198
foydalanishi mumkin. Oddiy aytganda, kimgadir ajratilgan chastotalar
egasiga kerak bo‘lmagan momentda ishlatilishi mumkin. Binobarin,
yuklanganlik ko‘pincha yuqori emas, masalan, abonent ma’lum vaqt
mobaynida mobil telefon bo‘yicha so‘zlashadi, qolgan vaqtlarda esa
telefon kutish rejimida bo‘ladi, u holda shunday qilib, qo‘shimcha
chastotalarni qidirish zaruratisiz sezilarli
chastotalar resurslari
mumkin bo‘lib qoladi.
Kognitiv radioning o‘ziga xos xususiyatlari turli chastotalardagi
signallarni olishi va uzata olishi hisoblanadi. Bunday tizimlarning
xususiy hollari taqsimlangan spektr va fazo-vaqt bo‘yicha
multiplekslash texnologiyalari hisoblanadi. Bunday tizimlarning
ishlatilishi alohida oxirgi qurilmalarning funksionalligini oshirish va
ularning konvergensiyalanishini ko‘zda tutadi, televidenie, mobil
aloqa va radio uchun faqat bitta qurilma talab qilinadi. Bu sinfdagi
texnologiyalarning alohida nimsinfini «intellektual» radio tashkil
etadi, u elektromagnit muhitni tahlil qilishni o‘tkazadi
va uzatish
uchun vaqtincha yoki doimo ishlatilmaydigan chastotalarni topadi, bu
har bir bunday chastotada uzatiladigan ma’lumotlar sonini oshirishga
imkon beradi. Kognitiv radio bu ma’nosi bo‘yicha hisoblash modeli
hisoblanadi.
Sinov simsiz tarmog‘i Florida shtaning Fort-Loderdeyl shahrida
testli rejimda ishga tushirilgan. XG texnologiyasi simsiz “uy”
telefonlarida,
quloqchinlarda,
kompyuter
sichqonchalarida
va
boshqalarda ishlatiladigan 900 MGs diapazonda litsenziyani talab
qilmaydigan bo‘sh 900 MGs diapazonda ishlaydigan o‘z bazaviy
stansiyalari va maxsus telefonlarni o‘z ichiga oladi.
Xmax sinov simsiz tarmog‘i ikkita bazaviy stansiyalar va mobil
telefonlardan tashkil topgan. Har bir radiostansiya bo‘sh diapazonni
sekundiga 33 martta skanerlaydi. Agar boshqa signal topilsa,
telefonlar va bazaviy stansiyalar boshqa diapazonlarga qayta sozlanadi
va barqaror aloqani saqlaydi. XG turdagi tarmoq standart
yacheykasining oltita stansiyalaridan har biri taxminan to‘rt
kilometrlar radiusdagi qurilmalarga xizmat ko‘rsatish mumkin, buni
sotali aloqaning oddiy bazaviy stansiyasi bilan tenglashtirsa bo‘ladi.
Simsiz tarmoq 110 ming aholi yashaydigan shahar joyini qamrab
oladi. Bunda endi minglab qurilmalar –
xavfsizlik, video enagalar
simsiz kameralari, simsiz telefonlar va boshqalar ishlaydigan
chastotalar ishlatiladi. Shunga qaramay, intellektual tizim shunchalik
tez moslashuvchanki, samarasiz ishlatiladigan va umuman 15 %ga
199
band bo‘lib qolgan, qurilmalar “unutgan” bo‘sh chastotalardan
foydalanish bilan litsenziyalangan sotali
aloqa bilan tenglashtirsa
bo‘ladigan sifatni ta’minlashga imkon beradi. Barcha diapazonlar turli
signallar bilan band bo‘lgan joylarda intellektual radioaloqa band
bo‘lmagan “oynalarni” topadi va bitta “oynadan” boshqalariga sakrash
bilan barqaror bog‘lanishni ta’minlaydi. Intellektual aloqadan
foydalanish uchun litsenziyalanmagan diapazonlara band bo‘lmagan
chastotalarni ishlatishi mumkin bo‘lgan maxsus telefon zarur bo‘ladi.
