172
tarqalishi hisobga olinganida halaqitlar holati yomonlashadi va uzatish
sifati tashvishli bo‘ladi.
Bir polosali modulyatsiyalashga o‘tish
kanallar sonini ikki
martaga va uzatkichlarning tejamkorligini bir necha martalarga
oshirishga imkon berar edi. Bundan tashqari, bir polosali uzatishni
mavjul qabulagichlarda qabul qilish mumkin emas. Shuning uchun bir
polosali radioeshittirishga rejalashtirilgan o‘tish
ehtimoli kam,
bugungi kunda atigi bir necha QT-radiostansiyalar muntazam
uzatishni amalga oshirmoqda. Va bu endi masala texnika emas, balki
iqtisodiy va ijtimoiy masala hisoblanadi. Bozorning konservatish
vazni juda katta, yuzlab, millionlab mavjud qabullagichlar har qanday
yangi tizimni ishga tushirilishiga qarshilik qiladi.
Bunday sharoitlarda eski uzatish tizimini inkor qilish faqat, agar
iste’molchiga nafaqat sifatning oshirilishi,
balki qandaydir yangi,
oldin mumkin bo‘lmagan narsa taklif etilsa bo‘lishi mumkin. Tabiiyki,
insonning tovarning narxiga arzishiga amin bo‘lmaguncha to‘lashni
istamasligi ma’lum. Raqamli ovozli radioeshittirish (RORE) ovozli
dasturlari va ovoz, video, grafik, matnli va boshqa ma’lumotlar
turlarini birlashtiradigan «radiomultimedia» dasturlarini uzatilishida
prinsipial yangi imkoniyatlarni ochadi. Bir beriladigan turli xil
ma’lumotlarni qayta uzatish imkoniyati uzatuvchilarga taqdim etilishi
mumkin
bo‘ladigan servis xizmatlarining
spektrini sezilarli
kengaytiradi. Musiqiy eshittirishlarning asosiy va ijrochi haqidagi
ma’lumotlar bilan birga bo‘lishi raqamli radioda hozirda an’anaviy
bo‘lib qoldi. Bundan tashqari, sinov loyihalarida qabullagichlar
displeylariga
eshittirishning matnli tarkibi, estrada ijrochilarining
fotosuratlari va yangiliklar tarkibini ko‘rsatadigan tasvirlarni berilishi
sinab ko‘rildi. Lekin ROREda quyidagi muammo mavjud. Ma’lumki,
etalon sifatda ko‘riladigan CDga yozish sifati bu analog signalni bitta
kanalga
44,1kGs
tanlash
chastotasili
16-razryadli
chiziqli
raqamlashtirish hisoblanadi. Zamonaviy kompressiyalash algoritmlari
bu 1,5 Mbit/s oqimni 10 martadan ortiqqa siqish imkoniyatiga ega.
Masalan, mashhur MPEG Audio Layer2 uchun asos bo‘lgan Musicam
192 kbit/sgacha siqish imkoniyatiga ega. Bunday oqimni translyatsiya
qilish uchun yetarlicha katta spektral polosa zarur.
Bunday muammoni echishga yagona yondashish mavjud emas,
bugungi
kunda
dunyoda
raqamli
radioning
uchta
asosiy
texonologiyalari mavjud. Bu Eureka-147
Yevropa tizimi, Amerika
173
IBOC konsepsiyasi va DRM past chastotali (30 MGsgacha) raqamli
uzatish tizimlari hisoblanadi.