202
5.4- rasm. Atmosfera optik aloqa liniyalari qabullagich-uzatkichi
Qabullagich tezikli r-і-n yoki ko‘chkili fotodiod asosida quriladi.
Ma’lumki, yarim o‘tkazgichli yorug‘lik diodi
kogerent nurlantirgich
hisoblanmaydi va bunin natijasida nurlantiriladigan nurlar 20°ga
etadigan burchaka tarqaladi, shuning uchun nurlarni ingichka tutamga
to‘playdigan qurilma zarur bo‘ladi. Kichik tarqalish burchakli nurlarni
fokuslash uchun qabullagich-uzatkichda quvvatli ob’ektivlar ko‘zda
tutilgan.
Ikki tomonlama aloqani tashkil etish uchun qabullagich-
uzatkichlar
uzatkichlardan
qabullagichlarga
qarama-qarshi
yo‘nalilarda tarqaladigan ikkita
parallel nurlarni ishlatadi, har bir
qabullagich-uzatkich blokidagi qabul qilishi va uzatish esa bir vaqtda
va mustaqil amalga oshiriladi. Ishlatiladigan
nurlanish aniq bir
modelga bog‘liq ravishda 780 dan 950 nmgacha to‘lqinlar diapazonida
yotadi.
OOUTni iste’molchilarga ulash uchun har bir ishlab chiqaruvchi
o‘z interfeysini ishlatadi. Lekin ularning barchasi umumiy ulanish
g‘oyasiga rioya qiladi, u shundan iboratki, atmosfera aloqasi liniyasi
kabel bo‘lagining emulyasiyalanishi hisoblanadi (ikkita o‘rama juftlik
yoki optik kabelning ikkita tolasi).
Shunday qilib, masalan,
ob’ektlarni bog‘laydigan kabelli tarmoqda qatnashadigan barcha
qurilmalar uchun OOUT “ko‘rinmas”, ya’ni
qurilmalarga hech
qanday cheklashlar qo‘yilmaydi, hech qanday qo‘shimcha aloqa
protokollari yoki ularga o‘zgartirishlar va to‘ldirishlar kiritilmaydi.
OOUTdan foydalaniladigan kompyuter tarmog‘ini
qurish
variantlaridan biri 5.5- rasmda keltirilgan.
OOUT tizimlarning ishlashini ko‘rib chiqishda qator muhim
parametrlarni
hisobga olish zarur, ular ichki va tashqi toifalarga
bo‘linadi