179
yoki kompyuterning monitoriga telematn ko‘rinishida chiqariladi.
Bunday imkoniyat turli jinsli ma’lumotlarni standart telematn
formatiga keltirish uchun ishlab chiqilgan MOT (Multimedia Object
Transfer) protokolidan foydalanish tufayli mavjud. Bundan tashqari,
DAB-xizmatlarni tor abonentlar doirasi uchun mo‘ljallangan
shifrlangan
ma’lumotlarni uzatish uchun ishlatilishi ko‘zda
tutilmoqda. Bu xizmatdan filiallar orasida ma’lumotlarni tarqatish
uchun banklar, sug‘urta idoralari va boshqa tashkilotlar foydalanishi
mumkin.
Milliy DAB-loyihalar doirasida rivojlantirish ko‘zda tutilayotgan
yana bir xizmat yo‘llardagi holat haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish
hisoblanadi.
Bu
DAB-radio
mobil
qabul
qilishga
kuchli
yo‘naltirilganligi darajasi tufayli ayniqsa dolzarb hisoblanadi. Mos
ma’lumotlar keng spektrini taqdim etishdan tashqari raqamli uzatish
so‘rov bo‘yicha eshittirishlarni va boshqa interaktiv xizmatlarni
tashkil etish imkoniyatlarini ko‘zda tutadi. Mobil qabullagichlarda
teskari kanal sifatida GSM tarmoqlaridan foydalanish ko‘zda
tutilmoqda
Bo‘lajak DAB qabullagichlarining asosida yotadigan raqamli
texnologiyalar DRM signallarni ham qabul qilinishini mumkin qiladi.
Radiostansiyalar uchun qisqa, o‘rta va uzun to‘lqinlarda raqamli
uzatishga o‘tish qamrab olish radiusi saqlanganida translyasiya
qilishga sarflarni sezilarli qisqartirishni (taxminan to‘rtdan uchga)
bildiradi. Bunda uzatish stansiyalari mavjud infratuzilmani ishlatishni
davom ettiradi.
O‘zbekiston Respublikasida ROREning joriy etilishi mavjud va
yangi texnologiyalarni hisobga olganda tizimni tanlash bosqichida
turibdi.