194
Shtrix – kodli texnologiyalar kabi RFID apparaturasi belgi va
o‘qigichdan (skanerdan) tashkil topgan. Radiochastotalar diapazoniga
bog‘liq ravishda RFID apparaturasi ikkita turli variantlarda ishlatiladi.
Past chastotalardan yuqori chastotalargacha sohada (30
MGsgacha) belgi va o‘qigich birlamchi chulg‘amiga o‘qigich,
ikkilamchi chulg‘amiga belgi ulangan transformatordagi kabi magnit
maydon
orqali
o‘zaro
ta’sirlashishadi.
Magnit
maydon
kuchlanganligining keskin tushishi tufayli bunday RFID tizimlarning
ishlash masofasi bir necha o‘nlab santimetrlarni tashkil etadi.
Ultra yuqori chastotalar sohasida (UHF diapazon – 300 MGsdan
3 GGsgacha) belgi va o‘qigich orasidagi
aloqa elektromagnit
to‘lqinlar yordamida amalga oshiriladi va bunday RFID tizimlarning
(passiv belgili) ishlash masofasi metrlar birliklarigacha ortadi. Ishlash
masofasini keyingi 10…100 metrlargacha oshirilishi yarim passiv va
aktiv belgilar qo‘llanilishi bilan erishilishi mumkin.
UHF tizimidagi passiv belgili RFID tizimning blok-sxemasi
5.2- rasmda tasvirlangan.
5.2- rasm. UHF tizimidagi passiv belgili RFID tizimi
Dipoldan tashqari, belgining barcha elementlari yagona
mikrosxema – chipga integratsiyalanadi. Shunday qilib, belgi ikkita
konstruktiv qismlar – ko‘pincha dipol ko‘rinishidan
bajariladigan
antenna va 216 baytgacha foydalanish xotirasi hajmili ma’lumotlarga
ega bo‘lgan chipdan tashkil topgan. Maksimal uzoq masofalikka va
o‘qishning ishonchliligiga erishish uchun belgilarning aniq bir
sharoitlarga moslashishi talab qilinadi.
RFID tizimlarining aniq bir ishlash sharoitlarining xilma-xilligi
ham (ularning ishlatilishi sharoitlari ham)
antennalar va
o‘qigichlarning turli variantlarini – qo‘lda boshqariladigan, olib
yuriladigan va statsionar o‘qigichlar va programmatorlar, doiraviy va
Ахborot tarmog’i
Ўқигич
Belgi
Dipol