204
sharoitlari va o‘rnatish parametrlari
umuman OOUT tizimning aloqa
sifatini aniqlaydi. Amaliyot ko‘rsatadiki, mavjud OOUT tizimlar
atrof-muhitning har qanday sharoitlarida va to‘g‘ri ko‘rinishda ikki-
uch marta ortiq bo‘lgan masofalarda ishlay oladi. Tizimning ishlash
qobiliyatini aniqlaydigan asosiy omillar atmosferadagi yo‘qotishlar,
deraza
oynalaridagi
yo‘qotishlar,
binoning
og‘ishlari
va
harakatlanishlari, quyoshning yoritishi va to‘g‘ri ko‘rinishning
qoplanishini o‘z ichiga oladi.
OOUT aloqa masofasini oshirish usullari.
OOUTning asosiy
kamchiligi uncha katta bo‘lmagan
aloqa masofasi hisoblanadi, uni
oshirishga urinilarda esa yechilishini talab qiladigan quyidagi
muammolar vujudga keladi:
−
qabullagichning bo‘sag‘aviy sezgirligini kamaytirish;
−
nurlanishning maksimum quvvatini oshirish;
−
qabullagich linzasining diametrini oshirish;
−
atmosferadagi yo‘qotishlar koeffitsientini kamaytirish;
−
nurlanishning tarqalish burchagini kamaytirish.
Qabullagichning bo‘sag‘aviy sezgirligi fotoqabullagich qurilmasini
xarakterlaydi va elementlar asosining zamonaviy holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Uzatkiching maksimum quvvatini oshirish nurlanishning
o‘rtacha
quvvatini oshiradi, bu o‘z navbatida, o‘rtacha quvvatni 50
mVtdan ortishiga, qurilmalarni sertifikatlashtirish va vakolatli
organlardan ruxsat olish zaruratiga olib keladi.
Bundan tashqari,
dioddan issiqlik ajralishi ortadi, natijada nurlantirgich qiziydi va uning
xizmat ko‘rsatish muddati sezilarli qisqaradi. Bu muammoni bir
vaqtda impulsning uzunligini kamaytirish bilan maksimal quvvatni
oshirish bilan erishish mumkin. Bu holda nurlanishning o‘rtacha
quvvati oldingidek qoladi.
Uzatish tezligini faqat nurlanish impulslari chastotasini oshirish
yo‘li bilan erishiladi, bu nurlanishning o‘rtacha quvvatini ortishiga olib
keladi. Demak, nurlantirgich impulslari
uzunligini kamaytirish
maksimum nurlantirish quvvatini oshirishga va bu bilan aloqa
masofasini oshirishga yoki impulslar chastotasini oshirishga va bu bilan
uzatish tezligini oshirishga imkon beradi. Shunday qilib, uzatish
tezligini aloqa masofasiga ko‘paytmasi
nurlantirgich impulslari
uzunligi bir xil bo‘lganda o‘zgarmas kattalik hisoblanadi. Bu yerdan
kelib chiqadiki, aloqa masofasini tezlikni kamaytirish yoki impulslar
uzunigini kamaytirish hisobiga oshirish mumkin.
Bunday tasdiqlash
uzatish tezligi uchun ham to‘g‘ri bo‘ladi.
205
Aloqa masofasini oshirishning boshqa yo‘li bu linzaning
diametrini oshirish hisoblanadi. Zamonaviy OOUT modellarida
linzalar 10 sm tartibdagi diametrga ega,
lekin keyingi oshirish
tizimning qimmatlashishiga olib keladi. Katta diametrli Frenel
linzalarini ishlatish mumkin, lekin ular changlanishga sezgir.
Aloqa masofasini nurlanish to‘lqin uzunligini o‘zgartirish yo‘li
bilan atmosferadagi yo‘qotish koeffitsientini kamaytirish hisobiga
oshirish mumkin. Oldin ko‘rsatilganidek, atmosfera halaqitlari
spektrning turli qismlaridagi nurlanishlarga turlicha ta’sir qiladi.
To‘lqin uzunligini ortishi bilan atmosfera halaqitlarining ta’siri
kamayadi 1800 nm atrofidagi to‘lqin uzunliklarida esa atmosferaning
“shaffoflik oynasi” kuzatiladi. Optik signalni
uzatishga yaraydigan
quyidagi “shaffoflik oynalari” mavjud: 400-1050 nm, 1200-1300 nm,
1500-1800 nm, 2100-2400 nm, 3300-4200 nm, 4500-5000 nm, 8000-
13000 nm [36-38].
Aloqa masofasini uzatkichning tarqalish burchagini kamaytirish
bilan ham oshirish mumkin. Lekin bu quyidagi muammolarga bog‘liq:
−
uzatkichning tarqalish burchagini kamaytirish OOUTning
sozlanishi va to‘g‘rilanishini murakkablashtiradi va mos ravishda
tizimni montaj qilish qimmatlashadi;
−
ingichka nur qimmatroq obyektiv orqali shakllantiriladi.
Bundan
tashqari,
ko‘plab
OOUTlarda
montaj
qilish
protsedurasini soddalashtirish maqsadida
qabul qilish va uzatish
bloklari bitta korpusda joylashtiriladi. Lekin bu holda ishlab chiqarish
jarayonida korpusning ichida qabullagi va uzatkich optik o‘qlarining
parallelligini aniq ta’minlash (aks holda ikki tomonlama aloqa uchun
bloklarni sozlash mumkin bo‘lmay qoladi) zarur bo‘ladi.
Ob’ektlar orasida to‘g‘ri ko‘rinish bo‘lmaganida yoki interval
uzun bo‘lganida retranslyator o‘rnatilishi mumkin. Retranslyatorga
faqat ta’minotni yetkazish va obyektlar orasida to‘g‘ri ko‘rinishni
ta’minlash talab qilinadi.