Ikkinchi sinov simsiz tarmog‘i Nyu-Meksikodagi AQSh Fort
Blis armiya mashq bazasida qurilgan. Harbiylar barcha diapazonlar va
aloqa turlarini (ovoz, video, test xabarlari, elektron pochta va
ma’lumotlarga ulanish) ishlata oladigan va jang maydonida barqaror
tizimga avtomatik qurila oladigan kommunikatsion tarmoqni
yaratilishidan manfaatdor. Nazariy jihatdan
bunday tizim buzilgan
kommunikatsiyalarni mustaqil qayta tiklaydi va radioelektron qarama-
qarshilik sharoitlarida barqaror aloqani ta’minlaydi.
Kognitiv radio asosida Rossiya Birlashgan asbobsozlik
korporatsiyasida yangi strategik bombardimonchi samolyoti uchun
aloqa tizimi ishlab chiqilgan. Ishlatilgan yangi texnologiyalar er
punktlari bilan dushman aniqlash tizimlari uchun sezilmaydigan
ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydi.
Kognitiv radio aloqa vositalariga ma’lumotlarni almashlash
uchun mumkin bo‘lgan spektrni tahlil qilishni o‘tkazishga,
ishlatilmayotgan chastotalar polosalarini aniqlashga va ularga qayta
ulanishning avtomatik amalga oshirishga imkoniyatini beradi. Bu
radioelektron so‘ndirish ta’sirini deyarli so‘ndiradi. Aloqa tizimlari
modulli tamoyilni hisobga
olish bilan konstruksiyalandi, tizimning
bloklari qayta dasturlashtirilish imkoniyatiga ega, istalgan vaqtda
zarur vazifaga muvofiq ravishda dasturlar to‘ldirilishi yoki
almashtirilishi mumkin.
Intellektual radioaloqaning chastotalar spektridan samaraliroq
foydalanilishi tomonidan juda katta potensiali ko‘plab kompaniyalar
va ilmiy laboratoriyalarni bu sohada ishlashni boshlashga undadi. XG
tizimlari xuddiy oddiy GSM tarmoqlari kabi qurilishi mumkin.
Intellektual radioaloqa ishlashni boshlaydigan birinchi joylar butun
chastotalar diapazoni deyarli tugagan hududlar yoki sotali aloqa
qamrovi bo‘lmagan qishloq joylari bo‘lishi mumkin.
Tizimni ishlab chiquvchilar mavjud tarmoqlarga qo‘shimcha
sifatida XG tamoyillarini joriy etishni istashmoqda.
U holda turli
200
simsiz qurilmalar ham litsenziyalanadigan, ham bo‘sh turli
diapazonlarga ulanishni dinamik ola oladi. Masalan, Wi-Fi
chastotalari yuklanishida ular 900 MGs chastotaga o‘tish imkoniyatini
oladi. Bundan tashqari, XG tizimi analog teleuzatishlarni translyasiya
qilish tugashi tufayli yanada ko‘p bo‘ladigan litsenziyalanmaydigan
chastotalar “bo‘sh joylarida” ishlaydigan yangi tarmoqlarning
“sig‘imini” oshirishi mumkin.
Kognitiv
radio yakunda
barcha
simsiz
qurilmalarning
birlashtirilishiga
olib
kelishi
mumin
va
buning
hisobiga
foydalanuvchining murakkabroq qurilmalar bilan o‘zaro ta’sirlashishi
asta-sekin
soddalashadi.
Kognitiv
radioga
o‘z intellektual
imkoniyatlari haqida, shuningdek ular bilan foydalanuvchi bajarishi
mumkin bo‘lgan amallar spektri haqidagi ma’lumotlar qo‘yilgan.