Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/117
Sana29.05.2024
Hajmi3,49 Mb.
#257003
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   117
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

DABni rivojlantirish bosqichlari.
Evropa firmalari 1987 yilda
prinsipial yangi raqamli DAB radioeshittirish tizimini ishlab chiqish 
maqsadida Eureka-147 konsorsiumiga asos soldi. Bu loyihaning 
qatnashuvchilari Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Gollandiya, 
Italiya, Shvetsiya, Shveytsariya, Norvegiya, Finlyandiya, Yaponiya, 
Kanada, AQSh, Rossiya va qator boshqa davlatlardan taxminan 50 ta 
firmalar va tashkilotlar hisoblanadi. 
1992 yilda butundunyo kelishuviga asosan DAB uchun L- va S-
diapazonlar ajratildi. Asosan o‘lchash maqsadi uchun birinchi 
qabullagichlar 1988 yilda yaratildi. 1990 yildan Evrika-147 
loyihasining qator a’zolari JESSI loyihasida qatnashdi, uning 
doirasida tijorat DAB-qabullagichlari uchun birinchi integral 
mikrosxema ishlab chiqildi. Yevropa davlatlarida hozirda bir necha 
o‘n minglab qabullagichlar ishlatilmoqda. 
Buyuk Britaniya hukumati 1994 yilda yer usti DAB uchun 
217,5-230 MGs chastotalar diapazonini ajratish haqida qaror qabul 
qildi. Bu diapazonda yettita ko‘p dasturli DAB signallarini ( «DAB-
bloklar» yoki «ansambllar» deyiladigan) joylshtirish mumkin bo‘lib, 
ulardan har biri taxminan 1,55 MGsga teng bo‘lgan chastotalar 
polosasini egallaydi. 
1995 yilda Germaniyada Visbadendagi konferensiyada yer usti 
DAB uchun UQT II diapazondagi (87–108 MGs), III (174–240 MGs) 
diapazondagi, L-diapazondagi (1452–1467,5 MGs) chastotalardan 
foydalanish imkoniyati haqida qaror qabul qilindi. 
Bugungi kunda bu standartdagi uzatish bilan davlatning 80 
foizdan ortiq hududi qamrab olingan. Analog radieshittirishdan 
raqamli radioeshittirishga to‘liq o‘tish 2010 va 2017 yillar orasidagi 
davrda yakunlanadi. Uzatish uchun 12 ta TV kanalda (223-230 MGs, 
har bir yer uchun bittadan DAB-bloki) va L-diapazonda (1452-1467,5 
MGs) ishlaydigan uzatkichlar tarmog‘i ishlatiladi, bunda 100 ta DAB-
bloklar 
hududiy 
dasturlarga 
beriladi. 
Bunday 
taqsimlash 
Germaniyaning istalgan joyida oddiy shtirli antennali DAB 
qabullagichi ishlatilganida minimum 12 ta yuqori sifatli ovoz 
stereodasturlarini va qator qo‘shimcha ma’lumotlar kanallarini qabul 
qilish mumkin bo‘ladi. 
Rossiyada Sankt-Peterburg shahrida eksperimental uzatish 
uchun Aloqa Vazirligi 92 – 100 MGs diapazondagi chastotalar 
polosasini ajratilishi haqida qaror qabul qildi. Tajriba ishlari 
muvaffaqiyatli o‘tkazildi, lekin bu RORE tizimini Rossiya 


176 
Federatsiyasi ko‘lamlarida etish uchun bu urinishlar etarli bo‘lmadi. 
Uzatish muammosini hal etish uchun ko‘plab tashkiliy muammolarni, 
birinchi navbatda alohida chastotalar diapazonini ajratilishini hal etish 
zarur. 

Download 3,49 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   117




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish