruvchi tomonidan qurilmaga “tiqilgan” va hatto sertifikatning 10
yillik amal qilish muddati tugaganidan keyin ham o‘zgartirilishi
mumkin emas. Raqamli imzo asosida bazaviy stansiyada abonentlar
kompleksini autentifikatsiyalash bo‘lib o‘tadi, bunda bazaviy va
abonentlar stansiyalari shifrlangan kalitlar bilan almashadi va xavfsiz
(shifrlangan) bog‘lanishni o‘rnatadi. Shifrlash uchun kalitlar to‘plami
va 3-DES algoritmning o‘zi hatto qo‘lga
kiritishda ochilishning
murakkabligini ta’minlaydi. Trafikni shifrlash mexanizmi har bir
virual bog‘lanish uchun bir vaqtda ikkita kalit bilan ishlaydi, bu
paketlarni yo‘qotilishi mumkin bo‘lgan
muhitda sinxronlashtirishni,
bir-birlarini qoplaydigan kalitlar hayoti vaqtlari esa bog‘lanishning
ishonchliligini ta’minlaydi.